41
Sovitgichda yog‘ suv yordamida sovitiladi va (6) nasos bilan dezodoratsiya qilingan
yog‘ga mo‘ljallangan bakka tushadi. Sistemada vakuum (7) ejektorlar bloki
yordamida hosil qilinadi. Dezodoratordan chiqayotgan bug‘-havo aralashmasi (3)
tomchi ushlagich dan o‘tib vakuum sistemasiga so‘rib olinadi. Tomchi (3)
ushlagichda ushlanib qolgan yog‘ tomchilari (2) tomchi to‘plagichda to‘planadi.
Ejektor sistemasining kondensatorlariga berilayotgan suv uzluksiz ravishda
barometrik quduq(8)qa tushib turadi.
Dezodoratsiya qilingan yog‘ni sifatini saqlab qolish uchun unga dezodoratsiya
jarayonida limon kislotasi eritmasi (20 %)li 1 t yog‘ uchun 0,6 l miqdorda qo‘shiladi.
Bu usulni unumdorligi kuniga 20-25 tonnani tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: