15-Mavzu: U.Normatov, A.Rasulov, B.Sarimsoqovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari Reja: 1. Umarali Normatov ijodiy faoliyati.
2. Abdugʻafur Rasulov adabiy tanqidiy qarashlari.
3. Bahodir Sarimsoqovning tanqidiy maqolalari tahlili.
Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida (1952–1957), soʻng aspiranturasida (1959–1962) taʼlim olgan. 1962 yildan Milliy universitet oʻzbek adabiyoti kafedrasida ishlaydi, filologiya fanlari doktori, professor. 1974–2000 yillari Hozirgi oʻzbek adabiyoti kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillari kafedrada O. Sharafiddinov, A. Aliyev, A. Rasulov, N. Xudoyberganov, S. Sodiqov, B. Karimov, A. Ulugʻov, R. Qoʻchqorov, D. Quronov, U. Hamdam singari isteʼdodli munaqqid-adabiyotshunoslardan iborat ilmiy jamoa shakllandi; mazkur jamoaning saʼy-harakati tufayli O. Sharafiddinov boshliq milliy tanqidchilik maktabiga asos solindi.
U. Normatov 1957 yildan matbuotda koʻrina boshladi, 500 dan ortiq maqolalari, 50 dan ortiq adabiy-tanqidiy asarlari, darslik, oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. Adabiyotshunos-olimning adabiy-tanqidiy ishlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga bagʻishlangan; uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari tahlili, oʻziga xos talqini, bu adabiyotning oʻnlab namoyandalari adabiy portretlari, nihoyat, yangi oʻzbek adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillariga oid ilmiy-nazariy ishlari ahamiyati adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan. Munaqqidning “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bogʻi” (1996) kitoblari zamonaviy oʻzbek adabiyotshunosligining yutugʻidir.
Umarali Normatov tanqidchi-adabiyotshunos sifatida mustaqillik yillaridagi milliy adabiy jarayonni qadam-baqadam sinchiklab kuzatib, adabiyotimizda paydo boʻlgan yangicha adabiy-estetik tamoyillarni aniqlash, bugungi adabiy jarayonning nazariy muammolarini tadqiq etish yoʻlidan bordi. “Umidbaxsh tamoyillar”, “Tafakkur yogʻdusi”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Koʻngillarga koʻchgan sheʼriyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sehri”, “Ijodkorning daxlsiz dunyosi” kitoblari, matbuotda eʼlon etilgan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalari ayni shu muammolarga bagʻishlangan.
Umarali Normatov 1991 yildan umumtaʼlim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish boʻyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5,9, 11-sinflar uchun darslik, qoʻllanmalar muallifi sifatida qatnashdi; uning ishtirokida oliy oʻquv yurtlari uchun “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi oʻzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.
U. Normatovning adabiyotshunoslik, taʼlim-tarbiya sohasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi (1981), Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989); Oʻzbekiston Respublikasi Xalq maorifi aʼlochisi nishoni (1992), “ToshDU mohir pedagogi”(1998) unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Tafakkur” jurnallari mukofotlarini olgan.
Umarali Normatov adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan, hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqdizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlot holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi õzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yõnaltirilgan.
1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ILMIY darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari”, “Yetuklik”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy boği”, “Umidbaxsh tamoyillar” singari asarlarida yangi õzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining mühim tomonlari yoritib berilgan.
Umarali Normatov 1991-yildan umumta’lim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish bõyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi, 5, 9,11-sinflar uchun darslik, qõllanmalar muallifi sifatida qatnashdi. Uning ishtirokida oliy õquv yurtları uchun “XX asr õzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi õzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi.
U.Normatov adabiyotshunoslik, ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U Õzbekiston respublikasi Fan arbobi, Õzbekiston davlat mukofoti laureati, Õzbekiston respublikasi xalq maorifi pedogogi unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Tafakkur”, “Guliston” jurnallari mukofotlarini olgan.
“Qodiriy mõjizasi” kitobi orqali õquvchi olimning qalb haroratini his etadi, zavq-shavqqa tõla hayajonli adabiy-ilmiy tahlillarga guvoh bõladi. Albatta, olim bu kitobni bir-ikki yıl ichida yoki bir õtirishda yozgan emas. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodining barcha qirralarini, adibga munosabat bildirgan ilmiy asarlarni õrganish, tadqiq etish – uzoq davom etgan mashaqqatli ish. Umarali Normatov bu ish bilan umri davomida mashğul bõldi.
Õrni kelganda izlanishlarini, kuzatishlarini qoğozga tushirdi. Agar diqqat qilinsa, U.Normatovning vaqtli matbuotda bosilgan maqolalarining soni besh yuzdan kõp, alohida nashr qilingan kitoblari soni yigirmadan ortiq. Ammo, mening nazarımda, “Qodiriy mòjizasi” – bu mutlaqo õzgacha, zavq-shavq bilan, tõlib-toshib, mehr-muhabbat yozilgani jihatidan barchasidan ajralib turadi. Kitobning “Qodiriy boği” deb nomlagan dastlabki
Bõlimida adibning hayot yõlini, boshidan õtgan yaxshi-yomon kunlarni, olim u yashagan murakkab adabiy-ijtimoiy muhit ruhini, uning atrofida kechgan iğvoyu malomatlar mohiyatini chuqur his etib yozadi: “Qamoqda, tergov paytida ustiga bõhtondan iborat ayblar qõyilganda, ayniqsa, hamkasblarining yuzsizlarcha munofiqlik qilganini kõrganda adib qanday ahvolga tushganini, bu imoni butun, õta Halil, rostgõy, mard yiğit
Qalbida qanday tuğyonlar kechganligini hayolan tasavvur qilish mumkin. Agar õsha keskin dramatik ruhiy holat tõla tiklansa, shekspirona tragediya tuğilishi aniq”. Bunday fikr-mulohazalarni manbalarni chuqur õrgangan va adibning ruhiy va psihologik holatini hayolan tugal tasavvur qilgan odamgina yoza olası.
Umarali Normatov yozuvchining asarlarini va arxiv hujjatlarini, mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda biografik malumotlarni qayta nazardan õtkazadi, yozuvchi dunyosini, ham iste’dodli ijodkor, ham õz zamonasining ziyolisi sifatidagi xususiyatlarini teran tushunadi. Adib dunyoqarashi shakllangan muhitga, ta’lim-tarbiya maskanlarining saviyasiga tõğri tashxis qõyadi, bir qancha chigal masalalarga oydinlik kiritadi. Olim muayyan muammo istifa FIKR yuritar ekan, õz talqinlarida ijod psixologiyasiga, inson tabiatiga xos barcha xususiyat va mayllarni inobatga oladi.
Kitobdan õrin olgan “Õtgan kunlar”ning ma’no va badiiyat jilolariga, “Mehribdan chayon” va “Obid ketmon” asarlarining yangicha talqinlarida bağishlangan sahifalarda ham olimning qalb harorati ufurib turadi.