O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


jenyu-женю (kelasi zamon) va  jenyu-женю



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/39
tarix24.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#191054
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
125398 (1)

jenyu-женю
(kelasi zamon) va 
jenyu-женю
(hozirgi zamon). Shuning uchun ham A.A.Potebnya so`zning 
shakli uning tovush tomoni bilan izohlanishi mumkin emasligini ishonchli dalillar bilan isbotlab 
berdi. U birinchi bo`lib so`zning formasini uning ichki mazmuni bilan, mazmuniy grammatik 
tuzilishi bilan bog`liq ekanligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, A.A.Potebnya o`ziga qadar hukm 
surgan shakl bir tomonlama yondashuvga shakl bu so`zning tovush tomoni elementi, deb 
qarashga chek qo`ydi. U grammatik shaklni tovush emas, balki ma’no ekanligini qayta-qayta 
takrorladi. A.Potebnya grammatik shaklni paradigmada - so`z semantiq ma’nosini 
reallashtiruvchi so`z o`zgarish sistemasida aniqlash lozimligini ko`rsatadi. "Bu shakl men uchun 
turlanish va tuslanish tartibida egallangan o`rniga ko`ra ma’lum ma’noga ega bo`ladi", - deydi u. 
Bundan shu narsa ma’lum bo`ladiki, so`zning shakli tashqi belgisi orqaligina emas, balki 
so`zning paradigmadagi o`rni bilan aniqlanadigan mazmun orali ham belgilanadi. 
A.Potebnyaning ta’kidlashicha, ko`p qollarda GSh tovush ifodasiga ega bo`lmasligi mumkin:
GSh faqat so`zning shakliy vositalari orqaligina emas, balki uning sintaktik aloqasi orqali ham 
ifodalanishi mumkin. Shunday qilib, A.A.Potebnya GSh deganda semantiq va sintaktik 
elementlarning sintezini tushunadi va bunday qarash uni GSh ni faqat affikslardan iborat deb 
tushunuvchi tilshunoslardan keskin farqlab turadi.
GSh ni zidlash asosida ajratishni tavsiya etadi. Uning fikricha, GSh sistemani tashkil etadi. 
Ma’lum GSh ma’nosi haqida faqat shu vaqtda gapirish mumkinki, qachonki u boshqa GSh ga 
zidlansa. Masalan, 
ya konchil (я кончил)
gapida 
konchil (кончил) ning tugallanganlik 
ma’nosi bevosita uning tovush tarkibi orqali emas, balki tilda unga zidlanadigan boshqa shakl 
konchal
(
кончaл
) shakli birligi bilan farqlanadi. Shuningdek, so`zning shakli Grammatik 
qurshov, kontekst, gapning sintaktik tuzilishida so`zning pozitsiyasi bilan aniqlanishini 
ko`rsatadi.
So`zning shakli mazmunli ekanligi, u, albatta, grammatik ifodalansa ham, lekin 
ifodalanmishining tashqi belgisi orqaligina emas, balki paradigmatik munosabatdagi o`rni va 
sintagmatik aloqasi orqali aniqlanishi haqidagi fikr A.A.Potebnya ta’limotining eng qimmatli 


tomonidir. 
5. V.I.Degteryov ta’kidlaganidek, so`zning mohiyatli tomoni uning moddiy - tovush 
kompleksiga, struktur - grammatik bo`linishiga tayanadigan leksik - grammatik mazmuni 
hisoblanadi. Mazmun shakllangan bo`ladi. So`zning moddiy - tovush tuzilishi va morfemik 
bo`linishi so`z va uning grammatik shaklining moddiy tayanchi, yashash usulini tashkil qiladi.
Shakl - mazmunning ichki shakllanishi, uning qismlarining bo`linishi, o`zaro aloqasi va o`zaro 
harakatidir. 
6. Dialektik falsafaga muvofiq, shakl deganda, mazmunning tashqi ifodalanish usuli, 
mazmun elementlari aloqalarining nisbatan barqaror muayyanligi va ularning o`zaro ta'siri, 
mazmunning tipi va strukturasi tushuniladi. Ko`rinadiki, mazmunning tashqi ifodalanishi usuli 
shaklning faqat bir tomoni sanaladi. Obyektning shakl va mazmunga bo`linishining o`zi faqat 
ularning chambarchas birligi doirasida mavjuddir. Ularning birligi esa faqat ichki uzviy bo`linish 
sifatida mavjuddir. Shakl bilan mazmun har bir konkret obyektda bir-biridan ajralmasdir. Shakl 
mazmun ustiga qo`yilgan qandaydir tashqi po`stloq emas. 
7. Shakl ichki va tashqi birlikdan iborat. Mazmun elementlarining bog`lanish usuli sifatida 
shakl ichki bir hodisa sanaladi. U obyektning strukturasini tashkil etadi va mazmunning bamisoli 
bir momenti bo`lib qoladi. Muayyan mazmunning boshqa narsalar mazmuni bilan bog`lanish 
usuli sifatida shakl tashqi bir narsadir. Shakl bilan mazmun o`rtasidagi qarama-qarshilikni qarab 
chihayotganda shuni nazardan qochirmaslik kerakki, mazmun shaklsiz bo`lmaydi. Shakl esa ayni 
vaqtda mazmunning uzvda ham mavjuddir va unga nisbatan tashqi bir narsadan iborat. 
8. I. Degteryov to`g`ri ta’kidlaganidek, grammatik shaklni faqat ma’noning ifoda vositasi 
sifatida tushunib bo`lmaydi. U so`z grammatik ma’nosining tuzilishida, mazmun momentida 
ham o`z ifodasini topadi. Ma'no tuzilishi sifatvda grammatik shakl so`zning leksik ma’nosi bilan 
undan abstraktlantirilgan va mustaqil ravishda hamkorlik qiladi. Xususan, o`zgarmas so`zlar ham 
muayyan grammatik shaklga ega. Masalan, ravish shakli orqali, ravishlik belgisining ketegorial 
ma’nosiga ko`ra belgilanadi. Ot shaklnig rammatik ma’noni ifodalovchi moddiy vositalargina 
emas, balki grammatik ma’noning ichki tuzilishi sifatida ham tushunish tilda shaklsiz so`zlar 
ham bo`lishi mumkin degan fikrni to`la rad qiladi. Ma’noni shaklsiz, i shaklni esa ma’nosiz 
tasavvur etish mumkin emas. O`z navbatida shaklsiz, grammatik shakllanmagan, grammatik 
tuzilishga ega bo`lmagan tilning bo`lishi mumkin emas. Shu nuqtai tazardan amorf tillarning 
ajratilishi shaklni bir yoqlama tushunishning mahsulidir. So`zning grammatik shakli uning 
morfem tuzilishiga, paradigmasiga va sintagmatik munosabatiga tayanadi. Shunday qilib, hozirgi 
tilshunoslikda grammatik shaklga ikki xil yondashuv amal qilmoqda. Birinchisi grammatik 
shaklni muayyan grammatik ma’noni ma'lum moddiy vositalar yordamida ifodalanishi, so`zning 
grammatik shakllangan moddiy - tovush turi sifatida talqin etadi. Ikkinchisi esa shaklni 
grammatik ma'noning ichki tuzilishi sifatida tushunadi. Garchi grammatik shaklga bunday ikki 
xil qarash bir-biriga ziddek ko`rinsa ham, aslida bir-birini inkor qilmaydi. Grammatik birlikni 
ikki tomondan tavsiflaydi: biri ma’no plani asosida, ikkinchisi esa ifoda plani asosida izohlaydi. 
8. I.Degtaryov grammatik shaklning bu ikki turi uchun ikki xil atamani - mazmun shakli 
(MSh) va ifoda shakli (ISh) atamalarini tavsiya etadi. 
9. So`z grammatik ma’nosining tuzilishi ichki tuzilish usuli sifatidagi shakl mazmuniy 
shakl (MSh), so`z grammatik ma’nosining moddiy morfologik tuzilishi sifatidagi shakl ifoda 
shakli (ISh) hisoblanadi. 
V.I.Degteryovning fikricha, MSh va ISh so`z grammatik tuzilishining o`zaro 
muvofiqdashgan ichki va tashqi tomonlaridir. Ikki xil shakl tushunchasi tilning ikki tomonlama 
mohiyatiga muvofiq keladi. MSh va ISh dialektik birlikda va hamkorlikda so`z grammatik 
shaklini hosil qiladi. Shunday qilib, grammatik shaklga bunday yondashuvda, so`z grammatik 
ma’nosining tuzilishi, ichki bo`linishi va aloqasi MSh ni tashkil etadi. So`zning moddiy - tovush 
tomondan morfologik bo`linishi IShni hosil qiladi. Bu ikki shakl birlikda so`zning grammatik 
shaklini hosil qiladi. MI ISh ga tayanadi va unda voqelanadi. MSh so`zning morfemik 
bo`linishini, struktur shakllanishi, paradigmatik qatori bilan hamda so`zlarning sintagmatik 
munosabati orqali o`z ifodasini topadi. Grammatik shakl talqinining har ikki yo`nalishini 


umumlashtirganda, grammatik ma'no ifodalanishining quyidagi usullarni ko`rsatish mumkin: 
alohida morfemalar, yordamchi so`zlar, ohang, so`zning morfemik bo`linishi, struktur 
shakllanishi, paradigmatik qatori va sintagmatik munosabati. Yuqorida ta'kidlaganidek, 
grammatik shakl grammatik ma’no bilan dialektik bog`liqdir. Shuning uchun ham grammatik 
shakl va grammatik ma’no o`rtasidagi munosabatlar tilshunoslar diqqatini o`ziga tortib keladi. 
Praga lingvistik maktabi vakillari Karsevskiy va Skalichkalar shakl va mazmun o`rtasida mavjud 
bo`lgan nomutanosiblikni ochib berishga harakat qildilar. 
10. Amerika tilshunosi Xokket ham grammatik shakl va grammatik ma’no munosabatiga 
e’tibor berar ekan, ular o`rtasida ko`pincha nomuvofiqlik mavjudligini e’tirof etadi. Shuning 
uchun bo`sh element (morf) atamasini kiritdi. Mazmunsiz, biron-bir vazifa bajarmaydigan ifoda 
plani birligini bo`sh morf deydi. Bo`sh morf tushunchasiga zid ravishda nol birlik (morfema) 
tushunchasi paydo bo`ldi. Bo`sh morf bilan nol birlik bir-biriga zidlanuvchi va bir-birini taqozo 
qiluvchi birliklardir. Bo`sh element (morf) - bu ifodalanmishdan mahrum bo`lgan belgi; Nol 
birlik esa ifodalovchisi bo`lmagan ifodalanmish. har ikki holda assimetrik, bir yoqlama belgi 
haqida fikr yuritiladi. 
11. N.D.Arutyunova ta’kidlaganidek, belga belgiligini yo`qotmasdan turib bir yoqlama 
bo`lishi mumkin emas. Nol elementlarning xususiyati ifoda shaklining yo`qligida emas, balki 
uning o`ziga xosligidadir. Shuning uchun nol element ham va uning ziddi bo`lgan bo`sh element 
ham bir yoqlama belgi sifatida qaralishi mumkin emas. Shuning uchun ham bunday qollarda 
ayrim mualliflar ma'noli ifodalanmaslik (znachimogo otsutstviya) atamasini tavsiya etadi. 
12. A.V.Isachenko ma’lum grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan tashqi 
lisoniy vositalarni kategorial ko`rsatkichlar hisoblaydi. Uning fikricha, kategorial ko`rsatkichlar 
o`z tabiatiga ko`ra belgi hisoblanadi. Kategorial ko`rsatkich har qanday belgi kabi ikki tarkibiy 
qismdan tashkil topadi: tashqi moddiy vosita - ifodalovchi (designator) va ifodalanmish 
(designat). Faqat har ikki qismning bir vaqtda ishtirokidagina belgini belgi qiladi. Uning fikricha,
ifodalovchi bilan ifodalanmish aloqasi tarixan tarkib topgan. Bu aloqa ushbu semantiq sistema 
bilan foydalanuvchi barcha jamoa a’zolari uchun majburiydir. "Omonimlik" kategorial ko`rsat-
kichlarning mavjudligi buning guvohidir. Rus tilidagi 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin