O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
 
7.3. SOVUN PISHIRISH 
 
Sovun tayyorlash jarayoni ikki bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqich retsepturaga 
kirgan yog‘ kislotalarining aralashmasini ishqor eritmasi bilan aralashtirib, yog‘ kislotalarining 
natriyli tuzi olinadi. Bu jarayonni sovun pishirish deb ataladi. 
Ikkinchi bosqich esa pishirilgan sovunga har xil ko‘shimchalar ko‘shish va unga tovar 
ko‘rinishini berish. Pishirilgan sovunga tovar ko‘rinishini berish quyidagi bosqichlardan tashkil 
topadi: pishirilgan sovunni sovitish, quritish, sovunni bo‘lakchalarga bo‘lish. Yashiklarga tayyor 
sovunlarni joylashtirish. 
Sovun neytral yog‘dan tayyorlansa sovunlash jarayoni o‘yuvchi natriy ishqori bilan olib 
beriladi. Agar sovun yog‘ kislotalarining aralashmasi asosida tayyorlansa, u vaqtda sovunlanish 
jarayoni oldin karbonat natriy yordamida olib beriladi va keyin natriy gidroksid yordamida davom 
ettiriladi. Sovun pishirish jarayonining tezligi shu jarayonning olib borishdagi haroratga, natriy 
ishqorining konsentratsiyasiga va sovun pishirish uskunasining bosimiga bog‘liqdir. Sovunlashda 
qo‘llanadigan natriy ishqorining konsentratsiyasi, sovunlanish jarayonining harorati va bosimi 
yuqori bo‘lsa, sovunlanish jarayoni tezlashadi va vaqt qisqaradi.
Reaktiv va asboblar: 25% li natriy gidroksid eritmasi, osh tuzi va fenolftalein eritmalari, 
chinni stakan, arlashtirgich, elektrisitgich.
Ishning bajarilishi. Sovun pishirish jarayonini boshlashdan oldin yog‘ kislota yoki neytral 
yog‘larni va natriy gidroksidi miqdorini hisoblab, olish kerak. Sovun pishirishni boshlash uchun 
retseptura buyicha mo‘ljallangan yog‘larni tortib olib, uni sovun tayyorlaydigan idishga solinadi va 
uni aralashtirib turib 70-80
o
C gacha qizdiriladi. Keyin hisoblangan miqdordagi ishqor eritmasidan
asta sekin, oz-ozdan qo‘shib meshalka harakatini minutiga 50-60 aylanishga yetkaziladi. Sovun 
pishirish jarayonini olib borish vaqtida har bir soatda ishqor qoldig‘i tekshirilib turiladi. Reaksion 
idishdagi ishqor qoldig‘ini tekshirish uchun pishirilayotgan sovundan olib, uning yuzasiga 1 tomchi 
fenolftalein tomizgan vaqtimizda pushti rang bermasa, u vaqtda sovun tarkibidagi ishqor miqdori 
0,1% dan kam bo‘ladi, agar ishqor miqdori 0,1% dan ko‘proq bo‘lsa, pushti rang beradi. Agar 
sovun tarkibidagi ishqor miqdori 0,3% ni tashkil qilsa, u vaqtda tiniq qizil rang beradi. Agar sovun 
pishirish jarayoni shundan keyin 15 min davom ettirilsa unga yana fenolftalein tomizgan vaqtimizda 
sovun tarkibidagi ishqor miqdori o‘zgarmasa, bu sovun pishirish jarayonini oxiriga yetkanligidan 
dalolat beradi. Sovun pishirishni olib borayotgan vaqtimizda, kuchli quyilish sodir bo‘lsa, sovun 
tarkibiga 20% li osh tuzi eritmasidan sovun massasiga nisbatan 0,5% miqdorida qo‘shiladi. Sovun 
pishirish 100-105
o
C da 6-8 soat davom etadi. Sovun pishirish tugagandan keyin uning tarkibidagi 
yog‘ kislotalarining va ozod ishqor eritmasining miqdori aniqlanadi.


 164

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin