portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
Paxta yog‘ini emulsiyali usulda uzluksiz rafinatsiyalashni texnologik sxemasi (11- rasm) . Rafinatsiya qilinmagan paxta yog‘i antranilat kislota bilan ishlangandan so‘ng (agar zarur
bo‘lsa) avtomat tarozilar (1) orqali baklarga (2) kelib tushadi. U yerda nasos (3) bilan ikkita trubkali
issiqlik almashinish apparatiga (4,5) yuboriladi:
Birinchi issiqlik almashinish apparatida (4) suv bilan sovutilsa, ikkinchisida esa (5) 25-
30
0
C gacha namokob bilan sovutiladi. Sovutilgan yog‘ reaktor-turbulizatorga (6) keladi.
Konsentrlangan ishqor eritmasi (34) bakdan (33) nasos bilan (32) filtr orqali (31) bakga
yuboriladi, bu bakga tuzsiz suv ham yuboriladi. Nasos-dozator (30) bilan namokobli (29) sovitgich
orqali ishqor eritmasi, (6) reaktor-turbulizatorga yuboriladi.
Hosil bo‘lgan aralashma (7) nasos bilan (8) isitgich (u yerda 65-70
0
C gacha soapstokning
qovushqoqligini kamaytirish uchun qizdiriladi) orqali fazalarga ajratish uchun (28) tindirgich-
ajratgich apparatiga keladi. Yog‘ uzluksiz ravishda (27) bakga quyilib turadi, u yerda qo‘shimcha
tindiriladi. (27) Bakda ajralgan soapstok, asosiy ajralgan soapstok bilan birga qayta ishlash uchun
yuboriladi. Agar kerak bo‘lsa, tindirgich-ajratgich apparatiga tushishdan oldin, aralashma suv bilan
(9) aralashtirgichda aralashtiriladi. Yog‘ (27) bakdan (26) nasos bilan uzluksiz ravishda yuvish
uchun, (25) isitkich orqali (85-90
0
C gacha qizdiriladi) pichoqli aralashtirgichga (10) yuboriladi va
bir vaqtning o‘zida suv ham beriladi. Aralashma (11) ajratgichda ajratiladi. Yog‘ (12) isitgich orqali
(13) nasos bilan ikkinchi marta yuvish uchun pichoqli aralashtirgichga yuborilib, (15) ajratgichda
ajratiladi. Ajratgichlardan chiqqan yuvilgan suv (23) yog‘-tutgichga keladi. Bu yerda ajralgan yog‘
(24) nasosbilan (2) bakga yuboriladi, suv esa (22) nasos bilan tozalash sistemasiga beriladi.Yog‘
(16) isitgichga kelib, keyin vakuum-quritish (19) apparatiga keladi. Quritishdan oldin yog‘ limon
kislotasi eritmasi bilan aralashtiriladi, u (17) bakda tayyorlanadi. Yog‘ vakuum-qurituvchi (19)
apparatdan (20) nasos bilan rafinatsiyalangan yog‘ uchun (21) bakga yuboriladi. Rafinatsiyalangan
paxta moyi 7-jalvalda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak.
.
32
11 – rasm. Paxta yog‘ini emulsiyali uzluksiz rafinatsiyalashni texnologik sxemasi