Avesto 21 qism (nask)dan iborat to‘plam bo‘lib,
bizga qadar uning
to‘rtta qismi yetib kelgan: «Vandidot», «Yasna», «Visprat», «Yasht»
nasklari1.
Yasna naski xudolarga hamdu sano, munojot va qurbonlik qilish
duolaridan tuzilgan. Uning matni 72 bobga bo‘lingan bo‘lib, bizgacha
to‘liq yetib kelmagan. Zardushtning she’riy
uslubda yozgan xatnoma
(got)lari 17 bob hajmda shu qismga kiritilgan.
Yashtlar naski – zardushtiylarning xudolarini madh etuvchi qo‘shiq.
Ahura Mazda yaratgan ma’bud va ma’budalar (Avestoda yazatlar deb
yuritiladi) sha’niga o‘qiladigan duo va alqov she’rlaridan tuzilgan. Nask
22 bobdan iborat bo‘lib, shundan 10 tasi saqlanib qolgan.
Visporad naski (barcha boblar degan ma’noni anglatadi) yashtlarga
qo‘shimcha tarzda yozilgan bo‘lib, 25 bobdan iborat. Uning qismlari
bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Visporad namoz vaqtida o‘qiladigan oyat
va suralardan, olamni bilishga oid pand-nasihatlardan tuzilgan.
Vandidot (viydaivadota so‘zining o‘zgargan shakli bo‘lib, devlarga
qarshi qonun degan ma’noni anglatadi) 22 bobdan iborat bo‘lib, ular
bizgacha to‘liq yetib kelgan. Vandidot asosan
devlarni mahv etishga
mo‘ljallangan duolar, poklanish tartibi, Ahura Mazda va Zardushtning
savol-javoblaridan tuzilgan.
Avesto matnining hajmi juda katta bo‘lib, dindorlarga tushunish juda
qiyinligi sababli, diniy ta’limotning asosiy g‘oyalarini qisqa
va sodda tilda
bayon qiluvchi kitobga ehtiyoj tug‘ilgan. Tarixiy zarurat natijasida
dindorlar kundalik ibodatlarda foydalanadigan duolar va boshqa asosiy
diniy marosimlardan tuzilgan «Xurda Avesto» («Kichik Avesto») to‘plami
yaratilgan. Unda bizgacha yetib kelmagan nasklarning matnlari ham
mavjud.
Avestoda O‘rta Sharq davlatlarining
miloddan avvalgi II ming
yillikning boshlaridan milodiy I ming yillikning o‘rtalarigacha va undan
keyingi tarixiy davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Matnga qadimgi
davrning xalq og‘zaki ijodi namunalari (afsonalar, rivoyatlar,
ertaklar va
matallar) kiritilgan. Unda ma’bud va ma’budalarning vazifalari, o‘zaro
kurashlari va taqdirlari aks ettirilgan.
Muqaddas Avesto diniy va ilmiy ahamiyatga ega yozma manbadir.
Unda zardushtiylik qabul qilingan qadimgi davlatlarning iqlimi, geografik
o‘rni, xo‘jaligi, ularda yashagan qabilalar
va elatlarning urf-odatlari,
an’analari, o‘zaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Xulosa qilib aytish mumkinki, zardushtiylik ishlab chiqarishning
rivojlanishi, mulkiy tengsizlik, sinflar va davlat bilan bog‘liq
yangi
65
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni aks ettiruvchi diniy ta’limot
vazifasini bajargan. Uning yuzaga kelishida Zardushtning xizmati katta
bo‘lgan va diniy ta’limotida adolat, axloq, mas’uliyat, mustaqil fikrga
hurmat, soflik kabi qadriyatlar ustuvorligi sababli u katta hududga
yoyilgan, asrlar osha odamlar ongida saqlanib qolgan.
Mustaqillik yillarida mazkur bitikning
ahamiyatiga munosib baho
berildi. Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab xalqaro ilmiy anjuman
o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalarida qator ilmiy va ilmiy ommabop
maqolalar chop etildi, turkum ko‘rsatuvlar
va radioeshittirishlar
tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: