2.11-rasm. Elektrodinamik o ‘lchash asbobi:
1, 2
— harakatlanmaydigan va harakatlanadigan g‘altak;
3 — o ‘q;
4
— prujina;
5 — strelka;
6 — shkala.
Bu asboblarning quyidagi afzalliklari bor: ham o ‘zgaruvchan,
ham o ‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi; yuqori
darajadagi aniq-
likka ega; elektr quvvati sarfini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin;
bir vaqtning o ‘zida ikkita kattalikni tekshirish mumkin.
Shuningdek, ayrim kamchiliklarga ham ega:
xususiy energiya
sarfi katta; tashqi temperaturaga bog‘liqligi kuchli;
bevosita katta
qiymatlarni o ‘lchay olmaydi.
Elektrostatik o ‘lchash asboblari. Elektrostatik o ‘lchash asbob-
larining ishlash prinsipi turli xil elektr zaryadlarini tutib turuvchi
elektrodlarning mexanik o ‘zaro ta’siriga asoslangan.
Elektrostatik
asboblarda o ‘lchanadigan kattalik elektrostatik o ‘lchash mexanizmi
aniqlayotgan doimiy tok yoki o ‘zgaruvchan kuchlanishga o ‘zgar-
tiriladi (2.12-rasm).
O ‘lchanayotgan kuchlanish strelka bilan biriktirilgan o ‘ qqa
mahkamlangan harakatlanadigan elektrod va undan izolatsiyalan-
gan harakatlanadigan elektrodga kiritiladi. Elektrodlarda hosil bo‘la-
digan zaryadlar ta’sirlanishi natijasida o ‘qqa qo‘yilgan kuchlanish
kvadratiga proporsional aylantiruvchi moment paydo b o ‘ladi.
Dostları ilə paylaş: