Gidratatsiya texnologiyasi. Gidratatsiya texnologiyasi quyidagi etaplardan iborat:
1.
Yog‘ning gidratatsiyalanuvchi agent bilan aralashtirish.
2.
Fosfatidlarning koagulyasiya jarayonini borishi uchun yog‘-suv aralashmasini ushlab
turish.
3.
Gidratlangan yog‘ va fosfatid emulsiya fazalarini ajratish.
4.
Yog‘ni quritish, fosfatid emulsiyalarini quritish va fosfatid konsentratini olish va
qadoqlash.
Gidratatsiyalovchi agent miqdori, fosfatidning miqdori, uning tarkibi, strukturasiga bog‘liq
va u 0,5 % dan 6 % gacha o‘zgaradi. Suvning kamligi tugallanmagan gidratatsiyaga olib kelsa,
suvning ko‘pligi esa emulsiya hosil qiladi. Gidratatsiya jarayonida yog‘ning kislota soni 0,4-0.5 mg
KOH (nordon fosfatidlarning ajralish xisobiga) kamayadi, fosfatidlar bilan bir katorda oqsillar va
shilimshiq moddalar ham ajraladi.
Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlarga fosfat va polifosfat kislotalari, fosfatidilserinlar va
ularning (Ca
2+
,Mg
2+
,Na
+
) metallari bilan tuzlari kiradi. Shu bilan birga fosfatid, polifosfatid
kislotalarining sterollar va alifatik spirtlar bilan birikmalari ham kiradi. Gidratatsiyalanmaydigan
fosfatidlarning qutblanishi gidratatsiya-lanadigan fosfatidlarni qutblanishiga qaraganda past bo‘ladi.
Gidratlanmaydigan fosfatidlarni chiqarib tashlash. Gidratatsiya jarayonidan so‘ng
yog‘da 0,1-0,2 % fosfatidlar qoladi. Gidratatsiyalanmagan fosfatidlarni yo‘qotish uchun
gidratatsiyalangan yog‘ni konsentrlangan fosfor kislotasi bilan ishlanadi (yog‘ og‘irligiga nisbatan
0,05-0,2 % miqdorda olinadi. Suv miqdori: kungaboqar 0,5-3 %
paxta yog‘i 5 % gacha
loviya yog‘i 6 % gacha
Gidratatsiya usullari. Turli gidratlash sxemalarda uzluksiz dozalash va gidratlash agentni
va yog‘ni aralashtirishda reaktor-turbulizatorlardan foydalaniladi.
5 – rasm. Reaktor-turbulizatorning tuzilishi
1 – Reaktorning korpusi, 2 - soplo, 3 – reagent (suv, ishqor) berish patrubkasi 4 - qabul qiluvchi
kamera, 5 - aralashtirish kamera, 6 – Turbulent-injektorli diffuzor, 7 – Perforatsiyalangan truba, 8-
aralashma chiqish patrubka, 9-moy kirituvchi shtutser
Yog‘ - fosfatid emulsiyalarini fazalarga ajratish uchun separatorlar yoki tarelkali
tindirgichlar qo‘laniladi.
Rafinatsiya qilinmagan moy (1) avtomatik tarozida tortilib, (2) bakga kelib tushadi va (3)
filtrlar, (4) nasos, (5) issiqlik almashgichda 45-50
0
S gacha isitilib, (6) rotametr orqali (8)
aralashtirgichga beriladi. Suv (7) sath stabilizatori, (6) rotametr orqali (8) aralashtirgichga keladi.
Moy va fosfatid emulsiyasi aralashmasi (9) ekspozitorda 30 min davomida ushlab turiladi, so‘ngra
bu yerda 13 ayl/min tezlikda aralashtiriladi, koagulyasiya jarayoni ketadi va fosfatidlar parchasi
kattalashib boradi, keyin esa moy va fosfatid emulsiyasi (10) tarelkali tindirgich-ajratgichda
ajratiladi. Fosfatid fraksiyasi (11) bakga yig‘iladi gidratatsiyalangan moy esa boshqa (13) bakga
kelib tushadi. U yerdan (14) nasos yordamida rafinatsiyaning keyingi bosqichlariga yuboriladi.
Fosfatid emulsiyasi (12) nasos yordamida fosfatid konsentratini quritishga yuboriladi.