portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
TINDIRISH, SENTRAFUGALASH, FILTRLASH, Tindirish. Tindirish suyuq muhitda zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida tabiiy cho‘kish
jarayonidir.
Shartli ravishda sharsimon zarrachalarning cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan
aniqlanadi:
υ
=d
2
g (p
1
-
ρ
)/18
µ
bu yerda:
υ
- cho‘kish tezligi, m/c;
d - zarracha diametri, m;
g - og‘irlik kuchning tezlanishi (9,81 m/c
2
);
p
1
- qattiq zarrachalar zichligi kg/m
3
;
ρ
- yog‘ zichligi, kg/m
3
;
µ - yog‘ning dinamik qovushqoqligi Pa·c.
Cho‘kish tezligini oshirish uchun cho‘kish jarayonini yuqori haroratda olib borish kerak.
Cho‘ktirish jarayoni yog‘ning birlamchi tozalashda muallaq va koagulyasiyalangan moddalarni
cho‘ktirishda foydalaniladi. Tindirish jarayonini tezlishtirish uchun uzluksiz ishlovchi
tindirgichg‘ajratgich uskunasida zarrachalar yupqa qatlamda cho‘ktiriladi.
Uzluksiz ishlovchi tarelkali tindirgich-ajratgichning tuzilishi va ishlash prinsipi
quyidagicha:
Vertikal holatdagi silindrik ko‘rinishdagi qopqoqli va tag qismi konussimon uskuna bo‘lib,
uning ichki bo‘shlig‘ida bir necha konussimon tarelkalar joylashgan, ular tindirgich-ajratgichning
ichki qismini bir necha (a va b) kameralarga bo‘ladi. Har bir kamera tepa va past qismidan tarelka 1
bilan chegaralangan va alohida mustaqil tindirgich-ajratgich sifatida ishlaydi. Tarelkalar soni
uskunaning ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq. Tarelkalar samarali ishlashi uchun ular 35-40
°
burchak ostida joylashtirilgan. Tarelkalarda yog‘ qatlami balandligi 30-50mm ga teng bo‘ladi.
Suspenziya uzluksiz ravishda o‘rtada joylashgan quvur, tirqish orqali kamera b ga beriladi. Yog‘
tindirish kamera b da xarakatlanib, yuqoridagi tarelkaning chet qismini egib a kameragao‘tadi.
Og‘ir fazaning harakatlanishi tezligi pastligi sababli, tarelkaning yuza qismiga yig‘iladi va sirg‘alib
tushib tindirgichning pastki qismiga yig‘iladi. Tindirilgan yog‘ kameraning yuqori tarelkasi past
qismida joylashgan teshik orqali har bir kamera uchun alohida bo‘lgan uzatish trubasi orqali
chiqariladi.
Hamma uzatish trubalari umumiy kollektorga birlashtirilgan. Har bir uzatish
truba kameradan oqib chiqayotgan yog‘ni kuzatish uchun ko‘rish oynasi o‘rnatilgan.
Tindirish jarayoni moylarni birlamchi tozalashda mualloq va
koagulyasiyalangan moddalardan cho‘ktirishda foydalaniladi.
Davriy rafinayiyada tindirish yordamchi operatsiya sifatida foydalaniladi.
Tindirish jarayonni tezlashtirish uchun uzluksiz ishlovchi tindirgich-ajratgich
uskunasida bo‘lakchalar yupqa qatlamda cho‘ktiriladi.
Biron bir kameradan loyqa yog‘ chiqishi kuzatilsa, shu zahoti to‘xtatiladi yoki
chiqayotgan yog‘ miqdori o‘zgartiladi. Demak, kamerada harakatlanish tezligi
o‘zgartiriladi. Cho‘kma davriy yoki uzluksiz ravishda uskunaning past qismida
joylashgan patrubok orqali tozalanadi.
14
1 – rasm. Uzluksiz ishlovchi tarelkali tindirgich - ajratgich ishlash sxemasi