O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə8/13
tarix09.11.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#68140
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
user file 5e9463f5c2d7a

Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o’rta qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do’mbaloq oshiladi, daxan ko’krak qismiga tekkizib olinadi.
Ko’krak-qorin qismi bilan sirg’alib yiqilgan holda bir qo'1 bilan to’pni
qabul qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O’yinchi oxirgi qadamda (15-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25°-30° burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftining orqa tomoni bilan to’pga zarba berib, qo’llarini oldinga cho’zadi va qo’llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo’llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. Bosh o’z vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
To’siq qo’yish.
To’siq - raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtai nazardan to’siq qo’yish eng qiyin o’yin elementlaridan sanaladi. To’siq qo’yish elementini yuqori darajada egallash bilan o’yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to’siqdan so’ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo’ladi.
To’siq bir o’yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o’yinchi tomonidan (guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O’yinchi to’r yaqinida, yuqori turish holatida, qo’llarni yelka sathida ko’tarib, tovonlarini parallel holatda qo’yib turadi (16-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to’r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin.
To’siq qo’yish uchun avval o’yinchi oyoqlarini ko’proq bukib, qo’llarini qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo’llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to’r tepasiga ko’tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to’rning yuqori qismiga borganda to’r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar to’pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo’g’inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan asosiy maqsad berilgan zarbani amortizasiyalash va to’pni raqib jamoasining maydonchasiga yo’naltirishdan iboratdir.
Hujumchilar to'r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to'pni to’siqdan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar. Shu sababli to’siq to’r chekkasiga yaqin bo’lgan qo'l bilan yopiladi va to’pning maydonchadan chiqib ketishga yo'1 qo’yilmaydi.
To’siq qo’yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog’liq: joy tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so’ng baland sakrash; qo’lni to’r ustiga ko’tarish vaqtini aniqlash.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin