O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34
5-MA’RUZA 
ADSORBSIYALI RAFINATSIYA 
Reja:
Adsorbsiya jarayonining maqsadi va mohiyati. Oqlovchi tuproqlarga qo‘yiladigan 
talablar. Aktivlashtirilgan oqartiruvchi tuproqlar. Yog‘larni davriy usulda oqlashning texnologik 
sxemasi. Yog‘larni De-Smet firmasi qurilmasida uzluksiz oqlash texnologik sxemasi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
adsorbent, moyning rangi, pigmentlar, gossipol, karatinoitlar, 
aktivlangan tuproq 
Yog‘lar tarkibida pigmentlar bo‘lib, ular yog‘ni bo‘yaydi. Masalan: ksantofillar yog‘ga 
sariq rang beradi, V-karotin qizil, xlorofill – yashil; gossipol – jigarrang yoki qora rang beradi. 
Karatinoidlar ishqorga chidamli bo‘ladi, shuning uchun u ishqorli rafinatsiyada ajrab 
chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa neytralizatsiya vaqtida karotinoidlar 
soapstokga sorbsiyalanadi va yog‘ qisman oklanadi (tiniqlashadi). Karotinoidlar qattiq sorbent 
yuzasida aktiv sorbsiyalanadi. 
Xlorofillar karotinoidlardan farq qilib ishqor bilan reaksiyaga kirishib, birikma hosil qiladi. 
Biroq ishqorli rafinatsiyada to‘liq ajralib chiqmaydi. Kungaboqar yog‘ida karotinoid va xlorofillar 
bo‘lsa, paxta yog‘ida esa ular bilan bir qatorda gossipol ham mavjud. Tozalangan yog‘ va salomas 
tiniq rangda bo‘lishi kerak, bu margarin ishlab chiqarish uchun juda zarur omildir. Yog‘dan 
bo‘yovchi moddalarni yukotish uchun adsorbsiyali tozalash usuli qo‘llaniladi.
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari va atomlari 
yig‘ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida 
borib, ularni sirt yuza energiyasini kamaytiradi. Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan 
moddalarni tabiati va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: qutblanmagan (kam qutblangan) 
birikmalar qutblanmagan adsorbentlarda yaxshi sorsiyalanadi (ko‘mirda) va polyarlangan 
birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorsiyalanadi. Yog‘ va moylardagi hamma bo‘yovchi 
moddalarni tabiati va strukturasi (tuzilishi) har xil. Lekin ular har biri uziga xos qutblikka ega. 
Shuning uchun ham adsorbsiyali rafinatsiyada tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo‘lgan qutbli 
adsorbentlar ishlatiladi. Buning uchun aktivlangan oqlovchi tuproqlar ishlatiladi.Bu tuproqlar tabiiy 
bentonit tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi. 
Yog‘ni qayta ishlash sanoatidagi ishlatiladigan adsorbentlar yuqori adsorbsiyali sig‘imga 
va aktiv, rivojlangan yuzaga, yog‘ sig‘imi katta bo‘lmagan va yog‘ bilan ximiyaviy reaksiyaga 
kirishmasligi va yog‘dan oson ajralishi kerak. Yog‘ni qayta ishlash sanoatida MDXda ishlab 
chiqilgan aktivlangan tuproq-askanit ishlatiladi, uning yog‘ sig‘imi – 75 %. Sorbent miqdori 
yog‘dagi bo‘yovchi moddalar miqdoriga bog‘liq, u 0.5 dan 5 % oraligida bo‘ladi. Oqlash 
jarayonining samaradorligi oklangan yog‘ni rangi, ishlatilgan sorbent miqdori, yukotish va 
chiqindilar me’yoriga va oklangan yog‘ni chiqkan miqdoriga qarab aniqlanadi. Oqlash jarayonida 
aktivlangan tuproq ishlatilganda bir oz izomerizatsiya va bir
muncha glitseridlar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa oklangan yog‘ va moylarni saqlashda ularni 
sifati va saqlanish muddatini pasayishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xolatlar va yog‘ 
sig‘imini kattaligi iloji boricha oqlash uchun ishlatiladi aktivlangan tuproq miqdorini kamaytirishni 
talab qiladi. Oqlash vaqti 20-30 minutni tashqil qiladi. Adsorbent bilan yog‘ning uzoq muddat 
ushlab turish, uning oksidlanishiga olib keladi va yog‘ yer ta’mini oladi. 
Oqlash uchun gidratatsiya qilingan, neytralizatsiya qilingan, yuvilgan va quritilgan yog‘lar 
tavsiya etiladi. Oqlash jarayonida oksidlanishni kamaytirish maqsadida jarayon vakuum ostida olib 
boriladi. Oxirgi yillarda bizning mamlakatda va chet ellarda har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan 
cho‘kmani mexanik usulda tushiradigan germetik filtrlar o‘rnatilgan, uzluksiz oqlash usullar yo‘lga 
quyilmokda. 
Hamma usullar uchun oqlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
adsorbentning yog‘li suspenziyasini tayyorlash; 
-
deaeratsiya, oqlash jarayoni; 
-
adsorbentni filtr yordamida ajratib olish 


35
-
Oqlash jarayonida harorat 75-80 
0
C, oqlash apparatidagi qoldiq bosim 4 kPa (40 mm. 
sim. ust. atrofida) bo‘ladi. 
Oxirgi vaqtda MDXda va chet ellarda yog‘larni oqlashda turli apparatlar (De-Smet, Alfa-
Laval, Speshim, Okrim va x.k.) ishlatiladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin