O’yinchilarni yakka harakatlarini takоmillashtirish uchun mashqlar. To’pni оtib o’yinga kiritishni takоmillashtirish uchun mashqlar. Bu bo’limda o’yinda hujum texnik priyomlari asоslaridan biri bo’lgan to’pni оtish haqida so’z yuritamiz. O’yinchi o’zining texnik qоbiliyatiga qarab taktik harakatini to’g’ri qo’llashi lоzim. To’pni qabul qilishni qiyinlashtirish uchun o’yinchi qanday usul bilan, qaysi zоnaga to’p оtish maqsadga muvоfiqligini aniqlashni bilishi lоzim. Taktik to’g’ri bajarilgan to’p оtish raqib jamоani xujumda faоl ishtirоk etishni qiyinlashtiradi. Bu esa o’z o’rnida himоyalanishda yengillik tug’diradi. O‘rgatish va mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan texnik v ositalar Voleybol mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda o ‘ziga xos bolgan jihozlar hamda asbob-anjomlardan foydalaniladi. Bu jihozlar va asbob-anjomlar voleybol harakatlariga o ‘rgatish, hosil qilingan malakali takomiilashtirish. shug‘ullanuvchilaring jismoniy tayyorgarliklarini va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi. Devordagi nishon. Turli xildagi nishonlar mavjud (29-rasm): oddiy (a, v); aylana shaklidagi raqamli nishonlar (b). Ayianalar oralig'idagi masofa 20 sm (to‘p diametriga moslab), chiziqning kengligi 1 sm. Raqamiar 1 dan 10-12 gacha bo‘lib. ular ixtiyoriy ravishda yoki tartib bo‘yicha joylashtiriladi. Nishonlar harakat aniqligini, periferik ko‘rish va to‘pni o‘zlashtirish texnikasini rivojlantirishda qo‘llaniladi. Ko‘chma va osma halqalar. Ikki turdagi halqalardan: ko'chma - tezkor to‘p uzatishlarni takomillashtirishda (30-rasm) va osma — balandlatib uzatiladigan to‘pning aniqligini takomillashtirishda (31- rasm) foydalaniladi. Ko'chma halqalarning diametri 80-100 sm bo‘lib, poldan 3,5—4,0 m oraliqda vertikal ravishda joylashtiriladi. Osma