43
tashishdagi yo‘qotish, tabiiy yo‘qotishlar tufayli yuzaga keladi. Hom ashyo sarf me’yoriga yaroqsiz
mahsulotlar, shuningdek texnologik rejimdan chetlashishlar, me’yordan ko‘p bo‘lgan tabiiy
yo‘qotishlar, texnologik qurilma nosozligi tufayli hosil bo‘ladigan yo‘qotish va chiqindilar
kiritilmaydi.
Rafinatsiya sexida hom ashyoni ishlab chiqarish jarayoniga ishlatish uchun
qaytarilmaydigan qismi chiqindi hisoblanadi. Yo‘qotishlarga filtr matolarda qolgan yo‘qolishi,
qurilmaga yopishib qolgan, yerga to‘kilgan, suv va oqlovchi tuproqda qolgan, hamda dezodoratsiya
va quritishda hosil bo‘lgan pogonlardagi yog‘lar kiradi.
Rafinatsiyadagi chiqindilar miqdori yog‘ va moyni turi, sifati, qaysi maqsadda ishlatishga
mo‘ljallanganligi, sifati, rafinatsiyalash usuli va jarayon rejimiga bog‘liq. Shuningdek chiqindi va
yo‘qotishlar moyni gidratatsiya qilinishi yoki qilinmasligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Rafinatsiyaning har bir bosqichida yog‘ chiqindilari miqdorini aniqlash. Gidratlash.
Hisoblash gidratlangan va rafinatsiyalanmagan moy tarkibidagi fosfatidlar miqdoriga asoslanib olib
boriladi.
Moydagi fosfatidlarning miqdori F bilan gidratlashdagi chiqindilar gidratlanadigan moy
massasiga nisbatan foizlarda olingan chiqindi miqdori Mg orasidagi bog‘liqlik quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi.
CH
g
= K
g
· F.
bu yerda: K
g
-moydagi fosfatidlar miqdoridan chiqindi miqdorini necha marta kattaligini
ko‘rsatuvchi koeffitsient bo‘lib, qo‘llanilayotgan fosfatidlarni ajratish sxemasiga bog‘liq.
K
g
koeffitsienti fosfatidlar miqdoriga qarab yoki hisoblash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Fosfatid konsentrati olish bilan kungaboqar va soya moylarini gidratlashda belgilangan chiqindi
miqdori gidratlanmagan moy massasiga nisbatan foiz hisobida quyidagicha bo‘ladi. Separatorlarni
qo‘llash bilan gidratlash sxemasi uchun 1,7 F; tindirgichni qo‘llash bilan gidratlash sxemasi uchun
2 F ga teng. Bu yerda 1,7 va 2 sxemaga mos keluvchi K
g
koeffitsientlari.
Neytrallash.
Soapstokdagi yog‘ chiqindilarining rafinatsiyalanmagan moyga nisbatan
foizdagi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
CH
yo
= K · X
bu yerda: K-neytralash koeffitsienti; X-neytrallashga kelayotgan yog‘ning kislotaligi, %;
Yuvish.
Yuvindi suvdagi chiqindilar yig‘ilgan yog‘ deb nomlanuvchi yog‘ tutkichda ushlab
qolingan yog‘dan iborat. Bunday yog‘lar tarkibida emulsiyalovchi moddalar va boshqa
aralashmalar bo‘ladi. Ularni rafinatsiyalangan moyga qo‘shilsa, texnologik jarayonni buzilishiga va
chiqindining ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun bunday yog‘lar yig‘iladi va alohida
rafinatsiyalanadi; agar ular ko‘p bo‘lsa, ular uchun alohida chiqindi va yo‘qotishlar me’yori
belgilanadi.
Oqlash.
Chiqindilar ishlayotgan oqlovchi tuproqni moy sig‘imiga, miqdori va turiga, hamda
moyni filtrlash sharoitiga bog‘liq. Chiqindilar (% da) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
CH
0
= MA/100
bu yerda A-oqlovchi tuproq miqdori, oqlanadigan moy-massasiga nisbatan % da. M-
tuproqni moy sig‘imi (ishlatiladigan tuproqlar o‘rtacha moy sig‘imi 40% ni tashkil etadi).
CHo‘kmani mexanik usulda ajratib olish bilan ishlatiladigan filtrlarda cho‘kmani
yog‘sizlanishi kuzatilgani uchun chiqindi miqdori oqlashdagiga nisbatan ikki barobar kam bo‘ladi
CH
0
= MA/(2·100)
Dostları ilə paylaş: