Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə24/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
diplom ishi toliq

4.2. Atrof muhit muhofazasi
Gazni qayta ishlash zavodlarining tabiiy atrof muhitga ko’rsatayotgan tasir darajasini aniqlash uchun uning hududidagi ekologik monitoring o’tkazishni tashkil etish zarur.
Neft va gaz mahsulotlari bilan ifloslangan yer osti suvlaridan ichimlik suvi sifatida foydalanish mumkun emas. Shuning uchun qator aholi mintaqalarini ichimlik suvi bilan taminlashni katta muammoga aylanib qolmoqda va aholi orasida turli kasalliklar kelib chiqmoqda.
Ohirgi yillarga kelib atrofni muhofaza qilish insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Chunki ishlab chiqarish rivojlanayotgan bir vaqtda turli xil tarmoqlar kengayib bormoqda. Aholi soni o’sib brogan sari ishlab chiqarish korxonalarining soni ham ortib bormoqda . Shu sababli bu muammoga e’tibor qaratilmoqda.
Fan texnika rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy ishlab chiqarihning o’sishi atrof-muhitga zararli tasir ko’rsatadi.
Natijada ekologik muammo paydo bo’ldi. Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930-yil Belgiyada qayd etildi. 1952-yilda esa londonda ushbu kasallik tufayli 4000 kishi vafot etdi. Atmosfera havosida tumanlar, uglevodorodlarning fotokimyoviy reaksiyasi mahsulotlari, azot oksidlari va ozon bo’lishi nafas olish organlarida kasalliklar paydo qiladi. Bu o’rinda yevropa mamlakatlari va AQSH da surunkali bronhit kasalligidan o’lim har o’n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o’tish kifoya. Halqaro sog’liqni saqlash tashkilotining malumotlariga ko’ra har to’rtta rak kasalligini 3tasi atrof muhitni ifloslanishi bilan bog’liq ekan. Bu muammolarni hal qilish davlat miqyosida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. 1993-yil 6-mayda ,,Suv resurslaridan foydalanish’’ to’g’risida, 1996-yil 27-dekabrda ,, Atmosfera havosini muhofaza qilish’’ haqida , 2000-yil 6-iyunda ,,Ekologiya eksporti’’ haqida , 2002-yil 5-aprelda ,,Chiqindilar ‘’haqida qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlarni ijrosini nazorat qilishni taminlash uchun O’zbekistonda mavjud ekologik harakat azolaridan 15 kishi oliy majlisga deputat etib saylandi.
Gazni qayta ishlash korhonalari atmosfera havosiga uglevodorodlar, vodorod sulfide (H2S), oltingugurt (IV) oksidi , uglerod oksidlari , azot birikmalarini chiqaradilar. Havoga chiqindilar mahsus zaharli gazlarni yig’ish tashkil qilingan manbadan, jihoz va moslamalarning germetikligi buzilishi hisobiga, mahsulotlarni transpartirovka qilishdagi bazi kamchiliklar tufayli kelib chiqishi mumkun.
Havoni changdan tozalash uchun quuyidagi usullardan foydalanamiz
1. Gravitatsion
2. Quruq inversion va markazdan qochma kuch tasirida tozalash
3. Filtrlash
4. Tovush va ultratovush yordamida

Havoni zaharli gazlardan tozalash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi


1. Absorbsion
2. Adsorbsion
3 .Katalik
4. Ho’llash
5. Elektrostatik
6. Termik
Atrof muhitga asosan kimyoviy ishlab chiqarish zarar yetkazadi, degan fikrni statistika tasdiqladi. Masalan, atmosferaga har yili 100mln tonna oltingugurt (IV)-oksid chiqariladi. Bu ko’rsatgichning yarmidan ko’prog’i teplo elektrostansiyalar hisobiga, 4dan 1 qismirangli metallurgiya va faqat bir necha foizigina qora metallurgiya hisobiga to’g’ri keladi.
11-jadval

Ifloslik tashuvchi
manba

Chiqindilar
Tarkibi

Chiqindilar miqdori

Gaz chiqindilari miqdori

CHMCH
5mg/m3

Tozalash usuli

Oltin
gugurt olish usuli

gazsimon

chang

Toza
lanma
yotgan

Tozalanayotgan

Reaktor

H2S


CO2
O2
SO2

12,0
10,2


0,5
7,6

-
-
-


-

-
-
-


-

10,2
8,1


0,5
7,6

4,25
0,347


0,347
0,0059

Klaus


Boshqa korxona foydalanadi

Azot oksidlari va uglerod (II)-oksid, qattiq changsimon tashlandiqlar va kanserogen qattiq mikroelementlar xususida ham shu fikrni bildirish mumkun.Kimyo sanoati gaz sanoati bilan birgalikda atmosferada ammiak, vodorod sulfide, xlorli va ftorli birikmalar, formaldegid, naftalin, sterol, toluol, methanol, nitrat, fosfat, sirka va sianid kislotalar paydo bo’lishiga haqiqatdan ham sababchidir.


Gazni qayta ishlashda olingan oltingugurt birikmalaridan asosan quyidagi gaz chiqindilari atmosfera havosiga tashlanadi: H2S , SO2 ,SOS va boshqa birikmalar. Tozalash moslamasini o’rnatish zarurligini asoslash uchun ularning CHMCHlarning miqdorini hisoblab, CHMCH> Mi shartini tekshirib, hulosa chiqaramiz.

XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishida yiliga 2 milliard m3 gazni amin yordamida oltingugurtdan tozalash jarayonini ko’rib chiqdim. Izlanishlar davomida tozalash jarayonida ishtirok etadigan texnologik jarayonlar, texnikalar, qo’llaniladigan usullar ko’rib chiqildi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida O’zbekistonda va chet elda tabiiy va bog'langan neft gazlarini oltingugurtdan tozalash usullari ko'rib chiqildi, alkanolamin eritmalari bilan kislotali komponentlardan gazni tozalash texnologiyasi bo'yicha material o'rganildi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida tabiiy va qo‘shma gazni qayta ishlash texnologik jarayonlarining qonuniyatlari bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirdim; tabiiy va qo'shma gazni qayta ishlash qurilmalarining asosiy operatsion va zamonaviy texnologik sxemalari; Ushbu texnologiyalarni takomillashtirish usullarini ko’rib chiqdim. Mavzu ustida ishlash natijasida amin yordamida gazni tozalash jarayonining asosiy jihozlarining moddiy va issiqlik balanslarini hisoblab chiqdim. Yiliga 2 milliard m3 unumdordorlik uchun ishlab chiqarishning iqtisodiy tomonlarini hisoblab chiqdim .
Shuni qo’shimcha qilish mumkunki oltingugurtni tabiiy gaz tarkibidan samarali tozalash juda muhim hisoblanadi. Uning yuqori aniqlikda tozalanmasligi natijasida transpartirovka qilish jarayonida quvurlarning yemirilishi, aholiga yetib borganda gazning yaxshi yonmasligi yoki uy jihozlariga nojo’yi tasir ko’rsatishi karroziyaga uchrashiga olib keladi. O’zbekiston hududida yani Sho’rtandan chiqayotgan gaz tarkibida oltingugurt miqdori yuqori hisoblanadi, bundan tashqari Surxandaryo viloyati, boysun tumanida yangi ochilgan Mustaqillikning 25-yilligi gaz konida oltingugurt miqdori juda yuqori ekanligini ko’rish mumkun.
Bundan xulosa qilish mumkunki ushbu bitiruv malakaviy ishi juda dolzarb hisoblanadi. Shuningdek gazni qayta ishlash jarayonining ekologiyaga tasiri ham o’rganib chiqildi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin