O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə47/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

Intonatsiya, ayniqsa, uning asosiy komponenti bo'lgan melodiya (ohang) grammatik ma'noni ifodalashda xizmat qiladi. Masalan, U keldi (tushuvchi ohang – darak gapda), U keldi? (ko'tariluvchi ohang – so'roq gapda), U keldi!(ancha baland ohang – undov gapda) va so'zlovchining his-hayajon, ehtirosini ifodalovchi past yoki baland ohang qo'llanishi mumkin. Musiqiy ohangga ega bo'lgan tillarda (hitoy, tay, vyetnam, koreys) ohang grammatik ma'noni farqlashda ko'proq xizmat kiladi. Masalan, Alyaskadagi takelama qabilasi tilida "hi1a" so'zi tushuvchi ohang bilan aytilsa "qo'shiq", ko'tariluvchi ohangda talaffuz etilsa, "qo'shiq aytmoq" (fe'l) ma'nosini ifodalaydi.


GRAMMATIK MA'NOLARNI IFODALOVCHI SINTETIK VA ANALYTIK VOSITALAR.
SINTETIK VA ANALITIK TILLAR

Tillardagi grammatik ma'nolar sintetik va analitik vosita­lar yordamida ifodalanadi. Sintetik (grekcha synthesis – birga yig'moq) usul grammatik ma'noning so'zning tarkibida ifodala­nishi va bir yo'la so'z o'zining leksik ma'nosi va grammatik ma'nosini qamrab olishi bilan izohlanadi. Grammatik ma'no­larni ifodalovchi sintetik vositalarga reduplikatsiya (takror), urg'u, affiksatsiya, ichki fleksiya kabilar kiradi. Masalan, xizmat-chi-lar-i-miz-da-gi so'z shaklida -chi – so'z yasovchi affiks, -lar – ko'plik qo'shimchasi, -i egalik affiksi, -miz – 1-shaxs ko'plik shakli, -da – o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi, -gi – shaxsga tegishli affiks mavjud. Bu so'z shaklida bir yo'la uning leksik ma'nosi (xizmat) va grammatik ma'nolari (turli affikslar yordamida) o'z ifodasini topgan.


Grammatik manoni analitik yo'l bilan ifodalashda (grek­cha ana­lysis – bo'lakka bo'lish, qismlarga ajratish) so'zning leksik ma'nosi bir so'z bilan ifodalansa, uning grammatik ma'nosi boshqa so'z orqali beriladi va har ikki so'z bir gram­matik shaklga tegishli bo'ladi. Masalan, ingliz tilida ko'plik shaklini ifodalovchi shall go, will do fe'l shakllarida shall/will kelasi zamonni ifodalashda qo'llanuvchi yordamchi fe'llar hisoblanadi, go, do fe'llari mustaqil ma'noga ega bo'lgan fe'llardir. Lekin ularning har ikkisi bir grammatik ma'no, ya'ni kelasi zamon shakliga tegishlidir. Sifatlarning qiyosiy darajalarini ifodalashda yaxshi – oddiy darajani va yaxshiroq – orttirma darajani sintetik yo'l bilan ifodalaydi, lekin bu sifatning kuchaytirma darajasi juda kuchli shaklida analitik yo'l bilan ifodalangan. Turli tillarda bir yo'la sintetik va analitik yo'l bilan grammatpk ma'noni ifodalash mumkin. Lekin ularning qaysinisi ko'proq qo'llanishiga ko'ra, ya'ni sintetik vositalar ko'proq ishlatilsa bu tilni sintetik, analitik vositalar ko'proq qo'llansa, analitik til deb ataladi. Shu jihatdan qadimiy tillardan bo'lgan lotin, sanskrit, qadimiy slavyan, qadimiy grek tillari sintetik tillar hisoblanadi. Ingliz, fransuz, bolgar, hozirgi grek va hind tillari analitik tillardir.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin