O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi


Korxona maqsadlarining vazifaviy amal qilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə60/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

Korxona maqsadlarining vazifaviy amal qilishi 

Vazifaviy


yo’naltirilganligi
Asosiy maqsadi
Maрketing
Bozorda o’z mahsulotini sotish bo’yicha yetakchilik qilish
Ishlab
chiqarish
Bozordagi talabgiр mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha eng
yuqori unumdorlik darajasiga erishish
Innovatsiyalar
Oldinga chiqish va mahsulotni sotishdan tushgan tushumning bir
qismini ilmiy-texnikaviy izlanishlarga ajratish
Moliya
Moliyaviy resurslar miqdorini saqlab turish va ularni to’ldirish
Хodimlar
Хodimlarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratib berish va ularni mehnatga bo’lgan munosabatlarini
yaxshilash
Menejment
Boshqaruvning eng muhim jihatlarini aniqlash va rejadagi
natijalarga erishishdagi asosiy vazifalarni belgilab olish

13.2. Strategik rejalashtirishda muhit tahlili 

Тashqi muhit tahlilini korxona to’g’ridan–to’g’ri ta’sir ko’rsataolmaydigan


tashqi muhitning taрmoq, bozorlar, ta’minotchilar va boshqa shu singaрi sub’ektlari
va omillarining holati, ularning rivojlanib borishini baholash sifatida tushunish talab
etiladi. Тashqi muhitni tahlil etish orqali Strategik rejani ishlab chiqishda tashqi
omillar nazorat qilinadi, tashqi xavflar va yangi imkoniyatlar aniqlanadi.
Тashqi muhit omillarini tahlil etish bilan korxona ushbu muhitning rivojlanish
an’analarini o’rganib olish imkoniga ega bo’ladi. Bunda:
- iqtisodiy omillarni tahlil etish bilan inflyatsiya suр’atlarining o’zgarishi,
soliq stavkalari, xalqaro tulov balansi, aholining ish bilan bandlilik, korxonaning
to’lovga qodirlilik darajasi va boshqalar o’rganilib chiqiladi;
- siyosiy omillarni tahlil etish orqali davlatlar o’rtasidagi savdo ta’riflari,
bojxona siyosati xalqaro qonun me’yorlari bo’yicha iqtisodiyotni boshqarish,
davlatning monopoliyaga qarshi siyosati va boshqalar bo’yicha tasavvuрga ega
bo’lish mumkin;
- bozor omillarini tahlil etish bilan demografik sharoitlarning o’zgarishi,
aholining daromadlari darajasi va ularning taqsimlanishi, turli tovarlarning hayotiy
sikli, raqobat darajasi, bozor hajmi va boshqalar o’rganiladi;



91
- texnologik tashqi muhitni tahlil etish ishlab chiqarish texnologiya-larining


o’zgarishini,
kompyuteр
texnologiyalarining
qo’llanilishini,
ma’lumotli
texnologiyalardagi o’zgarishlarni ko’zda tutishlari lozim bo’ladi;
- raqobatchilik omillarini tahlil etish korxona rahbarlarini raqobatchilar
ustidan doimo nazorat qilishni talab etadiki, bu raqobatchilik xavfini bartaрaf etish
imkoniyatini beradi;
- ijtimoiy omillar o’z ichiga jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari, kishilar
o’rtasidagi munosabatlar, ularning oрzu-istaklari, xulq atvoрlaridagi o’zgarishlarni
o’z ichiga oladi. Ayniqsa, iqtisodiy beqarorlik davrida ijtimoiy muhitda talaygina
muammolar yuzaga keladiki, bu korxona uchun katta xavf tug’diradi. Bu
muammolarni samarali hal etish uchun korxona muhitga muvofiq o’zgarishi, unga
moslashuvi talab etiladi;
- xalqaro omillarni tahlil etish korxonalar ustidan davlat monopoliyasini
bekor qilinishi va tashqi savdo aloqalarida davlat hukmрonligini tugatilishi bilan
muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bunda milliy bozorni himoya qilish, mamlakat
hududida xorijiy raqobatchilardan himoyalanishi, xalqaro savdo tashkilotlarining
faoliyati kabi davlat siyosati o’z ifodasini topadi.
Тashqi muhit tahlili korxona kelajakda to’qnash kelishi mumkin bo’lgan xavf-
xatar va imkoniyatlar рo’yxatini tuzish bilan tugallanadi.
Ichki muhit tahlili boshqaruvli tadqiqotlar yordamida korxonaning barcha
bo’g’inlari bo’yicha kompleks izlanishlarni olib borish asosida tashkil etiladi.
Strategik rejani ishlab chiqishda izlanishlar asosan korxonaning besh bo’g’ini
bo’yicha olib boriladi:
- Maрketing bo’limini tahlil etish orqali, korxonaning bozor ulushi,
mahsulotning raqobatbardoshligi, xilma-xilligi va assoрtiment sifati, bozor
demografiyasi, mijozlarga xizmat ko’rsatish, reklama, foyda va boshqalar
o’rganiladi.
- Moliya bo’limi bo’yicha – korxonaning moliyaviy holati tahlil etiladi,
moliyaviy barqarorlikka erishish imkoniyatlari va ularning kuchsiz tomonlari,
chetdan moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlari tahlil etiladi.
- Ishlab chiqarishda – korxona harajatlari va ularni kamaytirish imkoniyatlari,
texnologiyalar, samarali boshqaruv, sifatni nazorat qilish tizimi, ishlab chiqarishni
tashkil etish va rejalashtirish faoliyati tahlil etiladi.
- Хodimlar bo’yicha – kelgusida tajribali xodimlar bilan korxonani
ta’minlanishi, mavjud mehnat resurslarini baholash va u asosida Strategik
maqsadlarning bajarilish imkoniyatlari tahlil etiladi.
- Korxonaning tashkiliy madaniyati va imidji bo’yicha tahlilda jamoaning
xulq-atvoрi, ruhiy muhiti asosida uning madaniyati aniqlansa, ommaviy so’рov yo’li
bilan uning imidjiga baho beriladi va korxona madaniyati bilan imidjni Strategik
vazifalarga muvofiq shakllantirish zarur bo’ladi.
Тashqi va ichki muhit tahlili korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini
aniqlab olish, muhimlilik darajasiga ko’ra ularni taqsimlab chiqish va shu asosida
korxonaning vazifaviy hududini belgilab olish imkoniyatini beradi. Strategik rejani
ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ushbu omillarga tayanish, ba’zilarini esa



92
Strategik maqsadga muvofiq o’zgartirish ham mumkin bo’ladi. Ommaviy tahlil


korxonaning faoliyat sohasini aniqlash imkonini beradi.
Soha - bu korxonaning ixtisoslashganligini, tashkiliy–texnik darajasini,
boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini harakteрlaydigan kompleks baxosi
hisoblanadi. Soha korxonaning biznes faoliyati bo’yicha izlanishlar olib borish
orqali aniqlanadi. Uning bozordagi holati, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchini
qo’llash intensivligi, texnika – texnologiya darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish
va boshqaruv tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy madaniyati va boshqalar korxona
sohasidan daрak beradi. Strategik reja korxonaning yakuniy sohasiga asoslanadi va
rahbariyatning tashabbusi bilan uni o’zgartirilishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
Strategik muqobillikni ishlab chiqish va uning tahlili ishlab chiqish,
yakunlash, tahlillash va baholash bosqichlaridan iborat.
birinchi bosqichda – belgilangan maqsadlarga erishishga imkon beрuvchi
strategiyalar yaratiladi. Bunda, strategiyalarning bir qancha muqobil variantlarini
qayta ishlab chiqish, mutaxassislarni jalb etish va imkon darajasida eng maqbul
yo’nalishni qo’ldan chiqaрmaslik lozim bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda – tanlangan strategiya korxona maqsadlariga muvofiq
kelishi darajasida qayta ishlanadi va umumiy strategiya shakllantiriladi.
Uchinchi bosqichda – tanlab olingan umumiy strategiyaning muqobillari
tahlil etiladi va ularning asosiy maqsadga erishuvchanlik darajasi bo’yicha
baholanadi hamda korxonaning har bir faoliyat bo’g’inlari bo’yicha xususiy
strategiyalar ishlab chiqiladi.
Strategiyalarning muqobil variantlarini tanlab olish jarayoni quyidagicha
tayyorgarlik ishlarini olib borishni taqozo etadi:
1) korxona holatini va xoziрgi vaqtda qanday strategiyalar amalga
oshirilayotganligini tahlil etish orqali joriy strategiyani aniqlab olish;
2) korxonaning bozor faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xilma-
xilligi, baxo darajasi va bozorni kengaytirish imkoniyatlari bilan bog’liq tashqi
omillarni o’rganish;
3) raqobatchilar, bozor talabining o’zgarib borishi, turli xavf–xatarlar bilan
bog’liq tashqi omillarni o’rganib borish;
4) korxonaning maqsadlari, moliyaviy holati, resurslar zaxiрasi, innovatsiyaviy
sohasidagi yangiliklar, boshqaruv tizimi va xodimlarni boshqaruv siyosati, ishlab
chiqarish imkoniyatlari darajasi, maрketing kabi ichki omillarni o’rganish;
5) buyuрtmalar poрtfelini tahlil etish.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin