ichiga oladi.
qobig'i va tashqi plazmatik mem brana bilan zich birikkan bo'lib, sitoplazmada murakkab
bog'lam larni hosil qiladi. Sitoplazmaning tayanch elementlari hujayraning shaklini aniqlaydi,
hujayra ichki tizimlarining harakatini va butun hujayraning joyini o'zgarishini ta’minlaydi.
Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
Sodda hayvonlardan xivchinlilar va ko'p hujayrali hayvonlarning
spermatozoidlari xivchinlar yordamida harakatlanadi.
1)
Genlarning polimer ta’siri. Allel bo'lmagan bir nechta genning bitta belgining
rivojlanishiga o'xshash ta’sir
ko'rsatishi genlarning
polimer
ta’siri deyiladi.
Genlarning
polimer ta’siri
orgnizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning
vazni, o'sishi, o'simliklarning bo'yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qo ramol sutining miqdori va
yog'liligi, o'simliklar tarkibidagi vitamin lar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish
darajasi
unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog'liq bo'ladi.
Polimer irsiylanishni dastavval shved olimi Nilson Ele o'rgan di. U bug'doyning qizil
(/\1 A1 A2 A2
) va oq (a1
a1
a2
a2
) navlarini o'zaro chatishtirib, F1 o'simliklarni oldi F1
da donlarning rangi pushti bo'ldi. F1 o'zaro chatishtirilib, F2
dagi o'simliklarning don rangiga qarab beshta guruhga ajratildi.
Ularning miqdoriy nisbati quyidagicha: bitta qizil, to'rtta och qizil
rangli, oltita pushti, to'rtta och pushti rangli, bitta oq donli o'sim liklar olindi.
Polimer irsiylanish kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo'li nadi. Nokumulyativ polimeriya
ko'proq sifat belgilarni irsiylanishi
dominant genlar soniga bog'liq bo'lmagan holda namoyon bo'ladi.
Miqdor belgilarning irsiylanishi kumulyativ polimeriya orqali amalga
oshadi. Kumulyativ polimeriyada duragaylarda belgining har xil da rajada rivojlanishi dominant
genlarning soniga bog'liq bo'ladi. Ku mulyativ polimeriyada fenotip jihatdan nisbat F2 da
1:4:6:4:1, noku mulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbatda bo'ladi.
Polimer irsiylanish qonuniyatlarini o'rganishning ahamiya ti juda katta. Organizmlardagi,
xususan, madaniy o'simlik va uy
hayvonlarining
inson uchun foydali
miqdoriy belgilari
polimer
gen
lar ta’sirida irsiylanadi
va
rivojlanadi. Masalan, uy hayvonlarining
og'irligi, sut
miqdori va
yog'liligi,
lavlagi
ildizmevasidagi shakar ning miqdori,
g'alladoshlarda
boshoqning uzunligi, makkajo'xori so'tasining uzunligi va hokazo.
Genlarning ko'p
tomonlama
ta’siri.
Bitta
genning
bir
qan
cha belgining rivojlanishiga ta’siri ham
aniqlangan. Bu hodisa
pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Bu hodisa o'simliklar
bilan hayvonlarning ko'p genida
uchraydi. Misol uchun, genetik jihatdan yaxshi o'rganilgan drozofila meva pashshasining
ko'zlarida pigment bo'lmasligini belgi laydigan gen pushtilikni kamaytiradi, ba’zi ichki organlar
rangiga
ta’sir ko'rsatadi va hayotchanligini qisqarishiga sabab bo'ladi.
Gulli o'simliklarda gullarning to'q qizil rangda bo'lishini ta’min
etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to'q qizil rangda bo'lishiga daxldordir.
Tovuqlarda jingalak patli zotlar uchraydi.
Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko'pincha sinib ke tadi. Bu bilan tovuq tanasidan
tashqi muhitga ko'p issiqlik tarqala di, ovqat hazm qilish, yurak-tomir faoliyatining ishi buziladi.
Bular
esa tovuqning nasi qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga sal biy ta’sir ko'rsatadi.
Ba'zi bir genlarning
pleyotrop
ta’sirida
organizmdagi turli or
ganlarning rivojlanishida katta
o'zgarishlar ro'y beradi, natija da ular nobud bo'ladi. Bunday genlar letal, ya’ni halokatga olib
keluvchi genlar deb ataladi. Misol uchun: sichqonlarda jun rangi ning sariq va qora bo'lishi bir
juft allel genlar (A-a)ga bog'liq. Bu
gen retsessiv gomozigota (aa) holatda bo'lsa, sichqon junining rangi qora bo'ladi. Juni sariq
rangda bo'lgan sichqonlar doimo
geterozigota (Aa) holatda bo'ladi. Sariq sichqonlar orasida domi nant gomozigotali (AA) formalari
tabiatda umuman uchramaydi.
2)
S=G 650+650=1300
Gva S 2000—
100%
1300—x=65°%