Akademik notiqlik bu barcha turdagi ilm iy konferen-tsiyalardagi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasi himoyalaridagi ma'ruzalar, bakalavr talabalari uchun bitiruv malakaviy ish hamda magistr talabalari uchun magistrlik dissertatsiyalari yuzasidan qilinadigan ma'ruza (axborot)larni qamrab oladi. Auditoriya notiqligiga esa - universitet, institut, kollej talabalari, hamda litsey va maktab o'quvchilari uchun dars-ma'ruzalarni o'z ichiga oladi. Ijtimoiy-maishiy notiqlik - bunga turli tadbir va yig'inlarda, yubiley tantanalarida so'zlanadigan qisqa va lo'nda nutq yoki suxan so'zlar kiradi. Sahna notiqligi (kino, teatr aktyorlari, kontsert boshlovchilari yoki kontsertni olib boruvchi aktyorlar nutqi) - bu og'zaki Notiqlikning alohida turi hisoblanib, tinglovchi tomosha- binlar uchun umumtushunarli bo'lgan adabiy tilda, chiroyli talaffuz 81
orqali amalga oshiriladigan nutqdir. U yana boshqa nutqlardan diolo- gik xarakteri bilan ham farqlanadi. Teleradio jurnalistlari notiqligi - bunda ko'rsatuv yoki eshitirish olib borayotgan jurnalist adabiy tilda omma uchun tushunarli bo'lgan zaylda nutq so'zlashi, so'zlarni aniq va ravshan ohang bilan talaffuz etishi muhim. Shuningdek fakt va voqealarni bayon etishda, o'z nutqida qaytariqlarga yo'l qo'ym as- ligi uchun oldidagi matndan foydalanishi yoki uni mukammal o'zla- shtirgan bo'lishi lozim. Diniy va'zxonlik (notiqlik) - Bunga nomoz jumada, amri ma'ruflarda im om tomonidan qilinadigan ma'ruzalar