O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Investitsiya hajmi o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə38/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Investitsiya hajmi o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2003-yy.
-5, 0
5, 0
15, 0
25, 0
35, 0
45, 0
55, 0
65, 0
75, 0
1999-y.
2000-y.
2001-y.
2002-y.
2003-y.
1999
й
.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
Bank depozitlari
Sotib olingan ko‘chmas mulk
Qimmatli qog‘ozlar
Korxonalar Nizom jamg‘armasidagi ulushlar
Berilgan kreditlar
Boshqa investitsiyalar


7 3
Sug‘urta tashkilotining daromad manbalaridan yana biri uning


investitsiya faoliyati hisoblanadi. Sug‘urtachilarning 1999—2000-
yillarda umumiy investitsiya joylashtiruvlari jabhalari (9-
diagramma) ichida bank depozitlari hisobiga muvofiq ravishdagi
56,5; 61,0 foiz ulushlar to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2001-yilda bu
ko‘rsatkich 29,5 foizni tashkil etgan.
Sug‘urtachilar tomonidan bank depozitlariga investitsiya
joylashtiruvi ko‘rsatkichlaridagi ulush 2002-yil 73,7; 2003-yilda 67,1
foiz bo‘lganligi—bu faoliyatning istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
Sug‘urtachilarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolliklari tahlil
etilgan yillarda ortib borayotganligi ko‘zga tashlandi. Bu
ko‘rsatkichning sug‘urtachilar tomonidan umumiy investitsiya joy-
lashtiruvidagi ulushi 1999-yilda 34,6 foizni tashkil etgan, 2000-yilda
u o‘tgan yilga nisbatan 1,1 foizga ortgan, 2001-yilda uning keskin
o‘sishi hodisasi kuzatilgan, ya’ni u 68,8 foizdan ortganligini qayd
etish lozim.
Bunday natija, asosan, qarz munosabatlarini ifodalovchi
qimmatli qog‘ozlar hisobiga yuzaga kelgan. Ammo, 2002-yil
yakuniga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 22,8 foizni tashkil etgan yoki oldingi
yilga nisbatan 3 martaga kamayganligi kuzatildi. 2003-yil yakuniga
ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan mablag‘lar ulushi 27,8
foizni yoki oldingi yilga nisbatan 21,9 foizga ortganligi aniqlandi.
Sug‘urtachilar tomonidan investitsiya joylashtiruvining boshqa
jabhalaridagi faolliklari birmuncha pasayishi holatlari ko‘zga
tashlanmoqda. Masalan, sug‘urtachilarning 1999—2003-yillarda
bergan kreditlari muvofiq ravishda 1,8; 0,4; 0,7; 0,3; 0 foizlarni
tashkil etgan yoki 1999-yilga nisbatan uning umumiy ulushdagi
ko‘rsatkichlarida barqarorlik an’anasi kuzatilmagan. Shuningdek,
korxonalar nizom kapitalidagi ulushlar ham 2002-yilda 1999-yilga
nisbatan 3,2 martaga yaqin kamaygan, 2003-yilda bu ko‘rsatkich
oldingi yilga nisbatan 0,1 punktga ortgan bo‘lsa-da, uning sal-
mog‘i sug‘urtachilarning investitsiya joylashtirish sohalari bo‘yicha
hamon past darajada qolayotganligini qayd etish lozim.
Sug‘urta tashkiloti faoliyatining natijasi sug‘urta mukofotlari
summasi, shuningdek, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini
investitsiyaga jalb etilgan qismidan olingan daromadlari summasiga
tengdir. U sug‘urta qoplamasi va zaxirasining me’yoriy o‘sishi
summasiga kamaytiriladi. Bu tizimda sug‘urtaning yalpi ishlab
chiqargan «mahsuloti» olingan daromad va sug‘urta hodisasi yuz


7 4
berishiga ko‘ra, amalga oshirilgan qoplama to‘lovlari o‘rtasidagi farq


sifatida aniqlanadi. Bu hisob-kitoblar nisbatida yalpi sug‘urta
mahsulotini ishlab chiqarish hajmi o‘sishi muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimizda sug‘urta
faoliyatining xususiylashtirilishi jarayoni, bir tomondan,
tashabbuskorlik negizida sug‘urtalash turlari ortishiga imkon
yaratib, javobgarlik sug‘urtasi, moliyaviy risklar sug‘urtasi va shu
kabi yangi sug‘urta turlari qo‘llanishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida sug‘urta
tashkilotlarining kuchsiz tomonlari ham ko‘zga tashlanib qoldi.
Bu, ayniqsa, sug‘urtachilarning potensial mijozlar ketidan quvishi
oqibatida ular tomonidan o‘z zimmalariga olgan sug‘urta javob-
garligi past darajada qolayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining majburiy sug‘urta bo‘yicha
ko‘rsatkichlari 2002-yilda 1999-yilga nisbatan sug‘urta mukofotlari
summasidagi ulushlar nisbatida 20,2, amaldagi sug‘urta
shartnomalari soniga nisbatan 53,4, sug‘urta majburiyatlari
hajmida 24,2 punktga kamayganligi aniqlandi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urtaning jami sug‘urta
qoplamasidagi ulush ko‘rsatkichlari 1999—2002-yillarda o‘rtacha
34,1 foiz darajasida bo‘lgan. Bu holat bizning nazarimizda, bir
tomondan, uning o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatsa, boshqa
tomondan, ixtiyoriy sug‘urta subyektlarining sug‘urta risklari bo‘yi-
cha javobgarlikni mijozlar kutayotgan darajada o‘z zimmasiga
olishga tayyor emasligi bilan ham izohlanadi.
Mamlakatimizda sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha
mablag‘larni shakllantirish asosan sug‘urta mukofotlar hisobiga
amalga oshirilmoqda. Sug‘urta turlari tarkibidagi o‘zgarishlar
asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha mukofotlar tushumi
umumiy ko‘rsatkichdagi salmog‘i o‘sishi hisobiga 2001-yilda 1999-
yilga nisbatan 34,3 foizga ortganligi hamda uning 2002-yil
yakuniga ko‘ra, sug‘urta mukofotlari summasidagi ulushi 72,3
foizga yetganligi yoki 1999-yilga nisbatan 37,4 foizga ortganligi
kuzatildi. 1999—2004-yillar davomida sug‘urta faoliyati hajmida
ixtiyoriy sug‘urta hissasi ortib borayotganligi aniqlandi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha umumiy mukofotlar tushumi
1999-yildagiga nisbatan 2001-yilda 3,2 foizga kamayganligi aniqlangan
bo‘lsa, 2002-yilda esa, oldingi yilga nisbatan 7,2 foizga ortganligi
kuzatildi.


7 5
Bugungi kunda ixtiyoriy sug‘urtaning tarkibi o‘zgarib, u eng


ko‘p qo‘llanilayotgan sug‘urta shakliga aylanib bormoqda. Ammo
uning jami sug‘urta mukofotlari hajmidagi ulushi ortib
borayotganligi kuzatilgan bo‘lsa-da, uning salmog‘i bugungi kunda
ham kutilgan darajaga chiqa olmaganligini ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizda 1999—2002-yillar davomida, ixtiyoriy mol-
mulk sug‘urtasining muntazam o‘sib borganligi tadqiqot ishida
amalga oshirilgan tahlillar asosida aniqlandi. Ixtiyoriy mol-mulk
sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi jami mukofotlar
summasiga nisbatan o‘sishi yuqori bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizda majburiy sug‘urtaning ko‘lami 1999—2003-yillar
davomida birmuncha kamayib borganligi qayd etildi. Uning
ahamiyatini inkor etmagan holda, shuni ta’kidlash kerakki, u budjet
mablag‘lari hisobiga amalga oshirilganligi sababli davlat uchun
qo‘shimcha investitsiyalash bilan shug‘ullanish imkonini yaratmaydi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lovlari 1999-yilga nisbatan
2001-yilda 0,5 foizga, 2002-yilda 4,7 martaga kamaygan bo‘lsa, 2003-
yilda ham uning salmog‘i kamayganligi kuzatildi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin