Takrorlash uchun savollar
1.
Moylarni rafinatsiyalashning zarurligi.
2.
Rafinatsiya usullari
3.
Rafinatsiya qilingan yog‘ga qo‘yiladigan talablar.
3-MA’RUZA
MOYLARNI GIDRATLASH
Reja:
O‘simliklar tarkibidagi fosfolipidlar va ularning xususiyatlari. Gidratatsiya jarayoni
mohiyati. Gidratatsiya texnologiyasi. Gidratlanmaydigan fosfolipidlarni chiqarib tashlash.
Gidratatsiya usullari. Gidratlangan moyni quritish. Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish.
Tayanch so‘z va iboralar:
gidratlash, fosfatid konsentrati, gidratlovchi agentlar, yog‘
fosfatid emulsiyasi
Gidratlash jarayoni moylardan fosfatidlarni ajratib olish maqsadida olib boriladi. Gritseridlar
tarkibidagi hamroh moddalardan eng qimmatli tarqalgani fosfolipidlar guruhi hisoblanadi. Ular
moyli urug‘larda yog‘siz fazada erkin yoki oqsil va uglevodlar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi.
Rafinatsiya qilinmagan yog‘ni olish usuli va rejimiga bog‘liq holda moyli homashyodan
fosfatidlarni 20% dan 90% gacha ajratib olinadi.
Quyidagi jadvalda moyli urug‘ va yog‘lar tarkibidagi fosfatidlar miqdori ko‘rsatilgan.
3 – jadval
Moy
Fosfatidlar miqdori, % da stearooletsitin
urug‘larda
moylarda
Soya
1,0 – 2,5
forpress
-
1,00 – 1,50
ekstraksion
-
forpress kunjarasida -
1,5 – 3,0
hom yanchilmada
-
2,0 – 4,5
Kungaboqar
0,3 – 0,5
forpress
-
0,30 – 0,70
ekstraksion
-
0,90 – 1,20
Paxta
0,8 – 1,0
forpress
-
1,06 – 1,63
ekstraksion
-
1,43 – 2,84
Fosfolipidlarga glitserofosfatidlar, izonitfosfatidlar, sfingomielin-lar kiradi. O‘simlik moylarida
glitserofosfatidlar bo‘lib, ular quyidagi formulaga ega:
|