Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
A2+
mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, mediamadaniyatga ega bo‘lish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
A2+
doimiy ravishda hayotiy tajribasini mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
A2+
mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
A2+
umuminsoniy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, san’at asarlarni tushunish va nutq madaniyatiga ega bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
kundalik faoliyatda turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish,
A2+
kundalik faoliyatda jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish.aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, kasbiy rejalarni tuza olish,
O‘quv dasturi mazmunida aks etgan grammatik mavzularni yoritishda o‘quv rejada keltirilgan “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Tejamkorlik saboqlari” va “Iqtisodiy bilim asoslari” kurslarining mazmuni singdirilishi kerak.
Ona tili fani o’quv soatlari quyidagicha taqsimlangan:
Sinflar
|
Haftalik o’quv soati
|
Yillik o’quv soati
|
5-sinf
|
6
|
2O4
|
6-sinf
|
5
|
17O
|
7-sinf
|
3
|
1O2
|
8-sinf
|
3
|
1O2
|
9-sinf
|
2
|
68
|
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari (keyingi o’rinlarda — Malaka talablari deb ataladi) umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o’rganishning bosqichlarini, o’quv fanlari bo’yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
Malaka talablari ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlari hamda umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo’llanilishi majburiydir.
Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan holda o’quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim fanlari bo’yicha nazorat-baholash ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida umumta’lim fanlarini o’rganish bosqichlari
O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o’rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Standart darajalari
|
Darajalarning nomlanishi
|
A1
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning boshlang’ich darajasi
|
A1+
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan boshlang’ich darajasi
|
A2
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning tayanch darajasi
|
A2+
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
|
B1
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning umumiy darajasi
|
B1+
|
Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
|
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |