66
Birinchi margarin zavodlari MDHda 1930 yilda Moskva va Sankt-Peterburgda ishga
tushirilgan. Hozirgi vaqtda MDHda 38ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda va yiliga 1 mln. 400 ming
tonnadan ko‘p margarin mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, Respublikamizda Toshkent yog‘-moy
kombinatida qattiq va yumshoq margarin tayyorlanmoqda.
Moylarning oziqa qiymati ularning energetik qiymati va fiziologik ta’siri orqali aniqlanadi.
Margarin kishi organizmiga singishi jihatidan sut yog‘idan past emas va energetik qiymati jihatidan
esa undan yuqori turadi. Buni quyidagi 13-jadvaldan ko‘rish mumkin.
13-jadval
Yog‘larni energetik qiymatlari
Yog‘lar
O‘rtacha energetik qiymati, kJ
Kishi organizmiga singishi, %
Sut yog‘i
38,64
93-98
Paxta moyi
39,48
95-98
Kungaboqar moyi
39,23
95-98
Qo‘y yog‘i
38,84
74-84
Mol yog‘i
38,84
75-83
Sariyog‘ 32,51
93-98
Margarin 32,61
93-98
13-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, margarin organizmga singishi bo‘yicha sariyog‘dan
qolishmaydi, energetik qiymati bo‘yicha esa undan ustun turadi.
Ma’lumki, mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog‘lar kishi organizmiga yaxshi singadi.
Bunga yog‘larning suyuqlanish harorati, mazasi va hidi ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin
uchun ishlatiladigan yog‘lar aralashmasi shunday tanlab olinadiki, tayyor mahsulotning erish
harorati 31-34
0
C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo‘lgan essensial
(to‘yinmagan) yog‘ kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi. Yog‘lar va ulardan olingan
mahsulotlarni oziqaviy qiymati, yog‘larni yog‘ kislota va glitserid tarkibiga, ularda fosfatidlar,
yog‘da eruvchi vitaminlar, sterollar, karotinoidlar va boshqa fiziologik faol moddalarni borligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p yillik biologik tadqiqotlar natijasida modda almashinishi buzilgan va ateroskleroz
bilan kasallangan kishilarga mo‘ljallangan dietik oziqa yog‘lari tarkibida 40% gacha linol kislotasi
bo‘lishi zarurligi aniqlangan. Tabiiy o‘simlik moylari suyuq bo‘ladi, bu holat ularni ishlatish
sohasini chegaralaydi, ayniqsa novvoylik va qandolat sanoatida ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
Margarin bu kamchilikdan holi bo‘lib, retseptura va tayyorlash texnologiyasini o‘zgartirib, turli
sohada ishlatiladigan mahsulot olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: