38
6-MA’RUZA
YOG‘LARNI DEZODORATSIYALASH
Reja: Dezodoratsiya jarayonining maqsadi va mohiyati. Dezodoratsiyani texnologik
sharoitlari. Davriy usulda dezodoratsiyalash texnologik sxemasi. A1-MND liniyasida uzluksiz
dezodoratsiyalash texnologik sxemasi. Ishqorsiz rafinatsiya. Rafinatsiyada yog‘ni yo‘qotilishi va
chiqindilarni me’yorlash. Rafinatsiyaning har bir bosqichida yog‘ chiqindilari miqdorini aniqlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
dezodoratsiya, uchuvchan moddalar, aromatik moddalar,
vakuum, bug‘ bosimi, deaeratsiya, bug‘ejektor, limon kislotasi
Rafinatsiya jarayonining oxirgi bosqichi dezodoratsiyalash (hidsizlanti-rish) dir,
uning
maqsadi -–yog‘dagi noxush ta’m va hidni yo‘kotish hisoblanadi.
Bu ta’m va hidni yog‘da murakkab moddalar aralashmasi hosil qiladi. Bu moddalarga
erkin yog‘ kislotalari, quyimolekulali yog‘ kislotalari (kapril, kapron va h.k.), alifatik
uglevodorodlar, tabiiy efir moylari, aldegidlar, ketonlar, oksi-kislotalar va h.k. kiradi.
Hidsizlantirish vaqtida zaharli silikatlar ham yo‘qotiladi.
Hidsizlantirish jarayonining mohiyati. Dezodoratsiya suyuqliklarni haydash (distillyasiya)
usullaridan biri hisoblanadi. Hidsizlantirish jarayo-ni uch bosqichdan iborat: suyuqlik qatlamidagi
hid beruvchi moddalarni bug‘lanish qatlamiga o‘tishi; hid beruvchi moddalarning bug‘lanishi;
bug‘lanish qatlamidan bug‘langan moddalar molekulalarini yo‘qotish.
Uchuvchan moddalar sifat va miqdor jihatdan har xil tarkibli moddalarning murakkab
kompleksidan tashkil topgan. Ular triglitseridlarga nisbatan ko‘proq bug‘ elastikligiga ega, ya’ni
uchuvchanlik hosil qiladi. Hidsizlantirish samaradorligi hid beruvchi moddalar tarkibiga,
uchuvchanligiga va jarayon haroratiga bog‘liq.
Haroratning ko‘tarilishi bilan hid beruvchi moddalarning uchuvchanligi va bug‘larning
tarangligi oshadi. Agar harorat juda yuqori bo‘lsa, bu hol yog‘larning polimerizatsiyasi va
oksidlanishiga olib keladi. Harorat 250
0
C dan oshsa, yog‘larni termik parchalanishi
kuchayadi va
yog‘larni yo‘qotish ortadi.
Aromatik moddalarni haydashda haroratni pasaytirish uchun hidsizlantirish jarayoni
vakuum ostida, ochiq bug‘ ta’sirida olib boriladi.
Iste’mol qilishga mo‘ljallangan yog‘larni sifati dezodoratsiya jarayonini to‘liq va
kamchiliksiz olib borishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dezodoratsiya yog‘larni tozalashdagi
asosiy jarayonlardan biridir. Yog‘larni dezodoratsiya qilishdan maqsad, yog‘larni hid va ta’m
beruvchi moddalardan tozalashdir. Bu moddalar moylarda yaxshi eriydi, hamda yuqori molekulyar
massaga va past bug‘ bosimiga egadir. Uchuvchan moddalarning bug‘ bosimlari yog‘
kislotalarining bug‘ bosimiga yaqin bo‘ladi. Uchuvchan moddalarning va erkin yog‘ kislotalarining
miqdori kamligi va bug‘ bosimini pastligi uchun ularning eritmalari ideal eritmalar xisoblanib
ularning bug‘ fazasi Dalton konuniga bo‘ysunadi.
Dezodoratsiyaning muhim belgisi bo‘lib, berilayotgan ochiq bug‘ va dezodoratsiya vaqti
hisoblanadi. Bu omillar o‘z navbatida dezodoratordagi bosimga, dezodoratsiyalanayotgan moyning
miqdoriga, hamda hid beruvchi moddalarning boshlang‘ich va oxirgi konsentratsiyalariga bog‘liq.
Ochiq bug‘ qurilmaga barbatyor, aralashtirgich va boshqa bug‘ taqsimlagich moslamalar orqali
beriladi. Bu suyuqlikni intensiv aralashtirishni ta’minlaydi, o‘ta qizib ketishni kamaytiradi.
Mayda
pufakcha ko‘rinishida haydalgan bug‘ yog‘ bilan bug‘ yog‘li ko‘pik holidagi aralashma hosil qiladi.
Shu sababli hidli moddalar yog‘ tomchisidan uning yuzasiga diffuziyalanadi va suv bilan
aralashadi. Natijada dezodoratsiya jarayoni tezlashadi va osonlashadi. Ko‘pgina dezodoratorlarda
hidli moddalarni yo‘qotish jarayoni plyonkali qatlamda olib boriladi. Dezodoratsiyada bosimni
kamayishi bilan hid beruvchi moddalarning qaynash harorati va ochiq bug‘ sarfi kamayadi. Chuqur
vakuum otilib chiqayotgan bug‘ pufakchalarini maydalanish imkonini beradi; bunda pufakcha
ishchi yuzasining oshishi bilan uning hajmi kengayadi. Natijada bug‘lanish koeffitsienti oshadi.
Vakuum dezodoratsiyalash davomiyligiga, yog‘ sifatiga va bug‘ sarfiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tayyor mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan boshqa omillardan biri dezodoratsiya jarayonining borish
39
sharoiti va qurilmani konstruksiyasi hisoblanadi. Har bir moy va yog‘ turi uchun alohida optimal
dezodoratsiyalash harorati mavjud. Bu narsa hid beruvchi moddalar tarkibiga bog‘liq. Tarkibida
past molekulyar massali hid beruvchi moddalar bo‘lgan kokos, palma yadro va shunga o‘xshash
moylarni haydash harorati kungaboqar moyi, salomas va boshqa yog‘larnikiga
nisbatan past
bo‘ladi.
Dezodoratorlar albatta izolyasiyalangan bo‘lishi kerak, chunki hid beruvchi moddalar
bug‘lari kondensatsiyalanmasligi va dezodoratsiyalangan moyga qaytmasligi kerak. Yog‘larni
oksidlanishini kamaytirish uchun dastlab yuqori bo‘lmagan haroratda deaeratsiya qilinadi.
Dezodoratsiyalangan yog‘ni barqarorligini oshirish uchun unga anti- oksidantlar yoki
sinergistlar, asosan limon kislotasi qo‘shiladi. Ular metallarni aktivligini kamaytiradi va katalizator
kabi oksidlashini oldini oladi.
Ba’zi xollarda hid va ta’mni yog‘da qaytadan paydo bo‘lishi kuzatiladi. Agar
dezodoratsiya jarayoni texnologik rejimga to‘la rioya qilgan holda olib borilsa, hid va ta’mni
qaytadan paydo bo‘lishi yuz bermaydi. Barcha sharoitlar to‘g‘ri olib borilganda
dezodoratsiyalangan yog‘ benuqson organoleptik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi.
Yog‘lardagi individual uchuvchan moddalarning va erkin yog‘ kislotalarining miqdori aniq
bo‘lmaganligi uchun hisoblashda, suyuqlik fazasi (yog‘) ikkita komponentdan tashkil topgan deb
qabul qilinadi, ya’ni uchglitserid va erkin stearin kislotasi. Shuning uchun stearin kislotaning
kamayishi bo‘yicha dezodoratsiya jarayoni nazorat qilinadi. Tajribaga qaraganda dezodoratsiya
qilingan yog‘da stearin kislotasini miqdori 0,02 % -gacha bo‘lsa, u holda yog‘ hidsizlangan
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: