O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 99,72 Kb.
səhifə6/14
tarix14.12.2023
ölçüsü99,72 Kb.
#177350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Boshlang’ich sinflarda insho yozishga o’rgatish

Inshoni yozishga tayyorlash:

Og’zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko’riladi.Inshoga tayyorgarlikni o’qituvchi boshqaradi, bunga o’quvchilarni ishtirok ettiradi, ularning o’ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, birinchidan, o’quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab uyg’otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo’lgan zarur material yig’ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo’lgan til vositalarini tanlash tushuniladi.Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og’zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo’linadi:

  1. Material yig’ish, yaoni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko’rib chiqish, kinofilьm, spektaklni ko’rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o’qish;

  2. Mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, joylashtirish, yaoni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, lug’at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo;

  3. Inshoni nutqiy shakllantirish, yaoni insho matnini tuzish, uni yozish, takomillashtirish, xatolarni to’g’rilash va uni tekshirish.

Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig’ish uni yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko’proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko’riladi.Shunday qilib, insho yozish yoki og’zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog’lanishli nutq sohasidagi ko’nikmalarni egallash meoyoriga qarab ortib boradi.Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog’liq. Tayyorlov bosqichida qancha ko’p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og’zaki hikoyalashda yig’ilgan materiallarni o’quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish uyg’otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg’otish zarur.
Insho yozish uchun 2-sinfda odatda bir dars, zarur bo’lib qolsa, ikkinchi darsdan 15-20 minut, 3-4-sinflarda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20-25 minut vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, imloviy, punktuatsion, nutqiy, mantiqiy xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar ustida ishlanadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga insho yozishni o’rgatishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish juda muhimdir. Ta’lim texnologiyalari, o’quvchilarga yaratuvchi, innovatsionlik va interaktiv ta’lim imkoniyatlari beradi. Insho yozish jarayonida ta’lim texnologiyalari, o’quvchilarning fikrini ifodalamasiga va ulardagi xatoliklarni aniqlashiga yordam beradi.


Insho yozish haqida umumiy tushunchalar esa shunday:

    • Insho yozish shaxsiy maqsadlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak.

    • Insho matni mutaxassislik darajasi ko’rsatilgan so’zlarni ishlatmasligi lozim.

    • Inshoni xalq tillarida ifodalashning muhimligi kuzatilishi kerak.

    • Inshoda nutqni rangli va talabga mos ravishda qayta ishlash kerak.

    • Inshoda muallifning shaxsiy fikri ko’rsatilishi kerak.

    • Insho yozishda qisqa, to’g’ri va ma’noli so’zlar ishlatilishi kerak.

    • Inshonigacha ochiq va biror joyga bog’liq masalalar ko’rsatilmasligi lozim.

Bular insho yozish haqida umumiy tushunchalar bo’lib, o’quvchilar bu tushunchalarni ta’lim texnologiyalari yordamida amalga oshirishadi. Bu esa o’quvchilarning insho yozish qobiliyatlari va jamiyatda nutqni to’g’ri va samarali ishlatishga imkon beradi.




    1. Yüklə 99,72 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin