to’g’risida»gi Qonuni (1999 y., aprel), O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni (1998 y., may) kabilar bilan muvofiqlashadi.
Oliy Majlis tomonidan 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Nodavlat
notijorat tashkilotlar
to’g’risida»gi qonunga binoan «Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy
maqsadi kilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida
taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya
qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy
ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali
maqsadlarda tuziladi»
3
.
Shuningdek, O’zbekistondagi amaldagi qonunchilikka binoan nodavlat notijorat tashkilotlarga
quyidagi huquqlar berilgan:
-o’z a’zolari va qatnashchilarining huquklari va konuniy manfaatlarini himoya qilish;
-ijtimoiy xayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish,
davlat hokimiyati va
boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining karorlarini ishlab chikishda qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;
-ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini
amalga oshirish;
-ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
-o’z ramziy belgilarini ta’sis etish;
-o’z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferentsiyalar o’tkazish;
-qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Demokratik jamiyat qurishga doir Islohotlarni chuqurlashtirishning yana bir yo’nalishi, bu
siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini yuqori ko’tarishdir. 2004 yil
dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar ko’rsatishning to’la
huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik
organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada
yuksak ko’tarishga qaratilgandir.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy
partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha
huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar
to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga
a’zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish,
partiyalarning mulkiy
munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p
partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan
siyosiy partiÿlar fuqarolarning ñè¸ñèé irodalari shaklanishini ta’minlash uchun erkinlik huquqiga
ega bo’ldilar, partiÿlarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi
mas’uliyati qonunlashtirildi.
Hozirgi davrga kelib O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. Mustaqillikning
dastlabki davrida O’zbekiston
Xalq demokratik partiyasi, o’tgan asrning 90-yillari o’rtasida
O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik
partiyasi hamda 2003 yilning 17 noyabrida esa mulkdorlar va o’rta ijtimoiy qatlam siyosiy
qarashlari ifodasi sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik
partiyasi tashkil topdi. Hozirgi kunda Oliy Majlisda mazkur partiyalarning fraktsiyalari,
mamlakatimizning qonun chiqarish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
Mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tashkil topdi.
O’tgan davr ichida «Sog’lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg’armasi, «Ekosan»
3
«Нодавлат нотижорат ташкилотлар тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикасининг ªонунига шарҳлар. –Т.:
2002, 14-бет.
xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi,
Xalqaro Amir Temur jamg’armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg’armasi, «Oltin meros»
jamg’armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi»
harakati,
O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi, O’zbekiston ommaviy axborot
vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi (hozirda
O’zbekiston jurnalistika ijodiy uyushmasi) , O’zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati,
Jamoatchilik fikrini o’rganish «Ijtimoiy fikr» markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Ustoz» jamg’armasi
(hozirda «Iste’dod») kabi nodavlat tashkilotlari tuzildi. O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi
demokratik printsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, «O’zbekiston
tadbirkor ayollar uyushmasi», «Ayol va salomatlik», ayollarning «Mehri» tashkiloti, «Ayollar
resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini echish va ular
manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: