O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


O‘rta masofalarga yuguruvchilarning trenirovkasi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə7/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
21-

O‘rta masofalarga yuguruvchilarning trenirovkasi. Yugurishda yuqori sport natijalariga erishish uchun, yuguruvchining jismoniy jihatlari ma’lum ahamiyatga ega. Lekin o‘rta masofalarga yugurishdagi muvaffaqiyat asosan sportchining barcha a’zolari va sistemalarining batartib ishlashiga bog‘liq. Buning uchun avvalo yurak-qon tomir, nafas olish va markaziy nerv sistemalarinng faoliyati yaxshi bo‘lishi kerak. Odatda 5-7 yillik to‘g‘ri tuzilgan trenirovka yuguruvchini yuqori sport natijalariga olib keladi. Yaxshi natijaga erishish yuguruvchining jismoniy fazilatlari qanchalik rivojlanganiga bog‘liq. O‘rta masofalarga yugurishda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, sprintdagi maksimal tezlik darajasiga ham bog‘liq. O‘rta masofalarga eng yaxshi yuguruvchilar 100 m ni-10,5-11,00 sekundda, uzoq masofaga yuguruvchilar esa-12 sekunddan tezroq vaqt ichida yugurib o‘ta oladilar. Bundan tashqari yuqori tezlikkka ega bo‘lgan yuguruvchilar chidamliliklari boshqalarga teng bo‘lgan taqdirda ham marraga kelishdagi tezlanishda boshqa yuguruvchilardan ustun chiqadilar. Faqat tezlikning o‘zi muvaffaqiyat uchun yetarli bo‘lmaydi. Yugurishdagi harakatlarning amplitudasi juda katta bo‘ladi. Shuning uchun yuguruvchining oyoq muskullari juda baquvvat va bo‘g‘inlari yaxshi harakatchan bo‘lsagina, u qadamini uzun tashlay oladi, bemalol yugura oladi.
Keyingi yillarda yugurishda o‘zgaruvchan metodning fartlek deb ataladigan turi ko‘proq qo‘llana boshladi. Fartlekda muntazam bo‘lmagan tezlanishlar o‘tkaziladi va ularning jadalligi va uzoqligi turli xil bo‘lishi mumkin. Fartlek asosan ochiq joylarda, guruh bilan va yakka o‘tkaziladi. Hozirgi paytda seriyali yugurishlar keng qo‘llanadi. 3-4x300 m dan keyin 200 metr sekin yuguriladi undan keyin bir necha minut dam olish: yurish yoki juda ham sekin lo‘kilab yugurish. Ular masofaning uzunligi va bu masofani yugurib o‘tish tezligi jihatidan bir xil yoki har xil bo‘lishi mumkin. Bunday yugurish odatda trenirovka qilindigan masofadan qisqaroq masofaga o‘tkaziladi.
Yuguruvchining musobaqa qatnashishi ham nazorat yugurish ham natijani oshirish uchun birdek yaxshi vositadir. O‘rta masofalarga yuguruvchilar odatda bir necha masofalarda qatnashadilar, lekin har bir yuguruvchi bitta masofaga tayyorlanish kerak. Qaysi masofani asosiy deb hisoblash sportchining xohishiga, uning indvidual xususiyatlariga bog‘liq. O‘rta masofaga yuguruvchilarni mashq qildirishda mazkur masofada har yuguruvchining o‘ziga xos fiziologik va bioximik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘rta masofaga yuguruvchilar stayerlarga nisbatan qisqaroq masofa bo‘laklarini kamroq marta qayta-qayta yugurib o‘tadilar. Lekin bunda ularning tezligi stayerlar tezligidan ancha yuqori bo‘ladi. Trenirovka nagruzkasini mashg‘ulotma-mashg‘ulot, shuningdek haftama-hafta birdek tartibda orttiraverib bo‘lmaydi. Haftalik siklda trenirovka nagruzkasi goh ko‘p, goh kam bo‘lib turishi kerak. Haftalik umumiy nagruzka 2-3 hafta orta boradi-da, keyin nisbatan kamayadi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin