Oxirgi variant davrlarga bo`lingan


Xioniylar va kidariylar davlati



Yüklə 438,43 Kb.
səhifə52/187
tarix09.05.2022
ölçüsü438,43 Kb.
#56944
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   187
Oxirgi variant davrlarga bo`lingan

Xioniylar va kidariylar davlati.

Xioniylar IV asr o'rtalarida O'rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko'chmanchi Xion nomli qabilalarning hujumi bosh-lanadi. Xioniylar 353-yilda o'z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug'dga bostirib kiradilar. So'ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to'qnashadilar. Dast-labki janglardayoq sosoniylar shohi ShopurII(309-379) xioniylardan yengiladi. So'ngra o'zaro sulhga kelishilib, hatto ular o'rtasida ittiloqlik nikoh orqali yuzaga keladi. O'rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi.Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O'rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o'rnatildi. Sirdaryo bo'ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho'zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.

Toxarlar .V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko'chmanchi chorvador aholi — toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo'lib,Kidar ismli hukmdor ularga yo'lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g'arbiy va janubiy Sug'd yerlarini ishg'ol etib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o'z hukmronligini o'rnatganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan. V asrning 30-50-yillarida kidariylar bilan sosoniylar o'rtasida zid-diyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo'lib qolgan. Bu ikki davlat o'rtasida 456-yilda bo'lib o'tgan navbatdagi to'qnashuvda sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o'zini qayta o'nglab ololmaydi. Buning ustiga tez orada kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko'chmanchi chorvador aholi — eftallar bilan to'qnashadilar. Natijada, kidariylar O'rta Osiyoni tark etib, janubga — Shimoliy Hindistonga chekinadilar. U yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.


  1. Yüklə 438,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin