O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev ” 2021-yil yangi o‘zbek adabiyoti fanidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/30
tarix16.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#131154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
27a21d2b9108f256886e1abbc0a51177 YANGI O‘ZBEK ADABIYOTI

1. Ma’rifatparvarlik bosqichi. Bu bosqich o‘z ichiga XX asr boshlaridan 1916--yilgacha, ya’ni “Uloqda” hikoyasi yaratilguncha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Mazkur ilk bosqich adabiyotimizning dunyoviy mazmun tomon burilishi, ma’rifatparvarlik ruhining yetakchiligi, g’oyaviy pafosning kuchliligi, badiiylikning zaifligi va an’anaviy she’riyat turlari ila bir qatorda drama, roman singari janrlarning embrional shakllari maydonga kelishi kabi belgilar bilan xarakterlanadi.
2. Realizm bosqichi. Bu davr 1916-yildan, ya’ni “Uloqda” hikoyasi bilan boshlanib, 1932--yilgacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi. Ko‘rinadiki, mazkur bosqich Oktyabr to‘ntarishidan keyin yuzaga kelgan sovet adabiyoti bilan birlashib ketadi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur bosqichda sosialistik realizm metodi maydonga kelganligi to‘g’risida gapirib kelinganligi mutlaqo mantiqsiz va qayri ilmiy hodisa bo‘lgan. Uzoq yillar mobaynida Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasi, hyech shubhasiz, sosialistik realizm asari sifatida talqin qilib kelinar edi. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani esa ko‘plab munozaralarda zo‘r berib shu metod doirasiga tortilar edi. Sosialistik realizm metodining atamasi va nazariyasi esa 1932-yildan keyin rasmiylashgan. Axir, nom-nishoni, nazariyasi ham bo‘lmagan metod tug’ilishidan o‘n-o‘n besh yil avval uning namunasi yaratilishi mumkinmidi? Asos e’tibori bilan haqiqiy realizm yo‘lidan borganligi sababli yangi o‘zbek adabiyoti mazkur bosqichda jiddiy badiiy kashfiyotlar bilan boyidi. Ular jumlasiga Cho‘lponning “Uyg’onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari”, “Soz” nomli she’riy to‘plamlari, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani, Fitratning “Abulfayzxon”, Hamzaning “Paranji sirlaridan bir lavha” singari dramalari kiradi. Albatta, bular bilan bir qatorda yangi zamonni quruG’ madh etuvchi, nochor asarlar ham yaratildi. Mazkur bosqich tajribasi realizmning hayotbaxsh prinsiplari asosida yozilgan asarlar adabiyot tarixining va xalqning chinakam mulki, boyligi bo‘lib qolishini yana bir karra tasdiqladi.
Bu o‘rinda tabiiy ravishda: “Xo‘sh, tanqidchilar ko‘p tilga oladigan realizm prinsiplarining o‘zi nima? Ular qayerdan olingan yoki kim tomonidan o‘ylab chiqarilgan?” – degan savollar tug’ilishi mumkin. Realizm prinsiplarini hyech kim o‘ylab chiqarmagan. Shu bilan birga ular osmondan ham tushgan emas. Realizm prinsiplari o‘zini mazkur metod vakillari hisoblagan yozuvchilarning eng nodir kashfiyotlari tajribasini umumlashtirish, ularning barchasiga xos bo‘lgan mushtarak xususiyatlarni aniqlash orqali yuzaga chiqarilgan. Xususan, adabiyotshunos S.M.Petrov “Realizm” nomli kitobida jahon adabiyoti tajribasini umumlashtirish natijasida mazkur metodning to‘rtta asosiy prinsipi mavjudligini isbotlagan. Adabiyotshunos aniqlashicha, ular jumlasiga hayotni universal tasvirlash, ijtimoiy va psixologik determinizm (badiiy dalillash), tarixiylik hamda obyektivlik prinsiplari kiradi. Albatta, realistik asar yaratish uchun san’atkor shu prinsiplarni yodlab olib, ulardan qolip sifatida foydalanishi yoki hayot hodisalarini oldindan belgilangan tokchalarga joylab chiqishi shart emas. Jamiyat, tabiat, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini To‘g’ri idrok etish va uning in’ikosi uchun obrazli, go‘zal shakl topish aksariyat hollarda yuqoridagi prinsiplarning namoyon bo‘lishiga yo‘l ochgan. 20-yillar o‘zbek adabiyotining yuqorida sanab o‘tilgan eng yaxshi namunalarida ham realizm prinsiplari ularning mushtarak tomoni hamda muvaffaqiyatini ta’minlagan omillar sifatida namoyon bo‘lgan.
Bu davr adabiyotida realizm tamoyillari bilan bir qatorda boshqa ijodiy metodlarga xos ayrim prinsiplar ham yuz ko‘rsatgan. Chunonchi, Hamzaning “Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari” dramasida hayotning birmuncha ko‘tarinki tasviri, ramzlarning nihoyatda mo‘lligi, lirik va publisistik ruhning ustunligi, badiiy dalillashning zaifligi singari romantizm metodiga xos belgilar aniq sezilib turadi. Bu hol 20-yillar o‘zbek adabiyotida rang-barang oqimlar, uslubiy yo‘nalishlar va binobarin, ijod erkinligi uchun birmuncha qulay sharoit mavjud bo‘lganligidan guvohlik beradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin