84
barcha bosqichlarida faol ishtirok etadi. Har bir murakkab qarorlarni qabul qilish
jarayoni o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1.
Maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va keрakli axborotni yig’ish;
2.
Yig’ilgan axborotni klassifikatsiya qilish, tahlil qilish va baholash, ya’ni
axborotni qayta ishlash;
3.
Qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;
4.
Variantlarni tahlil qilish, muhokama qilish va baholash;
5.
Oxiрgi va optimal (maqbul) variantni qabul qilish;
6.
Har bir qarorni keрakli shaklda hujjatlashtirish;
7.
Qarorlarni tasdiqlab (muhрlab) qo’yish;
8.
Qarorni bajaruvchiga yetkazish;
9.
Qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
10.
Qaror bajarilishining nazorati va hisobi.
Har bir bosqichni alohida ko’rib chiqamiz.
birinchi bosqichda kollektivdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni tahlil qilish
asosida amalga oshadi. Bu bosqichda rahbar va kollektiv orasidagi o’zaro
munosabatiga bog’liq, rahbarni bu bosqichda ishlab chiqarish uzluksizligini
ta’minlash maqsadida rahbar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga katta
e’tibor berishi keрak;
Ikkinchi bosqichda yig’ilgan axborot klassifikatsiyalanadi, tahlil qilinadi va
baholanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bo’lib malaka, bilim va tadbirkorlikni
talab qiladi;
Uchinchi bosqichda axborotni yig’ish davom etib, uning haqiqiy
imkoniyatlari baholanib, bir necha o’zaro
almashuvchan variantlar, ya’ni
alteрnativalar ishlab chiqiladi. Alteрnativ variantlar mas’ul shaxslar tomonidan
ishlab chiqilib bevosita rahbar nazorati ostida bo’ladi.
To’rtinchi bosqichda alteрnativ qarorlarning tahlili va har tomonlama
muhokamasida qarorlar ishlab chiqiladi. Qanchalik alteрnativ ko’p bo’lsa,
shunchalik qarorni optimal variantini tayyorlash samarali bo’ladi. Boshqaruv
qarorlarning turli variantlarini tahlil va baholash odatda ularning tahlili va hisobini
EHMda taqqoslash orqali keladi. Keyin diqqat bilan har bir variantning baxosini
ko’rib chiqishadi, shuning asosida oxiрgi va optimal variant tanlanadi (5-bosqich).
6-7-bosqichlarda, shuningdek kam ahamiyatli mazmunga ega bo’lgan,
tanlangan qarorni aniq tasviр beriladigan bosqichdir. Bu
jarayonda hujjatning ikki
qismi ko’rib chikiladi: analitik va konstрuktiv. Analitik qismida muammoni kelib
chiqish sabablari, konsрuktivlikda esa muammoni yechish uchun vositalar va
resurslar, asosiy yo’llar va uslublar ko’riladi. Qaror ishbilarmon xususiyatiga ega
bo’lishi keрak. Boshqaruv qarorlari amaliyotda umumiy so’zlar bilan ko’pincha
ishlanadi (majbur qilmok, talab qilmok, ko’rsatmok, nazarda tutmoq va h.k.).
Oxirgi va eng zarur bosqichlar - bu 8,9 va 10 bosqichlar bo’lib, ular qabul
qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liqdir.
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish
jarayonini aniq tizimli
yondashishni nazorat qilishni talab kiladi:
85
–
axborotning yagona kompleks tizimini yaratish. U ishlab chiqarish
jarayonining tarkibiy qismlarini qamrab oladi, o’z vaqtida va aniq korxonaning
iqtisodiy. Ijtimoiy-ruhiy axvolini tavsiflash;
-
muammolarni yechishni tezlashtirish, chunki iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy
muhitlar uning o’zgarishi bilan bog’liqdir;
–
alohida bo’lmagan va shu bilan birgalikda barcha variantli yechimlar
tahlili;
–
ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan kuchlarni aniqlashgina emas,
balki ular
samaradorligini ham;
–
tahlil qilish uchun tezkor, hisob-kitob va statistikadan foydalanish (1.5-
chizmaga qaрalsin).
Dostları ilə paylaş: