Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo’lga qo’yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
-Ilova
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o’rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan yuqori boshqaruv organlari, hokimiyat, vazirlik qo’mitalar, Vazirlar Mahkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo’ladi. Ichki kommunikatsiya deganda korxona ichidagi bo’limlar o’rtasidagi, korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi tushuniladi. Bu erda boshqaruv bo’g’inlari (vertikal kommunikatsiya) va bo’limlararo (gorizonlatl kommunikatsiya) axborot almashuvi amalga oshiriladi.