25
1
1
a
И
g
у
ρ
⋅
=
; kg/ m
ρ
1
– ishchi eritmani zichligi, kg/l
Hajmga nisbatan
1
2
a
И
V
у
=
; l/m
a
1
– ishchi eritmani konsentratsiyasi, kg/l
Ishqorning ishchi eritmasini tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori:
V = V
2
-V
1
, l/t
Ishqorli rafinatsiya mexanizmi.
A.A. Shmidt tomchi usulini qo‘llab rafinatsiya jarayonini
to‘liq tekshirgan. Bu usul, ishqor tomchisi yog‘ qatlamiga tushganda,
uning harakatini kuzatishga
asoslangan.
Ishqor eritmasi tomchisi yog‘ga tushganda, erkin yog‘ kislotalari bilan reaksiyaga
kirishishi hisobiga yog‘ yuzasida sovunli parda hosil bo‘ladi. Yog‘ning qarshiligi ta’sirida sovunli
parda oldiniga tomchi harakatiga qarama-qarshi tomonga suriladi, keyin esa tomchidan ajralib
chiqadi va shu vaqtda xaltacha hosil bo‘ladi, bu xaltachani ichida ishqor va yog‘ bor. Bu ishqor
yog‘ni sovunlaydi. Ishqor tomchisini surilishiga qarab yangi parda hosil bo‘ladi. Bu jarayon
hamma ishqor sarf bo‘lguncha yoki ishqor tomchisi apparat tubiga tushguncha davom etadi.
Sovunli
parda fosfatidlar, bo‘yovchi moddalar va neytral yog‘ni ma’lum miqdorini biriktirib oladi.
Sovun qatlami orqali harakatda sovunli pardalar birlashib, parcha hosil qiladi. Bu parchalar apparat
tubiga tushib, soapstokni tashkil qiladi. Shunday qilib, soapstok tarkibida: sovun, neytral yog‘,
aralashmalar, ma’lum miqdorda ishqor, suv, hamroh moddalar bor. Rafinatsiya jarayonining borishi
va soapstok strukturasining tuzilishi yog‘ning haroratiga, ishqor, konsentratsiyasiga va jarayon
sharoitiga bog‘liq.
Rafinatsiya jarayoniga turli omillarning ta’siri.
Harorat.
Harorat ko‘tarilishi
bilan
rafinatsiya tezligi oshadi va shu bilan birga neytral yog‘ning sovunlanishi ham ortadi. Jarayonning
harorati ishqor eritmasi konsentratsiyasiga bog‘liq. Ishqor konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa,
jarayon harorati shuncha past bo‘lishi kerak. Odatda harorat 20-25
0
C (paxta yog‘i uchun) va 80-85
0
C ( kungaboqar yog‘i uchun) oralig‘ida bo‘ladi.
Ishqor konsentratsiyasi:
Ishqor konsentratsiyasini oshishi bilan neytralizatsiya tezligi va
neytral yog‘ning sovunlanishi ham oshadi. Yuqori konsentratsiyali ishqor bo‘yovchi moddalarga
ta’sir etib, uning ajralishiga yordam beradi. Ishqor konsentratsiyasi yog‘ turi va kislota soniga
bog‘liq. Kerakli ishqor konsentratsiyasi odatda tajriba orqali aniqlanadi, chunki tozalangan
yog‘ning chiqishi (unumi) va uning sifati ishqor eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq.
Aralashtirish:
Bu omil ishqor konsentratsiyasiga va kontakt vaqtiga bog‘liq. Ishqorning
yuqori konsentratsiyasida kontakt vaqti qisqa bo‘lib, juda tez aralashtiriladi.
Konsentrlangan
eritmalar bilan ishlash vaqtida intensiv aralashtirish, jarayonni tezlatib, neytral yog‘ni
sovunlanishini kamaytiradi. Ishqorning mayda tomchilari yog‘ kislotalari bilan katta kontakt
yuzasiga ega va hosil bo‘lgan sovunli pardaga esa bo‘yovchi moddalar adsorbsiyalanib, yog‘ rangi
tiniqlashadi.
Dostları ilə paylaş: