O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Margarin mahsulotlarining assortimenti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Margarin mahsulotlarining assortimenti. 
Margarin mahsulotlari quyidagilarga bo‘linadi: 
1.margarinlar (bu yog‘ va sut yoki suv emulsiyasi) tarkibidagi yog‘ning miqdori 82 % dan 
kam bo‘lmasligi kerak. (sutli margarinlar). 
2. yog‘lar (qandolat, non mahsulotlari va oshpazlik uchun), yog‘ning miqdori 99,7 % gacha 
bo‘ladi. 
Ishlatilishiga va retsepturaga qarab margarinlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oshxona va 
sara (buterbrod) margarinlar; sanoatda qayta ishlash va umum ovqatlanish tizimi uchun; maza 
kirituvchi qo‘shimchalar qo‘shilgan (yog‘liligi 62 % dan kam bo‘lmasligi kerak) margarinlar. 
Margarinlar qattiq, yumshoq va suyuq holatda bo‘lishi mumkin. Yumshoq margarinlar buterbrod 
yog‘i sifatida ishlatiladi. Suyuq margarinlar non mahsulotlari, unli kandolat mahsulotlari ishlab 
chiqarishda foydalaniladi.
Oshxona guruhidagi margarinlardan buterbrod mahsulotlari sifatida shuningdek, qandolat va 
kulinar mahsulotlari tayyorlash uchun ham foydalaniladi. Oshxona (sutli) guruhidagi “Noviy” , 
“Era” sariyog‘li margarinlari tarkibidagi yog‘ miqdori 82% dan kam bo‘lmagan holda tayyorlanadi. 
Sara margarinlar tarkibida turli yog‘lar salomasni bir nechta turi, kokos yoki palmoyadro 
moyi, pereeterifikatsiyalangan yog‘lar va boshqa qo‘shimchalar mavjud. 
Past kalloriyali margarinlar “Stoloviy”, “Raduga”, “Solnechniy”, “Gorodskoy” tarkibida 
40% dan 75% gacha yog‘, shu jumladan 23-40 foizi suyuq o‘simlik moyidan tayyorlangan har xil 


67
qotish va erish haroratiga ega bo‘lgan oziqa salomasi bilan pereeterifikatsiyalangan yog‘ bo‘ladi. 
Bulardan tashqari tarkibida pereeterifikatsiyalangan yog‘ va fosfatid konsentrati bo‘lgan “Zdorove” 
parxez margarinlari ham ishlab chiqariladi. 
Margarinlar qandolatchilik, non mahsulotlari sanoati va umumiy ovqatlanish tizimi uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida yog‘ miqdori 82% dan kam bo‘lmaydi. Maza kirituvchi moddalari 
bor margarinlar (shokoladli) tarkibida kakao-poroshok, ko‘p miqdorda shakar bo‘ladi va ular 
qandolat mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Qandolat yog‘lari quyidagi assortimentda ishlab 
chiqariladi: pechene, shokolad va vafli mahsulotlari uchun keks tayyorlash uchun 
pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosidagi qattiq yog‘lar pereeterifikatsiyalangan. Non mahsulotlari 
uchun ishlatiladigan yog‘lar fosfatid qo‘shilib suyuq holatda tayyorlanadi. 
Kulinar yog‘lari turli tarkibga ega bo‘lib quyidagi komponentlardan iborat: salomas, 
pereeterifikatsiyalangan yog‘, o‘simlik moyi. Ba’zi kulinar yog‘lar tarkibiga mol yog‘i ham 
qo‘shiladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin