O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Mayonez olish uchun asosiy homashyolar



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
Mayonez olish uchun asosiy homashyolar 
Mayonezning asosiy komponenti bo’lib rafinatsiyalangan hidsizlantirilgan o’simlik moyi 
hisoblanadi. Salomas ishlatilishi mumkin emas, chunki u emulsiyani buzadi. Emulgator sifatida 


85
quruq sut yoki tuxum kukuni ishlatiladi. Quruq sut struktura tuzuvchi bo’lib, oqsillar suvda bo’kib, 
namlikni ushlashiga (saqlashga) yordam beradi. 
Xantal
 
kukuni ta’m beruvchi qo’shimcha bo’lib hisoblanadi. Uning tarkibidagi oqsillar 
emulsiyalashni ta’minlaydi. 
Tuz, shakar ta’m beruvchi qo’shimchalar sifatida ishlatiladi. 
Oziqa sodasi aniq pHni saqlaydi, bu esa sutning oqsillari bo’kishini yaxshilaydi. 
Sirka kislotasi, ta’m beruvchi qo’shimcha bo’lib, mayonezning bakterisid xossalarini 
oshiradi. 
Suv esa tuz va shakarni eritish, oqsillarni eritish va bo’kdirish uchun ishlatiladi. 
Suyuq o’simlik moylari, shakar, sut, tuzlarni sifatiga margarin ishlab chiqarishda qanday 
talablar qo’yilgan bo’lsa, xuddi shunday talablar qo’yiladi. Tuxum kukuni begona hid va ta’mga 
ega bo’lmasligi kerak. Xantal(xantal) kukuni quruq bo’lishi va o’tkir allil moyi hidiga ega bo’lishi 
lozim. 
 
Mayonez resepturasi va assortimenti 
 
Mayonezlar ziravorli, maza beruvchi va dirildoq hosil qiluvchi qo’shimchalar qo’shilgan 
oshxona, parhyez va bolalar uchun guruhlarga bo’linadi:
-Oshxona
 
(«Provansal», «Sutli», «Lyubitelskiy») mayonezlari nafis nordonroq ta’mga, 
yaxshi qovushqoqlik va konsistensiyaga ega. 
-Ziravor qo’shilgan mayonezlar («Baxor» ukropli; «Xantalli»va boshqalar) o’zini ta’mi va 
mazasi bo’yicha “Provansal” mayoneziga o’xshaydi, lekin qo’shilgan dorivorni ta’mi va hidi sezilib 
turadi. Bu mayonezlar salatlar va sabzavotli, baliqli, go’shtli taomlarni xushxo’r qilish uchun 
ishlatiladi. 
Ziravorli, maza beruvchi va dirildoq hosil qiluvchi qo’shimchali mayonezlar achchiq va 
shirin ta’mli guruhlarga bo’linadi. Achchiq ta’mlilarga “Gorchichn
ы
y”, “Prazdnichn
ы
y”, 
“Ogonyok” va boshqalar , shirin ta’mlilarga esa “Apelsinli”, “Asalli” va boshqalar kiradi. Bu 
mayonezlar qo’shilgan essensiyaga xos shirin ta’mga ega bo’ladi. Ularda dirildoq hosil qiluvchi 
qo’shimcha sifatida fosfatli kraxmal ishlatiladi va bu mayonezlardan mevali va boshqa salatlarni 
xushxo’r qilishda foydalaniladi. Shuningdek ular bolalar ovqatlanishida va buterbrod mahsuloti 
sifatida ham ishlatiladi. 
«Diabetik» mayonezga shakar o’rniga ksilit qo’shiladi. Bu mayonezga shirin ta’m beradi. 
Ayrim mayonezlarning resepturasi 17 – jadvalda ko’rsatilgan. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin