O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni


Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab aloqasining shakllari
 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab o‘rtasidagi aloqa ikki yo‘nalishda olib 
boriladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktabning pedagoglar jamoasi o‘rtasidagi 
aloqa.
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bir-
birlariga yaqinlashtirish. Tarbiyachilar boshlang‘ich sinfda olib boriladigan 
ta’limtarbiyaviy ishning mazmuni, o‘ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada 
MTTda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi. 
Maktabning boshlangich sinf o‘quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib 
boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta‘lim berishda 
bolalar egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarga asoslanadilar. 
MTT bilan maktab pedagoglarining o‘zaro aloqa o‘rnatishlaridan ko‘zlangan 
asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta’limiga 
tayyorlash uchun o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha maktab bilan maktabgacha ta’lim 
tashkiloti o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli 
o‘qib ketishlari uchun MTT va maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni 
chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir. Maktabgacha ta’lim 
tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi 
vazifalarga qarab belgilanadi. MTT bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va 
amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog‘laydi. Pedagogik tashviqot 
ishlari MTT maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisining va birinchi sinf 


38 
o‘qituvchisini MTTning maktabga tayyorlovguruhidava birinchi sinfda olib 
boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov 
guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf 
o‘quvchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Mana shunday 
usulda ish olib borilganda o‘qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va MTTni 
tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy 
tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirishlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov 
masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi. Bu maqsadni amalga 
oshirishda maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o‘rtasida quyidagicha 
konkret aloqa shakllari o‘rnatiladi: o‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga 
tayyorlash va uzviylik masalalari bo‘yicha bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha 
birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar, 
pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek, bolalarning yosh xususiyatlarini, 
ularning MTTdan maktabga o‘tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga 
qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo‘yicha tarbiyachi va 
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va 
boshqalar kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi uzviy 
aloqaning pedagogik vazifasi MTTning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida 
olib boriladigan ta’lim -tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va 
usullari bilan o‘zaro tanishishni taqozo etadi. Bu masalada MTTning tayyorlov 
guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va 
dars, mashg'ulotlardan keyin birgalikda yig‘ilishib uni muhokama qiladilar, ayrim 
metodikalar bo‘yicha seminar - praktikumlarda qatnashadilar: ilg‘or tajribalar bilan 
o‘rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha yoki 1 sinfda bolalarga bilim 
berish bo‘yicha pedagogik kengashlarni o‘tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma 
ish shakllari va mazmunini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan 
masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda uchraydigan kamchiliklarni 
aniqlash, bolalar bog‘chasi va maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini 
yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, 
shundan iboratki, bir tomondan, o‘qituvchi MTTning tayyorlov guruhiga borib 
o‘zining bo'lajak o‘qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov 
guruhi tarbiyachilari o‘zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday 
o‘qiyotganini o‘rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq 
tavsifnoma beriladi. Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi 
o‘ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o‘qituvchiga bola bilan munosabatda 
bo‘lganda pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri yondashishda yordam beradi. 
Tarbiyachi ham o‘z navbatida 1-sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa 
bog‘lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o‘qiyotganlari, xulqi, 


39 
o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o‘qituvchidan so‘rash orqali ham aniqlab 
boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta’lim tarbiyaviy 
ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ‘ibot 
qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi uzviy aloqa samarali bo'lishi 
uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o‘rtasidagi aloqa 
izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo'ljallangan bo‘lishi, amalga 
oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo‘lishi zarur. Hamkorlik 
asosini birgalikda ishlash bo‘yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o‘zaro 
aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar 
shaxslar ko‘rsatilishi lozim. Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa 
o‘rnatib borishi natijasida ta’lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi. Bolalarni 
maktab o‘quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya 
uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish
birgalikdagi mashg'ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o‘tkazish, 
rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etish va 
boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo‘lsa va og‘ishmay amalga oshirib borilsa, 
birgalikdagi ishlar bo‘yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 
Bu esa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o‘qib 
ketishlarida yaxshi samara beradi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin