O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv q o ‘llanma Toshkent «ilm ziyo»


2.12-rasm. Elektrostatik o ‘lchash asbobi: 1



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə68/162
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#178239
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162
Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org

63



2.12-rasm. Elektrostatik o ‘lchash asbobi:


1
harakatlanuvchi elektrod; 2 — harakatlanmaydigan elektrod; 3 — o ‘q;
4
— prujina; 5 — strelka; 6 — shkala.
O ‘qdagi mavjud prujina harakatlanuvchi elektrod o ‘qi burilish
burchagiga proporsional teskari ta’sir etuvchi momentni yaratadi.
Aylantiruvchi va teskari ta’sir qiluvchi momentlar o ‘zaro ta’sirida
elektrodlarga berilgan kuchlanishlar kvadratiga proporsional o ‘l-
chash mexanizmi strelkasi burchakka aylanadi.
Asbobning shkalasi o ‘lchanayotgan kattalik birliklarida gra-
duirovka qilinganda nochiziqli shkalani hosil qiladi. Odatda,
elektrostatik asboblardan o ‘zgaruvchan yoki o ‘zgarmas toklar,
shuningdek, o ‘ta yuqori chastotali kuchlanishlarni o ‘lchash uchun
foydalaniladi.
Bu asboblar chastotaga bog‘liq b o ‘lmagan ko‘rsatkichlar va
kichik energiyani iste’mol qilishi bilan ajralib turadi. Elektrostatik
asboblarning ko‘rsatishiga o ‘lchanadigan kuchlanish chastotasi,
atrof-muhit temperaturasining o ‘zgarishi va tashqi maydonlar
deyarli ta’sir etmaydi. Bunga qarama-qarshi o ‘laroq, tashqi elektr
maydonining ta’siri sezilarli darajada bo‘ladi. Elektrostatik asboblar­
ning xususiy energiya sarfi juda kam, masalan, o ‘zgarmas tokda
u deyarli nolga teng.
Elektrostatik voltmetrlar kam quvvatli zanjirlarda juda keng,
hattoki 30 MHz gacha bo‘lgan chastota diapazonidagi kuchlanishni
64



o ‘lchashda ishlatiladi. Aniqligi b o ‘yicha elektrostatik voltmetrlar


ko‘pincha 1,0—1,5 klasslariga m o‘ljallab ishlanadi. Maxsus ishlan-
gan aniqligi 0,1; 0,05 b o ‘lgan voltmetrlar ham mavjud.
Tashqi elektr maydon ta’sirini kamaytirish maqsadida elektro­
statik ekran ishlatiladi.
Induksion asboblar. Induksion asboblarning boshqa elektr o ‘l-
chash asboblari tizimidan farqli jihati bitta aniqlangan chastotada
o ‘zgaruvchan tok zanjirida qo‘llash mumkin. Uning kam o ‘zga-
rishlari ko‘rsatkichning katta xatoligiga olib keladi.
Zamonaviy induksion asboblar chastotasi 50 Hz b o ‘lgan bir
fazali va uch fazali o ‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun elektr ener­
giyasini hisoblagich sifatida tayyorlanadi.
Induksion asboblar ishlash prinsipi b o ‘yicha asinxronli elektro-
dvigatellarga o ‘xshash b o ‘lib, asbobning ish zanjiri b o ‘yicha tok
yuklanishi o ‘tadi va yuguruvchi yoki magnit maydonni aylan­
tiruvchi, ya’ni harakatlanuvchi qismda tok induksiyalanadi va uni
aylantirishga olib keladi.
O ‘zgaruvchan magnit oqimi miqdori bo‘yicha asbobning hara-
katlanuvchi qismida induksiyalovchi tokka nisbatan bir oqimli va
ko‘p oqimli induksion asboblarga b o ‘linadi.
Induksion asboblarning ishlash prinsipi asbobning harakat-
lanuvchi qismida induktivlangan toklar bilan o ‘zgaruvchan magnit
oqimlarining mexanik o ‘zaro ta’sirlashishiga asoslangan. Hisob-
lagichda oqimlardan biri tarmoq kuchlanishiga ulanib (elektr ener-
giyasi o ‘lchanadi), o ‘ramda elektromagnitni yaratadi. Bu oqim
harakatlanuvchi aluminiyli diskni kesib o ‘tadi va uyurmali tokni
induksiyalaydi, elektromagnit kuchlanish qutblari izi atrofida
tutashadi. Ikkinchi oqim tok zanjiriga navbatdagi ulangan o ‘ram
elektromagnitni hosil qiladi. Bu oqim diskda hamda uyurmali tok
o ‘zining elektromagnit qutblari izi atrofidagi tutashuvga olib keladi.
Bir fazali uch oqimli induksion hisoblagich tangensli magnit
tizimli qurilma sxemasi 2.13-rasmda keltirilgan.
Induksion mexanizmlarda aylantiruvchi moment hosil b o ‘lishi
uchun kamida ikkita yoki ikki tashkil etuvchidan iborat bitta, faza
jihatidan bir-biridan farq qiluvchi va bir-biriga nisbatan uzoqroq
joylashgan o ‘zgaruvchan magnit oqimlari b o ‘lishi kerak.
65



O ‘zgaruvchan magnit oqimlar orasidagi faza farqi 90° ga teng


b o ‘lganida aylantiruvchi moment o ‘zining maksimal qiymatiga
yetadi.
Aylantiruvchi moment o ‘zgaruvchan tok chastotasiga bog‘liqdir.
Induksion tizimli o ‘lchash mexanizmlari, asosan, quvvat o ‘l-
chashda — vattmetr, elektr energiyasini hisoblashda hisoblagich
(schotchik) sifatida ishlatiladi.
Raqamli o ‘lchash asboblari. Raqamli o ‘lchash asbobi deb,
o ‘lchash borasida uzluksiz o ‘lchanayotgan kattalikning natijasi
raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi
qurilmada diskret tarzda o ‘zgartirilib, indikatsiyalanadigan asbob-
larga aytiladi. Raqamli o ‘lchash asboblari hozirgi kunda juda keng
tarqalgan.
Raqamli o ‘lchash asbobining funksional chizmasi 2.14-rasmda
keltirilgan.
66



2.14-rasm. Raqamli o ‘lchash asbobining funksional chizmasi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin