O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə74/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

131-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2021-yil 28-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 2-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga ko‘ra sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur Qonunning 4-moddasida esa sudning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ya’ni sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
132-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini qo‘shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, davlatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan davrlardan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining faoliyatini tartibga solishga qaratilgan, dastlabki qonun 1993 yil 6 may kuni qabul qilinib, bu qonun «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida» deb nomlandi.
«O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunining keyingi tahrirlari 1995 yil 30 avgust hamda 2017 yil 31 mayda qabul qilingan.
Konstitusiyaviy sudning faoliyatini tartibga soluvchi «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to'g'risida»gi qonunning yangi tahriri 2021 yil 27 aprel kuni qayta qabul qilindi va o'z-o'zidan avval qabul qilingan qonunlar o'z kuchini yo'qotdi. Konstitusiyaviy qonunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarga hamoxang tarzda, inson huquqlari va qonunchilikni liberallashtirish g'oyalari ilgari surilgan bo'lib, unda bir qator prinsipial yangiliklar, xususan yangi konstitusiyaviy shikoyat instituti joriy qilindi.
Konstitutsiyaning 133-moddasida Konstitusiyaviy sudning vakolatlari belgilab berilgan:

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin