O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə6/13
tarix09.11.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#68140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
user file 5e9463f5c2d7a

Hujum zarbalari.
Hujum zarbasi - jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar to’rning yuqori qirg’og’idan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan bujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir.
Hujum zarbalari yo’nalishiga ko’ra quyidagicha farqlanadi: to’g’ri yo’nalish bo’yicha (bunda zarba berilgan to’p yo’nalishi hujumchining yugurib kelish yo’nalishiga mos tushadi) va yo’nalishni o’zgartirib (bunda zarba berilgan to’p yo’nalishi hujumning yugurib kelish yo’nalishiga mos tushmaydi).
To’pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba beruvchi qo’lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujuum zarbasini to’g’ri (to'rga to’g’ri turgan holda) va yon tomon bilan (to’rga nisbatan) bajarish mumkin.
To’g’ri hujum zarbasi berish fazasi 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; to’pga zarba berish; qo’nish (11-rasm). O’z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo’linadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish va to'pning uchish tezligi, yo’nalishini to’g’ri aniqlash. Bunda hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to’pni tezligi va yo’nalishini aniqlash maqsadida) va ikkinchidan, Sakrash uchun yugurish tezligini oshiradi. Sakrash fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab xarakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlashadi, qo’llar orqa tomonga harakatlantiriladl. Oyoqlar tizza qismida, gavda esa tos-son bo’g’imida bukiladi. Keyin esa qo'llar oldinga-yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo’lning kafti bosh orqasiga o’tib ketmasligiga va tirsak yelkadan, bir oz yuqorida bo’lishiga e’tibor berish lozim.

To’p yo’nalishini o’zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi to’g’ri zarba berish texnikasiga o’xshashdir. To’p o’ng tomonga yo’naltirilganda, depsinishdan so’ng gavda o’ng tomonga burilib, bir oz chapga engashtiriladi, chap qo'1 elkasi to’rdan olib qochiladi (12-rasm).

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin