O’quv-uslubiy majmua


-ma’ruza: Ona tili fani bo’yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari mazmuni



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə13/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

5-ma’ruza: Ona tili fani bo’yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari mazmuni.
Reja:
1.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti mazmuni ,maqsad va vazifalari hamda asosiy pirinsiplari.
2. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti tarkibiy qisimlari
3.Ona tili dasturi va uning tuzilishi.
4.Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o’rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy printsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
«Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni;
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to’g’risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida» 2O13 yil 8 maydagi 124-son qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi 2017 yil 15 martdagi 14O-son qarori;
3. Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy o’rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
– umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
– milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
–o’quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
– ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
– davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy printsiplari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:
– o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
– umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
– davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
– umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
– umumiy o’rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
– umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
– o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
– rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
–umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi;
–umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi;
–umumiy o’rta ta’limning malaka talablari;
–baholash tizimi.
Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi (keyingi o’rinlarda — tayanch o’quv reja deb ataladi) umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o’quv reja umumiy o’rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o’quv reja umumta’lim fanlari bo’yicha belgilangan ta’lim mazmunini o’quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi:


T/r





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin