30
8 – rasm. Davriy usulda rafinatsiyalashni texnologik
sxemasi
31
Neytrallangan moy tarkibidagi ortiqcha ishqor va sovun qoldiqlaridan tozalash uchun nasos
yordamida 8-vakuum yuvish quritish uskunasiga uzatiladi. Bu yerga 35-sig’imdan moy massasiga
nisbatan 8-10% miqdorda ikki marta suv beriladi va moy ikki yoki uch marta yuviladi. Yuvish
sovunga sifat tahlili salbiy natija bergandagina to’xtatiladi. Yuvish tugagandan
keyin moyni tindirib
suvni cho’ktiriladi so’ngra moy 90-95
˚
C haroratda 40-50 mm simob ustuni qoldiq bosim ostida
quritiladi. Quritilgan moy tarkibida 0,1% gacha namlik qolishiga ruxsat beriladi. Hosil bo’lgan
yuvindi suv 36-moy tutqichga uzatiladi, u yerda moy tutib qolinadi va ajralgan texnik moy 39-nasos
yordamida jarayonga qaytarib beriladi, suv esa tozalash tizimiga uzatiladi.
Yuvilgan moy tarkibidagi sovun qoldiqlari va ortiqcha ishqor
miqdori buyicha nazoratdan
o’tkazilgandan so’ng, nasos yordamida 9-oqlash apparatiga uzatiladi. Oqlash apparatiga moy
massasiga nisbatan 1-3% miqdorda, ba’zi hollarda 5% miqdorda oqlovchi tuproq bilan ishlov
beriladi. Oqlash apparatiga oqlovchi tuproq uskunada hosil qilingan vakuum yordamida 46-
sig’imdan so’rib olinadi. Oqlash apparatida vakuum 40-60 mm simob
ustuni qoldiq bosimida
quritiladi. Oqlash harorat 90-95
˚
C gacha yetkazilib, 30 min atrofida aylantirib turgan holda amalga
oshiriladi. Oqlash va yuvish quritish jarayonlari uchun vakuum 29-kondensator va 28-vakuum
nasoslar yordamida hosil qilinadi. Moy tarkibidagi rang beruvchi moddalarni o’ziga
adsorbsiyalagan oqlovchi tuproq 12- sig’imga ajratib olinadi, u yerdan
tarkibidagi moydan ajratish
maqsadida moyizlantirishga yuboriladi. Moy va oqlovchi tuproqli aralashma 12- nasos yordamida
14-filtrga beriladi. Filtrlangan moy standart talablariga javob bermasa jarayonga qaytariladi.
Vertikal filtrdan ajralgan oqlovchi tuproq 20-sig’im orqali moysizlantirilib so’ngra qayta ishlashga
beriladi. Moy polirovkali filtrlarda ikkinchi marta filtrlanib 20-sig’imga beriladi va u yerdan davriy
dezodaratorga xidsizlantirish maqsadida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: