27
Neytralizatsiya harorati 90-95
0
S (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi
40-45 g/l. Tuzli eritmaning miqdori yog‘ning kislota soniga bog‘liq va eritmadagi sovun
konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator unumdorligini
oshiradi va soapstokdagi yog‘ miqdorini kamaytiradi.
Uzluksiz usul.
Neytral yog‘-soapstok fazalarini markazdan qochma kuch maydonida
ajratish eng samarali va istiqbolli usul hisoblanadi. Bunda neytralizatsiya maxsus
aralashtirgichlarda, fazalarga ajratish esa separatorlarda amalga oshiriladi. Bu usul bilan ishlovchi
quyidagi qurilmalar mavjud: A1-JRN, “Alfa-Laval”, “Vestfaliya”, “Djanatssa”, “Sharples”. Bu
qurilmalar bir-biridan unumdorligi va ishlatilayotgan separatorlar bilan farq qiladi. MDHda A1-
JRN va “Alfa-Laval” qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ularda ishqor konsentratsiyasi va uni
ortiqcha miqdori yog‘ni turiga va kislota soniga qarab tanlab olinadi (4.5-jadval). Bu qurilmalarda
foydalanilayotgan ishqor eritmasini konsentratsiyasi nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, yog‘
bilan ishqor orasidagi kontakt juda qisqa muddatli bo‘lganligi uchun, neytral yog‘ni sovunlanishi
ko‘p emas.
Neytrallash harorati 85-90
0
S, soapstokni yog‘liligi 15-25%, soapstokdagi neytral yog‘
bilan yog‘ kislotani nisbati 1:2,5 dan ortiq emas, yog‘dagi srvunni qoldig‘i 0,1% dan ortiq emas.
Neytrallash koeffitsienti gidratlangan yog‘lar uchun 1,4 va salomas uchun 1,5 ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: