28
Davriy yuvishda aralashtirgichli yuvish-quritish apparati qo‘llaniladi. Yog‘ 2-3 marta
yuviladi. Har bir yuvishdan so‘ng, yuvilgan suvni tindirish yo‘li bilan ajratib olinadi.
Uzluksiz usulda yuvishda esa kurakchali yoki pichoqli aralashtirgichlar ishlatiladi.
Fazalarga ajratish separatorlarda bajariladi.
Har bir yuvishda yog‘ga nisbatan 7-10 % suv sarf bo‘ladi. Suvni iqtisod qilish maqsadida
birinchi yuvishga ikkinchi yuvindi suvni, ikkinchi yuvishga esa kondensatni ishlatish tavsiya
qilinadi. Yuvilgan suvdagi yog‘lilik – birinchisida 1,5 %, ikkinchisida esa 0,05 % dan ortiq
bo‘lmasligi lozim.
Yog‘larni yuvishda chiqindi miqdori 0,2% ni, yo‘qotishlar ham 0,2% ni tashkil qiladi.
Limon kislotasi bilan ishlov berish
. Bunda yog‘dan sovun butunlay yo‘kotiladi. Limon
kislotasi sovunni parchalab temir va nikel ionlarini bog‘laydi.
CH
2
COOH CH
2
COONa
HO– C - COOH + 2RCOONa HO-C – COOH + 2RCOOH
CH
2
COOH CH
2
COONa
Limon kislotasi Na limon nordon tuzi
Limon kislotasining tuzi quruq yog‘da erimaydi va uni filtrlash orqali yo‘qotiladi.
Tarkibida sovun miqdori 0,01-0,02% bo‘lgan yog‘larni limon kislotasi bilan ishlangani uchun
yog‘ni kislota soni bir oz oshadi xolos. 1 t yog‘ uchun 10 % li limon kislotasi eritmasidan 90-95
0
C
da 30-50 g beriladi, keyin yog‘ quritiladi. Limon kislotasi bilan ishlov berilganda chiqindi
bo‘lmaydi, yo‘qotish 0,02 % ga teng bo‘ladi.
Quritish – neytrallash jarayonining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Quritish 90-95
0
C da
vakuum ostida (qoldiq bosim 40-50mm sim.ust.) olib boriladi. Bunda namlik bug‘lanib havoga
chiqib ketadi. Quritish davriy va uzluksiz usulda olib boriladi. Davriy usulda – yuvish-quritish
apparatidan, uzluksiz usulda – vakuum-quritish apparatidan foydalaniladi.
Moyga fosfat kislotasi bilan ishlov berish. Yuvuvchi suv miqdorini, yog‘ chiqindilarini
kamaytirish va limon kislotasini tejash maqsadida neytrallangan moydagi sovun qoldig‘ini
yo‘qotish uchun fosfat kislotasidan foydalaniladi. Almashinish reaksiyasi natijasida natriyli sovun
erkin yog‘ kislotalarigacha parchalanadi. Ishlov berishni separatorli liniyalarda olib borish mumkin.
Buning uchun konsentrlangan fosfat kislotasi issiq suv bilan birinchi yuvishda moy massasiga
nisbatan 10% miqdorida qo‘shib beriladi. Bunda 0,05-0,1% li fosfat kislotasining suvli eritmasi
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan natriy fosfat tuzi yuvindi suv bilan birga ajraladi. Ilmiy izlanishlar
natijasini ko‘rsatishga fosfat kislotasidan foydalanib, separatsiyali qurilmalarda neytrallangan
moyni bir marta yuvish mumkin. Sovun qoldig‘ini yo‘qotishning bu usuli shunday neytrallangan
moyga qo‘llash mumkinki, bunda sovun parchalangandan keyin moyning kislota soni me’yordan
oshib ketmasligi kerak.
Yog‘lar rafinatsiyasining sxemasi. Yog‘larni rafinatsiya qilish uchun davriy va uzluksiz
sxemalar qo‘llaniladi. Uzluksiz sxemalarda separatorlarda ajratish va sovun-ishqor muhitida
rafinatsiya qilish sxemasi keng miqyosda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: