Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so’nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik o’yin bo’lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o’yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi: -harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi; -halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoltning salbiy ta'siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqaroriigi; -raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish; -usullarning bajarilish ishonchliligi. Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o’zgardi va takomillashlb bordi. Texnik usullarning o’zgarishiga o’yin qoidalarining o’zgarishi, taktik harakaflarning takomillashuvi, o’yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o’sib borishi asosiy sabab bo’ldi. Hujum va himoyadagi o’yin dinarnikasining o’sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo’ldi. Shunday bo’lsada, o’yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo’q deb bo’lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o’yin texnikasiga yangi, ilgor usullarni kiritish va uni ro’yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi. Hujum texnikasi Holatlar va harakatianish, dastlabki holatlar Holatlar. Voleybol o ‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o ‘yin sharoitida o ‘yinchi to‘p bilan o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab