O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


O‘rta va uzoq masofaga yugurish



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə5/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
21-

O‘rta va uzoq masofaga yugurish
O‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasi. O‘rta masofalarga yugurish yuqori startdan boshlanadi. Faqat 800 m yugurish ayrim paytlarda past startdan boshlanadi. Yuguruvchi start holatida kuchliroq oyog‘ini start chizig‘i yaqiniga ikkinchi oyog‘ini uchini esa 30-50 sm orqaroqqa qyadi. “Diqqat!” buyrug‘idan keyin ikkala oyog‘ini sal bukadi, gavdasini oldinga engashtirib, og‘irplik markazini oldingi oyoqqa o‘tkazadi. Lekin yiqilib tushmaslik va yugurishni oldin boshlamaslik uchun u.o.m. ning proeksiyasi oyoq uchidan odinga o‘tib ketmasligi kerak. Oldingi oyog‘iga nisbatan qarama-qarshi tomondagi qo‘lni bukib, oldinga chiqariladi. O‘rta masofaga yuguruvchilarning ayrimlari shu qo‘l bilan yerga tayanadilar. Masofaga qanchalik qisqa bo‘lsa, yuguruvchining startda turishi shunchalik past startga yaqin bo‘ladi. Sportchi signal berilgan zahoti yugurishni boshlaydi. Birinchi qadamlarda uning gavdasi ko‘proq engashgan bo‘lib keyinchalik asta-sekin tiklanadi. qadamlar kengligi osha boradi, yugurish tezlasha boradi, sportchi tezlikni oshirib borib, qisqa vaqt ichida erkin yugurishga o‘tadi.
Masofa bo‘ylab yugurish: Masofa bo‘ylab yugurish paytida gavda to‘g‘ri yoki sal engashgan bo‘ladi. Gavdani oldinga sal engashtirib turish depsinish kuchidan to‘liq foydalanishga va olidnga tezroq siljishga imkon beradi. Oldinga xaddan tashqari engashib olish “yiqilar darajada” yugurishga sabab bo‘lib, natijada bukilgan oyoqni olg‘a uzatish qiyinlashib, qadamlar qisqalashadi, tezlik kamayib ketadi. Undan tashqari ortiqcha engashganda esa, depsinish uchun sharoit sal yomonlashsa ham tizza bo‘g‘ini bukilgan bo‘sh oyoqni oldinga uzatish imkoni yaxshilanadi. Gavda holati to‘g‘ri bo‘lsa, muskullar va ichki organlar ishlashi uchun qulay sharoit tug‘iladi.
O‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarning trenirovkasi.
Asosiy vazifalar.

  1. O‘rta va uzoq masofalarga yugurishning to‘g‘ri texnikasini bilib olish.

  2. Sportchining umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini yaxshilash.

  3. Umumiy va maxsus chidamlilikni o‘rta va uzoq masofalarga yugurishga moslab rivojlantirish.

  4. 100, 200 va 400 m ga sprintcha yugurishda tezlikni oshirish.

  5. Yugurishda tezlikni xis etishni tarbiyalash.

  6. Nafas olish ritmni o‘rganib olish.

  7. Yuguruvchining ahloqiy va irodaviy fazilatlarini oshirish.

  8. Masofani yugurib o‘tishning optimal taktik variantlarini topish.

  9. Nazariy tayyorgarlik olib borish.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin