11
2-guruh
Buzilish ya’ni oksidlanish mahsulotlari (oksibirikmalar, aldegidlar, keton past molekulali
yog‘ kislotalari v. x. k). Glitsiridlarning termik va gidrolitik o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar
va hamroh moddalar.(yog‘ kislotalar, polimerizatsiya mahsulotlari v. x. k).
1 –
jadval
Ayrim yog‘lardagi hamroh moddalar miqdori.
Yog‘lar
Tokoferollar,
mg %
Sterinlar
%
Sovunlan
maydigan
moddalar %
Fosfatidlar
%
Kungaboqar
70 yaqin
0,5-0,91
0,5-0,9
0,2-1,4
Paxta 80-100
0,31 0,5-1,5 1,12-2,55
Loviya (eks-ya)
90-180
—
0,2-0,3 1,9-4,5
Indov 50
yaqin
0,35 0,2-1,0 1,15-1,28
Aralashmalar va hamroh moddalar yog‘ rangi, hidi va ta’mini buzib, uni xiralashtiradi.
Rafinatsiya vaqtida bu aralashmalar va hamroh moddalar yuqotiladi, shuning uchun bu
yog‘larni oziq-ovqat uchun ishlatish mumkin.
Takrorlash uchun savollar
:
1.
Oziq - ovqat sanoatida yog‘- moy sanoatining o‘rni va roli.
2.
Yog‘ - moy sanoatining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi.
3.
Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi.
4.
O‘simlik moylarining tarkibi.
5. Fanni o‘qitishdan maqsad.
6. Mazkur fanni o‘zlashtirish uchun zarur fanlar
7. O‘zbekistondagi yog‘ - moy korxonalari haqida ma’lumot
8. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasini bosqichlari
9. Yog‘larni qayta ishlash sanoatining xom ashyosi
10. Yog‘lardagi aralashmalar
2-MA’RUZA
YOG‘LARNI RAFINATSIYASI
Reja:
Yog‘ va moylarni rafinatsiyalashdan maqsad va uning axamiyati. Jarayonlarning
sinflanishi. Gidromexanik, fizik-kimyoviy va massa almashinish. Rafinatsiya usulari. Tindirish.
Sentrafugalash. Filtrlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
rafinatsiya, tozalanmagan forpress moyi, cho‘ktirish,
tindirish,
sentrafugalash, filtrlash, cho‘kish tezligi
Rafinatsiya deb yog‘larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash jarayoniga aytiladi.
Oziq-ovqat sanoati yog‘ va moylarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish uchun, margarin
maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan yog‘lar, sovun, glitserin, yog‘
kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to‘liq sikli
fosfolipidlarni, mumsimon moddalarni, erkin yog‘ kislotalarini, bo‘yovchi va hid beruvchi
moddalarni ajratib olishni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo‘llaniladi, bu usullarning
asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati yotadi. Bunga
asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali gidratatsiya qilib ajratib olish,
erkin yog‘ kislotalarini yog‘larni natriy tuzlari ko‘rinishida ajratish, rangli
moddalar-pigmentlarni
sorbentlar yordamida, hid va ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida
12
sanab o‘tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, gidratatsiya
paytida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalarning, neytralizatsiya vaqtida esa, yog‘lar rangini
ma’lum miqdorda kamayishini ko‘rsatish mumkin.
Yog‘larning tarkibi asosida va yog‘larni keyinchalik qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab,
rafinatsiyaning kerakli usullari tanlanadi. Agar yog‘lar oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa,
mavjud Davlat standartlariga asosan yog‘lar to‘liq rafinatsiyalanadi va dezodoratsiyalanadi.
Gidrogenlangan yog‘lar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moylar esa dezodoratsiya
qilinmaydi.
Har bir yog‘ turini rafinatsiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning o‘ziga hos
xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinatsiya jarayoniga quyidagi talablar qo‘yiladi. Yog‘ning
glitserid qismini to‘laligicha o‘zgarmagan holda qoldirish, iste’molga yaroqliligini saqlab qolish,
yo‘qotishlarni va chiqindilarni kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni
rafinatsiya jarayonini olib borishdagi eng maqbul
sharoit katta ahamiyatga ega, ya’ni natriy
gidroksidning miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati,
aralashtirish tezligi va boshqalar.
Jarayonlarning sinflanishi va rafinatsiya usullari:
Yog‘ning tarkibi, sifati va
qo‘llanilishiga qarab turli rafinatsiya usullari ishlatiladi.
Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta’siriga qarab, ular 3
guruhga bo‘linadi.
1.Gidromexanik (fizikaviy)
2.Fizik-kimyoviy (kimyoviy)
3. Massa almashuvchi (fiz-kimyoviy).
2 – jadval
Rafinatsiya usullari klassifikatsiyasi
Jarayonlar Rafinatsiya
usullari
Asosiy
maqsad
Gidromexanik Tindirish,
Sentrafugalash,
Filtrlash
Suspenziyalarni yoki aralashmaydigan
suyuqliklarni ajratish
Fizik-kimyoviy
Gidratlash
Fosfatidlar va boshqa gidrofill moddalarni ajratish
Muzlatish Yuqori
haroratda
eruvchi moddalarni ajratish
Neytrallash
Erkin yog‘
kislotalarni olib tashlash
Yuvish
Sovun va suvda eruvchi moddalardan tozalash
Quritish
Namligini chiqarib yuborish
Massa
almashuvi
Oqartirish
Rang beruvchi moddlar, pigmentlardan hamda
sovun qoldiqlarini yo‘qotish
Dezodoratsiya Hid
beruvchi
moddalarni xaydab chiqarish
Distilyasion rafinatsiya
(ishqorsiz)
Erkin yog‘ kislotalari va hid beruvchi moddalarni
chiqarib yuborish
Gidromexanik jarayonlarga quyidagi rafinatsiya usullari kiradi: tindirish, sentrifugalash,
filtrlash.
Fizik-kimyoviy jarayonlarga esa: gidratatsiya, sovutish, neytrallash, yuvish,
quritish
usullari kiradi.
Massa almashuvchi jarayonlarga: oqlash, dezodoratsiyalash, distillyasiyali rafinatsiya
(ishqorsiz) usullari kiradi.
Biroq, yuqorida berilgan rafinatsiya usullarining sinflanishi shartlidir. Hamma
aralashmalarni 1 ta usul yordamida yo‘qotish mumkin emas. Shuning uchun amalda 1ta texnologik
sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar qo‘llaniladi. Masalan: oziq-ovqat uchun ishlatiladigan
13
yog‘larni rafinatsiya jarayoniga: cho‘ktirish----filtrlash---gidratatsiyalash---ishqorli rafinatsiya---
cho‘ktirish----tindirish------sentrafugalash-----oqlash---dezodoratsiya usullari kiradi.
Dostları ilə paylaş: