4-ma’ruza: Ona tili ta’limida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish. Reja: 1. Amerika ta’lim tizimida ona tili o’qitilishining o’ziga xos xususiyatlari
2. Anglyada ona tili ta’limining yo’lga qo’yilishi.
3. Koreyada ona tili oqitilishiga bo’lgan e’tibor
4.Xorijiy davlatlar tajribasiga tayangan holda ona tili ta’limini rivojlantirish yo’llari.
Fanlarni o’qitishda har bir davlatning o’ziga xos tajribalari mavjud. Jumladan, ona tili fanini o’qitishda har bir davlat o’ziga xos ish usullarini, metodlarni qo’llaydi. O’zbekistonda ona tili o’qitilishida nazariy ma’lumotlarga keng e’tibor qaratiladi. Deyarli har bir mashg’ulotda nazariy tushunchani o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Masalan 6-sinfda 167- dars o’tilsa, shundan 95 ta darsda yangi nazariy tushunchalar beriladi. Demak, bizdagi ona tili ta’limida grammatizmga katta e’tibor berilgan. O’quvchilar nutqini o’stirish, savodxonligini yaxshilash va so’z boyligini oshirish shu nazariy ma’lumotlarga tayangan holda olib boriladi. Bu esa o’quvchilardagi nutqni o’stirish, imloviy savodxonlikni yaxshilash, so’z boyligini oshirish masalalari ma’lum darajada e’tibordan chetda qoladi. Bu ham ona tili o’qitishga yondashishning o’ziga xos bir turi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ona tili ta’limi qanday yo’lga qo’yilganligini aniqlash maqsadida xorijda bo’lib qaytgan mutaxassislar bilan suhbatlashdik. Shu suhbatlar asosida ma’lum xulosalarga keldik. Toshkent davlat jahon tillari universitetining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Saodat Odilova bilan suhbatlashdik. Bu o’qituvchi Amerika Qo’shma Shtatlarida bir necha bor bo’lgan va u yerda amerikalik talabalarga o’zbek tilini o’rgatish bilan shug’ullanar ekan. U Amerikadagi ta’lim tizimi bilan qiziqqan va ma’lum xulosalarga kelgan ekan. Bu o’qituvchining xulosalarini quyidagicha bayon qilish mukin:
– Ona tili o’qitishda nazariy ma’lumotlarga keng o’rin berilmagan
– Nazariy ma’lumotlar qisman beriladi
– Ona tili o’qitish amaliy maqsadlarga qaratilgan
– Ona tili mashg’ulotlarida lug’atlar bilan ishlash asosiy o’rinni egallaydi.
Talabalar har doimo mashg’ulotga lug’atlar bilan keladi. Bu lug’atlar kitob holida mavjud yoki ularning telefonida lug’atning elektron nusxasi mavjud. Dars jarayonida ular berilgan topshiriqni bajarishda shu lug’atlarga tayanib ish ko’radilar.
– Amaliy ishlar sifatida SMSlar yozish, maktub yozish, esselar tayyorlash, insholar yozish kabi ishlar yo’lga qo’yilgan.
Magistrlik diplomini qo’lga kiritish maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlarida va Angliyada bo’ib qaytgan Komiljon Jalilov bilan ham suhbatlashdik. U Anglyada ona tili ta’limin qanday yo’lga qo’yilganligini aytib berdi. U aytgan fikrlarga ko’ra talabalarga ko’proq o’z fikrini ifodalashga keng imkoniyat berilar ekan.Bu davlatda ham nazariy ma’lumotlarni o’rgatishga keng o’rin berilmas ekan.
Asosiy e’tibor amaliy ishlarga qaratilgan ekan. Ular ham amaliy ishlar sifatida esselar yozish , turli mavzularda matn tayyorlash va lug’atlar bilan ishalshga odatlangan ekanlar.Janubiy Koreyada bo’lib qaytgan mutaxassislar va talabalrning fikriga ko’ra ham ularda ham ona tili o’qitish yuqorida nomlari sanalgan davlatlardagi kabi ekan. Shuni qo’shimcha qilish mumkinki, ularda nutq o’stirish ishlariga e’tibor katta. O’quv yilining oxirida o’quvchilar o’zlarining tayyorlagan matnlarini og’zaki ifoda qilib berar ekanalr.
Shulardan kelib chiqqan holda o’zbek tili ta’limi tizimida ham quyidagilarga e’tibor berish kerak. Ona tili ta’limi oldidagi muammolardan biri o’quvchilarga mo’ljallangan o’quv lugatlarini yaratishdir. Ma’lumki, ona tili dasturida ona tili ta’limi vositalari sifatida darsliklar, lug’atlar va albomlar ko’rsatilgan. Bu vositalardan biri bo’lgan darslik hanuzgacha asosiy o’rinda turibdi, ya’ni qolgan vositalar ta’lim jarayonidan o’rin olgani yo’q. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ona tili o’qitishda lug’atlarning darslik bilan yonma-yon vosita sifatida qo’llanishi ko’pchilikka ma’lum. Masalan, ingliz, nemis va fransuz bolalarining ona tili darslarida foydalnishlari uchun ommaviy nashr etilgan 2O dan ortiq lugatlar mavjudligi adabiyotlarda qayd etilgan. Shunday ekan, oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o’quvchilar uchun izohli, faol so’zlar, sinonimlar, omonimlar, antonimlar, iboralar, paronimlar, uyadosh so’zlar kabi o’nlab lug’atlarni zudlik bilan tuzishimz va ularni ommaviy nashr etishimiz kerak. Bu lug’atlar albatta, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari kutubxonasidan o’rin olishi hamda ularni kompyuter xotirasiga joylashtirish, internet saytlariga kiritish lozim. Shu lug’atlar yordamida amaliy ishlarga yanada kengroq o’rin berish, o’quvchilarning so’z boyligini oshirish, ularni so’zlarning sehrli olamiga olib kirish, so’z sehriga oshufta qilish, ularning imloviy bilimlarini mustahkamlash, bolalarga ijodiy tafakkur ko’nikmalarini singdirish imkoniyatlari yuzaga keladi. Bunday lug’atlarni tuzish uchun lug’atshunos olimlar va metodist olimlar, ilg’or ona tili va adabiyot o’qituvchilari birlashishi lozim bo’ladi.
Ona tili o’qitishni yaxshilash yo’lida bajariladigan ishalrdan yana biri o’quvchilar nutqini rivojlantirishga e’tibor qaratishdir. Ona tili ta’limi oldidagi asosiy masalalardan biri ham o’quvchilarda ijodiy fikr mahsulini nutq sharotiga mos ravishda to’g’ri, ravon ifodalay olish ko’nikmalarini shaklllantirishdir. Bu maqsadga erishishda o’quvchilarda notiqlikka havas uyg’otish, o’z fikrini chiroyli va aniq ifodalay olishga qiziqish uyg’otish, o’zining chiroyli nutqi bilan boshqalarda o’ziga nisbatan hurmat tuyg’usini uyg’otish mumkinligini singdirib borish yaxshi samara beradi deb o’ylaymiz. Buning uchun o’qituvchining o’zi chiroyli nutqqa ega bo’lishi va bu orqali o’quvchilarga namuna bo’lishi lozim bo’ladi. O’qituvchi bolalarga yozuvchi va shoirlar, aktyorlar, nutqidan namunalar eshittirishi va shu orqali o’quvchilarda notiqlikka havas uyg’otishga harakat qilishi kerak. Shundan so’ng o’quvchilarga kichik-kichik mavzularda matn tuzish va uni ko’pchilik oldida ifodalay olish ko’nikmalarini shakllantirib borish zarur. Ona tili mashgu’lotlarida o’quvchilar navbati bilan shunday chiqishlarni amalga oshirib tursalar va bu ishlar o’qituvchi tomonidan rag’batlantirilib turilsa, o’ylaymizki, o’quvchilarning o’z nutqlariga bo’lgan e’tibori borgan sari ortib boradi. Har bir sinf bitiruvchilari o’quv yili oxirida shunday notiqlik chiqishlarini o’qituvchilar, ota-onalar va o’trtoqlari oldida amalga oshirishlari kerak. Bunday notiqlik chiqishlari o’quvchilarning ona tili fanidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarini baholovchi mezonlardan biriga aylanishi kerak. Shundagina o’qituvchi ham , o’quvchi ham nutq malakalаrini o’strishga jiddiy e’tibor bilan qaraydi.
Ona tili o’qitishda hanuzgacha nazariy bilimlarni o’rgatishga keng e’tibor berib kelinmoqda. O’quvchi mashg’ulotda biror nazariy materialni o’rganadi va amaliy ish sifatida berilgan gaplar, matnlar tarkibidan nazariy materialga mos misollarni qidirib topishga yoki misollar tuzishga harakat qiladi. Ko’rinadiki, butun e’tibor nazariy bilimni o’rganishga, mustahkamlashga qaratilgan. Bizning fikrimizcha, nazariy ma’lumotlarga kamroq o’rin berib, amaliy ishlarga kengroq o’rin ajratish kerak. Ona tili darslarida qanday amaliy ishlarni bajarish mumkinligi xususidagi ayrim mulohazalarimizni bayon qilamiz. Biz yuqorida o’quvchilar uchun lug’atlar yaratish lozimligi xususida so’z yuritgan edik. Agar shunday lug’atlar yaratilsa, amaliy ishlarni bajarishga imkoniyatlar yuzaga kelar edi. O’quvchi o’qituvchi bergan topshiriq asosida sinonim so’zlar lug’atidan berilgan so’zlarning sinonimlarini topadi, ularning ma’nolarini izohlaydi, sinonimik qatordan o’rin olgan so’zlarning ma’no jihatdan qanday farqlanishini aniqlaydi va shu so’zlar ishtirokida gaplar yoki matnlar tuzadi. Shu singari omonim so’zlar, antonim so’zlar, paronimlar, izohli so’zlar hamda iboralar lug’ati bilan bog’liq holda ham shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu orqali ularda so’zning ma’nosini anglashga intilish, to’g’ri yozilishini bilishga ishtiyoq kuchayadi, so’zning ma’nolarini anglagani sari ularning so’z boyligi ham ortib boradi, ijodiy tafakkuri ham rivojlana boradi.
Ona tili mashg’ulotlarida bajarilishi lozim bo’lgan amaliy ishlardan yana biri o’quvchilarni maktub yozishga, tug’ilgan kunlarga yoki yubileylarga tabrik nutqlari tayyorlashga, maktab devoriy gazetasiga, gazeta va jurnallarga maqolalar yozishga o’rgatib borishdir. Hozirda umumta’lim maktablarini, akademik litsey va kollejlarni bitirib chiqayotgan o’quvchilarning ko’pchiligi maktub yozish etikasini yaxshi bilmaydi. Maktubni qanday boshlash, qanday fikrlarni bayon qilish, qanday yakunlash malakasi, maktubni savodxonlik bilan yozish masalasi bir qator maktublarni yozish va ularni sinfda muhokama qilish orqali shakllanadi. O’quvchilar navbati bilan o’rtoqlariga, qarindosh-urug’lariga, olisdagi o’rtog’iga, aka-ukalariga, notanish do’stiga , kelajakka, badiiy asar mualliflariga va qahramonlariga maktub yozishni o’rganadilar. Maktabda yoki litsey va kollejda o’qiyotgan bola ota-onasining, bivilari va bobolarining, ustozlarining tug’ilgan kunlariga yoki yubileylariga tabrik nutqlari yozish va ularni ko’pchilik omma oldida qanday ifodalab berish malakasiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun ular ona tili mashg’ulotlarida shunday tabrik nutqlari tayyorlashlari va ularni ifodalash yo’llarini egallab borishlari kerak. O’quvchilar o’z o’rtoqlarining erishgan yutuqlari, o’tkazilgan tadbirlar, bo’lib o’tgan uchrashuvlar, turli musobaqalar, konkurslar haqida maqolalar tayyorlab borishga o’rgatilsa, ularning yozma nutqlarini o’stirishga katta hissa qo’shilgan bo’ladi.
Ona tili ta’limi oldidagi azaliy muammolardan biri savodxonlik bilan bog’liq. O’quvchilarimizning imloviy savodxonligi talab darajasida emasligi hech kimga sir emas. Albatta, buning bir qator obyektiv va subyektiv sabablari bor.
Ona tli darslari jarayonida imlo qoidalarini o’rgatib borishga yetarli e’tibor berilmayotganligi, ayrim fan o’qituvchilarining mahalliy sheva ta’siridan xalos bo’la olmayotganlgi, turli reklama va afishalarda savodxonlik darajasining pastligi, savodsizlik bilan yozilayotgan SMSlarning mavjudligi, o’quvchilarning o’zida xatosiz yozishga ishtiyoqning yetarli emasligini savodxonlik darajasining quyi darajaga tushib qolganligiga sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. O’quvchilarda orfografik bilimlarni yaxshilash uchun birinchi galda ona tili mashg’ulotlarida lug’atlar bilan ishlash yo’llarini keng yo’lga qo’yish zarur, chunki o’quvchi lug’at bilan ishlash jarayonida so’zning yozilishiga e’tibor qaratadi. O’qituvchi vaqti-vaqti bilan o’quvchilarga reklama va afishalar bilan tanishib, ulardan xato yozilgan so’zlarni, noto’g’ri tuzilgan gaplarni aniqlab kelishni topshiriq qilib berishi va shunday ishni bajarib kelgan o’quvchilarni rag’batlantirib borishi kerak. Maktablarda vaqti-vaqti bilan savodxonlik bayramlarini o’tkazib turish ham orfogragik bilimlarni yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi. Savodxonlik bayramida eng savodxon o’quvchilar aniqlanib rag’atlantirilishi, savodxonlik bilan yozilgan insho va bayonlar, tabrik matnlari, ona tili va boshqa fanlardan yuritilgan daftarlar namoyish qilinishi zarur. Bularning barchasi qolgan o’quvchilarda savodxonlikka ishtiyoq uygotadi. Kezi kelganda aytib o’tishni joiz deb bilamizki, savodxonlik bayramlarini ommaviy miqyosda o’tkazish lozim, ya’ni savodxonlik masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish zarur. Barcha oily o’ruv yurtlarining talabalari, muassasa va korxonlarning xodimlari bu bayramda o’z diktantlari bilan qatnashishlari kerak. Yozdirilgan diktant natijalari xodimning maoshiga ta’sir o’tkazishi lozim.Shundagina savodxonlikka ehtiyoj tug’iladi.
Ona tili ta’limini sifat jihatdan ko’tarishning asosiy yo’llaridan biri bo’lajak o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchilarini tayyorlashga eng muhim vazifa sifatida qarashdir. Ona tilidan DTS talablarini , dasrturda ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshiruvchi asosiy shaxs ona tili o’qituvchisidr. Ona tili o’qituvchisining bilim darajasi past bo’lsa, u dars berayotgan sinf o’quvchilarining bilimi haqida so’z yuritib bo’lmaydi. Kadrlarni saralab ishga qabul qilish vaqti keldi, chunki kadrlarimiz miqdor jihatdan yetarli. Shundagina o’qituvchilar o’z ustida tinimsiz ishlaydi, oily ta’limda o’qiyotgan talaba yaxshiroq bilim olishga intiladi.
Ona tili ta’limining sifati boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining bilim darajasiga uzviy bog’liq. Agar o’quvchi boshlang’ich ta’limdan chiroylli husnixat yozishni bilmasdan, yaxshi o’qish malakasini egallamasdan chiqadigan bo’lsa, ona tili o’qituvchisi ularni yozishga, o’qishga o’rgatadimi yoki datsur materiallarini ularga tushuntiradimi? Albatta, bu masalaga jiddiy e’tibor beradigan payt keldi. Buning uchun boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarini tayyorlash sifatini ham, boshlang’ich sinf o’quvchilarni o’qitish sifatini ham yuksak darajaga ko’tarish kerak. Shundagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi.
Prezidentimizning oʻtgan yili 6-noyabrdagi taʼlim tizimini isloh qilishga doir farmon va qarorlarida Finlyandiya tajribasini oʻrganish masalasi tegishli idoralar, jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oldiga vazifa sifatida qoʻyilgan edi. Shunga koʻra mazkur davlat tajribasi oʻrganilmoqda.
Bu saʼy-harakatlar zimmamimizga mamlakatimizdagi taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻqitish samaradorligini oshirish masʼuliyatini yuklamoqda. Bu borada ham ilgʻor xorijiy davlatlar, xususan, Finlyandiya tajribasi oʻrganilyapti.
Ayni paytda mazkur mamlakatdagi 2341 ta maktabda 560 ming nafar oʻquvchi tahsil olyapti. Finlyandiya maktablari oʻquv rejasiga koʻra, toʻqqiz yillik haftalik umumiy yuklama 233 soat. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda 246 soatni tashkil etadi. Finlar shundan 42 soatini ona tili va adabiyot faniga ajratadi. Mamlakatimizda ona tili va adabiyot fanining ulushi 2018-yilda 61 soatni tashkil etgan, 2021-yilda esa 51 soatga tushgan.
Ammo oʻzbek tili (davlat tili)ning ulushi 2018-yildagi 16 soatdan bu yil 21 soatga koʻtarilgan. Bu mamlakatimizda taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tilda olib borilayotgan maktablarda davlat tilini oʻqitishga eʼtibor kuchaytirilganidan dalolat beradi.
Xuddi shunday koʻrsatkichlar, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining boshqa barcha fanlarga nisbatan ulushi Germaniyada 13,4 foiz, Janubiy Koreyada 17,8 foiz, Yaponiyada 19,1 foiz, Rossiyada 17,5 foiz, Belarusda 13,4 foizni tashkil etishi kuzatildi.
Finlyandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili oʻqitiladi. Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved tilini, ona tili shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili sami yoki sigan, rus tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi.
Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlimning yangidan ishlab chiqilayotgan Milliy oʻquv dasturida “Til va adabiyot fanlari ona tili, adabiyot, oʻzbek tili (taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun), qardosh tillar (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman), rus tili (taʼlim rus va oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun) oʻquv predmetlarini qamrab oladi hamda ularning oʻzaro aloqadorligini taʼminlaydi”, deb qayd etilgan.
Bugungi kunda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim yetti tilda olib boriladi. Jumladan, 2 ming 69 ta maktabda taʼlim rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz tillarida olib boriladi va har bir millat vakillari uchun millatlararo bagʻrikenglik tamoyili asosida zarur sharoitlar yaratilgan. Oʻquv jarayoni oʻquvchilarning oʻz ona tilida tashkil etilgan va ushbu maktablarning har birida barcha fanlardan darslik va oʻquv metodik adabiyotlar mavjud.
Fin taʼlim tizimida oʻquvchilarning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish bolalikdan boshlanadi va hayot mobaynida davom etadi. Bu jarayon uyda, maktabda va maktabdan tashqari vaqtlarda rivojlantiriladi. Maktabda til oʻqitishning asosiy prinsipi turli vaziyatlarda tildan foydalanishga oʻrgatish hisoblanadi.
Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning individual qobiliyatini hisobga olgan holda ongli yondashish, oʻzini namoyon qilish va muloqot layoqatini, shuningdek, tinglash, gapirish, oʻqish va yozish qobiliyatini rivojlantirish alohida vazifa hisoblanadi.
Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish qobiliyatini oshirishga qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi kengayadi. Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va baholash koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali dunyoqarashini kengaytiradi. Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda esa oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali u boʻyicha egallanadigan nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallarini har bir sinfda oʻrgatish, mustaqil fikr almasha olish, eshitilgan matnni idrok etish, yozma manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish malakasini egallash dinamikasi nazarda tutiladi.
Adabiyot — soʻz sanʼati. Shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib, adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani darslari mazmuni oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam oʻstirib borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan iborat.
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida til va adabiyot fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda. Ularni nutqiy (ogʻzaki va yozma nutq malakasi, oʻqish va tushunish, tinglab tushunish) hamda lingvistik kompetensiyalar (lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya, morfologiya, sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan.
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilarning til koʻnikmalari va milliy madaniyati hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan va boshqa madaniyatga mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish hamda muloqot qilish imkoniyatini yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fani boʻyicha fin va shved tilida dars bera olishi lozim. Barcha koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan muddao va tamoyillarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad oʻquvchilarni turli til va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki va koʻp tillilikni targʻib qilish va shu orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik koʻnikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Yana bir holat borki, muayyan sinf yoki maktabda taʼlim qaysi tilda olib borilishi taʼlim toʻgʻrisidagi qonun doirasida, taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari qarorlari asosida belgilanadi Biroq zarurat boʻlsa, ona tili va adabiyot boʻyicha darslar hukumat qaroriga muvofiq birlashtirilishi mumkin. Bunday holda oʻqituvchilar umumiy oʻqitiladigan barcha fanlarning kamida yarmini ona tili sifatida belgilangan tilda oʻtishi kerak. Bu jarayonda oila va maktab oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga amal qilinadi.
Ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni chet tili sifatida oʻrganish oʻquvchilarda koʻp tillilik, savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi. Mutaxassislarning fikricha, fin tilini juda kam davlatlarda tushunishadi. Shuning uchun finlar dunyo aholisi muloqot qiladigan asosiy chet tillarni yuqori darajada oʻrganishni maqsad qilgan. Qolaversa, turli tillarda soʻzlashish qobiliyati fanlararo integratsiyani mustahkamlashga yordam beradi.