O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


Yuguruvchi quyidagi qoidalarni esda saqlash kerak



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə10/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
21-

Yuguruvchi quyidagi qoidalarni esda saqlash kerak.

  1. Agar yugurish yo‘lkasida chuqurlar bo‘lmasa, yo‘lka raxiga yaqin yugurish.

  2. Masofada bir tekis yugurish.

  3. Qarama-qarshi shamolda ikkinchi yoki uchunchi bo‘lib yugurish.

Mashg‘ulot joyining xususiyatlari, kiyim va poyabzal. O‘rta masofaga yuguruvchilar bilan qishda yopiq binoda ham, ochiq havoda ham trenirovka qilaveriladi. Ochiq havodagi mashg‘ulotlarni shamoldan panaroq joyda o‘tkazish ma’qul. Yuguruvchining kiyimi yengil, issiq va bemalol bo‘lishi kerak. Qishda ostiga kigiz solingan tufli yoki keda kiyib mashq qilinadi. Bahorda, yozda va qisman kuzda trenirovka mashg‘ulotlari asosan stadionlarda ochiq joylarda o‘tkaziladi. Yuguruvchilar stadiondagi mashg‘ulotlarini ko‘p qismini yo‘lkada, razminka va yakunlash qismini esa futbol maydonida o‘tkazadilar. Stadion yo‘laklarida yugurush uchun olti mixli yengil atletika tufli bo‘lishi zarur. Razminka hamda ochiq joylarda yugurush uchun tagi elastik rezinkali yengil tufli kiyish kerak.


Yengil atletikachilarning jismoniy
sifatlarini rivojlantirish
Har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog‘liqni mustahkamlash sportda muvoffaqiyat qozonmoq uchun, jismoniy va ma’naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismony va ma’naviy -irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash yengil atletikachilar tayyorgarligini muhim qismidir. Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish–eng avvalo sportchining har tomonlama va masxus jismoniy rivojlanish jarayonidir. Shu binoan jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlikka va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda yengil atletikachilarning garmonik rivojlanishi, ya’ni harakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm organlar va sistemalarini mustahakamlash, ularning funksional imkoniyatlarini ortirish, boshqara olish qobiliyatini yaxshilash, kuchni, tezkorlikni chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni oshirish, qomat va tana tuzilishidagi kamchiliklarini tuzatish nazarda tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil harakat faoliyatiga qatnashuvchi organizm organlari va sistemlari bilan hamma tana qisimlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazam ta’sir etib turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch guruhdagi mashqlardan, har xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining hamma funksional imkoniyatlarini, hamma organlar va sisitemlarini yuqori darajada rivojlantirishga qaratilgan. Buning uchun, tabiiyki, tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus mashqlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko‘pincha umumiy ta’sir ko‘rsatadigan mashqlardan maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashqlardan foydalaniladi. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanish, tana tuzilishi, qomat rasolik va shunga o‘xshashlardagi ayrim kamchiliklarni yo‘qotish uchun, aniq yo‘naltirilgan mashqlar qo‘llanadi.
Umumiy va maxsus jismoniy kuchni, tezkorlik, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosiy rol o‘ynaydi. Xuddi shu jismoniy fazilatlarda yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalar ish qobiliyatiga asoslanib, uning harakat qilish imkoniyati aks etadi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin