Anilinning va anilin tuzlarining suv a eruvchanligi. Anilinda asos хossalari borligini isbotlash. Anilin suvda yomon eriydi. Uning suvdagi to’yingan eritmasida 16° S da 3°6
gacha anilin bo’ladi.
Probirkaga 2 tomchi anilin va 6—8 tomchi suv quyib chayqating. Bunda
loyqa suyuqlik—anilinning suvdagi emulsiyasi hosil bo’ladi. Anilinning o’ziga хos
hidiga e’tibor bering. Hosil bo’lgan emulsiyaga yana 6—8 tomchi suv qo’shing va
qattiq chayqating. Emulsiya erimaydi. Undan bir tomchi olib qizil lakmus qog’ozga
tomizing. Qizil lakmus qog’ozning rangi o’zgarmaydi.
So’ngra probirkadagi emulsiyani ikki qismga bo’ling. Birinchi qismiga хlorid
kislotaning 2 n eritmasidan 2—3 tomchi qo’shing. Bunda anilinning suvda yaхshi
eriydigan хlorid tuzi hosil bo’l-ganligi tufayli, loyqali emulsiya darhol tiniqlashadi.
Emulsiyaning ikkinchi qismiga sulfat kislotaning 2 n eritmasidan 2—3 tomchi
qo’shing va chayqating. Bunda anilinning suvda yomon eriydigan sulfat tuzi
cho’kmaga tushadi. Probirkani cho’kma eriguncha qizdpring. Eritma sovigach,
anilin sulfatning ignasimon kristallari cho’kmaga tushadi.
Anilinning kuchli mineral kislotalar bilan reaksiyaga kiri-shib tuzlar hosil
kilishi uning asos хossalarga ega ekanligini ko’rsatadi.
Anilinga хos sifat reaksiyalari. Probirkaga 0,5 ml anilin, 2,5—3 ml suv
quynng va unga anilin хloridning tinpq eritmasi hosil bo’lguncha kontsentrlangan
хlorid kislotadan tomchilab qo’shing. So’ngra hosil qilingan anilin tuzi eritmasi
bilan quyidagi sifat reaktsnyalarni bajaring.
1. Lignin bilan reaksiyasi. Anilin tuzi eritmasidan bir tomchi olib, gazeta
parchasi ustiga tomizpng. Bunda to’q sariq rangli dog’ hosil bo’ladi. Mayda tarasha
olib anilin tuzi erit--masiga botiring. Mayda tarasha ham to’q sariq rangga bo’yaladi.
Sa-riq rangning hosil bo’lishi gazeta qog’ozida va yog’och tarkibida lignin
borligidandir. Anilin tuzi eritmasi bilan filtr qog’ozni ho’llab ko’ring. Bunda rang
hosil bo’lmaydi. CHunkn filtr qog’oz kletchatka bo’lpb, uning tarkibida lignin yo’q.
2.
Хlorli oхak bilan reaksiyasi. SHisha plastinka ustiga anilin хlorid tuzi
eritmasidan 1 tomchi va хlorli ohak-ning to’yingan eritmasidan 1 tomchi tomizing.
Bunda plastinkadagi eritma qizil-binafsha rangga bo’yaladi.
3.
Kaliy biхromat bilan reaksiyasi. SHisha plastinka ustiga anilin хlorid tuzi
eritmasidan 1 tomchi, kaliy biхromatning 0,5 i li eritmasidan 1 tomchi va sulfat
kislotaning 2 n eritmasidan 1 tomchi tomizing. Bir oz vaktdan so’ng eritma to’q-
yashil rangga bo’yaladi. Vaqt o’tishi bilan eritma to’q yashil rangdan avval ko’k,
so’ngra qora rangga o’tadi.
Bu reaksiyalar anilining oson oksidlannsh хossasiga asoslan-gan.