O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Sut mikrofloralari. 
Sut mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanib, 
yashash jarayonida ulardan ayrimlari ma’lum darajada uni kimyoviy va biologik tarkibini 
o‘zgartirishi mumkin. Bakterial mikrofloralar asosini bakteriyalar, achitqi(drojji)lar va mog‘orlar 
tashkil etadi. 
Bakteriya hujayralari haroratga sezgir bo‘lib, sut harorati 60
0
S dan oshganda ularning ko‘p 
qismi nobud bo‘ladi. Ayrim bakteriyalar spora hosil qiladi va 120
0
C haroratga ham saqlana oladi. 
Bakteriyalar ichak bakteriyalari, chirituvchi bakteriyalar, moy kislotali va sut kislotali, bijg‘ituvchi 
bakteriyalar gruppalariga ajraydi. Sanitariya nuqtai nazaridan ichak bakteriyalar miqdori fekal 
ifloslanish ko‘rsatkichi hisoblanadi va ayrimlari ichak kasalliklariga olib kelishi mumkin.
CHirituvchi bakteriyalar, sutni sanitariya shartlariga rioya etmagan holda olingan va 
tashiganda ko‘payib, u sutga begona bo‘lgan achchiq ta’mni berishi mumkin. Bu guruhning ayrim 
vakillarga limon kislotani ishlatib, sutning ivish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chirituvchi 
bakteriyalar oqsillarni parchalaydi va hosil bo‘lgan moddalar noxush hid beradi. Bu guruhga aerob 
bakteriyalarning sporalari ham kiradi. Ular sutni tez buzadi, hatto kislotaligi oshmagan quyuq 
massaga aylantirib qo‘yadi.
Moy kislota bakteriyalari shakar va sut kislotalarini jadal bijg‘itadi. Natijada quyundi 
hidli moy kislotalari hosil bo‘ladi. Ular kislotali muhitga sezgir bo‘lib, ularning yo‘qolishi sutni 
100
0
C dan yuqori haroratgacha qizdirilgandan so‘ng yuzaga keladi. Achitqilar sutni ivitish 
jarayonida shakarni karbonat kislota va spirt ajralishi bilan bijg‘itishi mumkin. Ivitilgan sutda 
achitqilarning jadal rivojlanishi, sutda achitqi ta’mini yuzaga keltiradi. 
Mog‘or hujayralari sutga havodan chang, hayvon junlari va boshqalar bilan tushadi. 
Mog‘orlar bakteriya va achitqilarga nisbatan sekin rivojlanadi. Ular oqsillarni ammiakkacha 
parchalaydi, ayrimlari yog‘larni yog‘ kislota va glitseringacha parchalaydi. Mog‘orlar sutni tez 
aynitadi. Margarin zavodlarida qabul qilingan sut zudlik bilan pasterizatsiya qilinishi kerak. Agar 
sutni kislota soni 23
0
T dan yuqori bo‘lsa u pasterizatsiya qilinmaydi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin