O‘zbek tili va Gumanitar fanlar



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə9/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
21-

Qo‘shimcha mashqlar. Yuguruvchi trenirovkaning barcha davrlarida 30-50 min. davom etadigan ixtisoslashgan zaryadka qilib turishi kerak. Ayrim paytda bu zaryadka o‘rniga yayov yurib sayr qilinadi. Bu kechyqurunlari uyqu oldidan bo‘lgani ma’qul. Suvda suzish, qayiq haydash va sport o‘yinlari ham faol dam olish uchun qo‘shimcha hisoblandi.
Nazorat mashqlar. Tayyorlik darajasini aniqlash uchun, tanlangan masofani qancha vaqtda o‘tganigina emas, balki quyidagi kontrol mashqlar natijasi ham hisobga olinadi:

  1. Turgan joydan uzunlikka yoki yuqori tomonga sakrash.

  2. Turgan joydan oyoqdan oyoqqa hatlab o‘n marta sakrash.

  3. Shtangani siltab ko‘tarish.

Bu mashqlarni qanday bajarganiga qarab, yuguruvchining kuch jihatdan tayyorlik jarajasi bilinadi. Yuguruvchining tezlik fazilatlarini quydagi mashqlardan bilsa bo‘ladi:

  1. Startdan va kela turib 100 m ga yugurish.

  2. 400 m ga yugurish

Maxsus chidamlilik to‘g‘risida quydagi masofalarni qanday yugurib o‘tganiga qarab fikr yuritish mumkin:

  1. 600 m

  2. 1200 m

  3. 3000 m

  4. 5000 m

Musobaqalarga tayyorlanish va ularga qatnashish. Musobaqalashuv davrining ikkinchi yarmida keskin va ma’suliyatli musobaqalar o‘tkaziladi. Shuning uchun bu vaqtda haftalik trenirovka rejasi bir qancha o‘zgarishi mumkin. Haftalik trenirovka mashg‘ulotlarining soni 3-4 martagacha kamaytiriladi. Maxsus yugurish mashqlari faqat razminka paytida bajariladi. Bir haftada trenirovka kunlari sonini kamaytirmasdan sportchining trenirovka nagruzkasini pasaytirish mumkin. Buning uchun trenirovka hajmi kamaytiriladi. Lekin trenirovka jadalligi aslicha qoladi. Ngruzkani pasaytirish yuguruvchining kuchini to‘la tiklash va markaziy nerv sistemasining ish qobiliyatini oshirish uchun zarur. Yuguruchining o‘zini tutish, xatti-harakat yoki masofani qancha vaqtda yugurib o‘tishidan qat’iy nazar, musobaqa yutishga yoki yuqori sport natijasiga erishishgagina qaratilgan bo‘ladi. Har galgi yugurish oldidan shu yugurishgagina mo‘ljallangan taktik reja yaxshilab o‘ylab chiqiladi. Lekin u musobaqadagi sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Reja tuzayotganda musobaqa qanday sharoitda va qaerda o‘tishi, yuguruvchi va raqib tayyorlik darajasi nazarda tutiladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin