O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Bu kursatish olmoshi keng kulamda qullangan, nutq paytida mavjud bo’lgan yaqin 
masofadagi kishi, narsa, hodisalarni kursatadi: bu benava (Lutfiy),  b u rasadni (BN)
Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan: 
Deyktik vazifa, ya`ni sof ko’rsatish manosini anglatgan: Bu baytni oqubdur (Navoiy, MN). 
Anaforik vazifa, ya`ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni ko’rsatadi: Bu ham yaxshi 
bardi (Boburnoma). 
Preprativ vazifa, ya`nikeyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni ko’rsatadi: Meni 
tanimaydur, s£ru’ptu’rkim, bo’lar qaysi sultandur (Boburnoma).  
Bu kursatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va ko’plik affiksini olganda, uning 
tuzilishida turli fonetik o’zgarishlar yuz beradi. Bosh kelishikdan boshqa kelishiklar bilan 
turlanganda, so’z boshidagi b undoshi m ga o’tadi: buni-muni, bunun’-munun’ va x.k. 
Shuningdek, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda ko’plik 
affiksi o’rtasida interkalyar «n» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda 
«n» undoshining orttirilishi doimiy (statik) bo’lsa, ko’plik shaklida u doimiy emas. Misollar: 
Bo’lar dagi Sayyidga’ kirmish (Shayb.). Oglanlarnin’ atlari munlar turur (Sh.tar.). Mundin 
artuq qilma zar (Lutfiy). 
So’z boshida «b»ning «m»ga o’tishi ham doimiy emas: Barcha xalq buni 
eshitib...(Sh.tar.). 
Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bo’l variantida ham qo’llangan. a’ning tafsiloti 
quyiroqda beriladi. 
a’l olmoshi so’zlovchiga masofa jixatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini 
ko’rsatish uchun qo’llangan va bu jixatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppozitsiyani) xosil 
qilgan: Gamza birla’ t£kti qanim ul sanam (Lutfiy). 
a’l olmoshining u varianti ham iste`molda bo’lgan: Maxsharda galibakim, u ku’n 
k£rma’ga’y azab (Lutfiy). 
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining an varianti haqida fikr yuritiladi, aslida an 
olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik jixatdan ul olmoshiga aloqasi yo’q. 
a’l olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan 
aynandir. 
a’sh so’zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning 
matndagi qo’llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga 
javob bermaydi, ya`ni u kelishik va ko’plik affikslarini qabo’l qilmaydi, lekin ko’rsatish 
olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya`ni 
kategorial belgilarni qabo’l qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara 
mavjud.
a’sh so’zi hozirgi o’zbek tilidagi mana
1
 so’ziga ekvivalentdir. Ma`lum bo’ladiki, mana 
so’zi olmosh deb e`tirof etilmayotgan ekan, ush so’zini ham olmosh deb qarash mumkin 
emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qo’llangan: qadax evru’ldi ush bostan 
ichinda’ (MN). Zulfun’ dagi ul kafur ush iman aladur-la (Lutfiy). Lekin bu so’z ushbu, 
oshul, oshal, shul olmoshlarining xosil bo’lishida qatnashgan. 
a’shbu (ushqbu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi: a’shbu dam 
eru’r jannin’ futuxi (MN).  Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo bo’lgan, 
tovush -m sonoriga o’tgan: Lutfiy — munda; Yaqiniy — munun’-dek
Oshul (ush//oshqul) kursatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste`molda 
bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma`lum shaxs, narsa hodisalarni kursatadi: Faryadim oshul yerga’ 
yetibtur (Lutfiy). Oshul yerda’ yattuq (Sh. tar.). 
1

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin